Respublika Ta'lim Markazi



Download 10,94 Mb.
bet110/116
Sana03.03.2022
Hajmi10,94 Mb.
#480318
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116
Bog'liq
5-sinf word

A6 modelli karusel













7-rasm. A6 modelli karuselni yig‘ish tartibi.




  1. A6 karusel modelini yig‘ib bo‘lgach, sariq rangli dastani aylantiring va karusel aylanayotganligini tekshiring.

  2. Siz dastani necha marta aylantirganingizda karusel bir marta to‘liq aylanganligini kuzating. Natijalarni hisoblab, mashq daftaringizga yozib qo‘ying.

  3. G‘ildiraklardagi tishlar sonini hisoblang (8-rasm). Hisoblashni rasmda ko‘rsa- tilganidek belgilangan nuqtadan boshlang.



8-rasm. G‘ildirakdagi tishlar soni.







Ikkinchi bosqich. 1. Siz avval A6 modelli karuselni yig‘ishni bilib oldingiz. Endi xuddi shu modelga o‘xshash A7 modelli karuselni yig‘ishni osongina amalga oshira olasiz. Bu jarayonda faqat A7 modeldagi 9-raqamda berilgan 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlar- dagi detallarni A6 modelida ko‘rsatilganidek yig‘ib, o‘rnini almashtirsangiz bo‘ldi (9-rasm).
A 7 modelli karusel


& ^


2* 2x1* 2x






  1. rasm. A7 modelli karuselni yig‘ish tartibi.

  1. A7 karusel modelini yig‘ib bo‘lgach, sariq rangli dastani aylantiring va karusel aylanayotganligini tekshiring.

  2. Siz karuselni bir marta to‘liq aylanishi uchun dastani necha marta aylantir- ganingizni hisoblang.



216




  1. G‘ildiraklardagi tishlar sonini hisoblang. Hisoblashni rasmda ko‘rsatilganidek belgilangan nuqtadan boshlang (10-rasm).


10-rasm. G‘ildirakdagi tishlar soni.




  1. A6 va A7 karusel modellarining rasmlarini diqqat bilan ko‘rib chiqing hamda ularni o‘zaro taqqoslang.

M uammoli topshiriq

  1. A6 va A7 karusel modellaridan qaysi birining tezligi yuqori? Javobingizni asoslab bering.

  2. K arusel aylanish tezligining oshishi yoki pasayishi tishlarning soniga bog‘liqmi?

ROBOTLARNING ATROF-MUHIT BILAN 0‘ZAR0 ALOQASI
Keyingi vaqtlarda robotlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotganligi haqida ko‘p eshitgansiz. Ulardan sanoatda, maishiy turmushda, shuningdek, hayotimizning turli sohalari: ta’lim, tibbiyot, sport va hatto aviatsiyada foydalaniladi. Robot texnikasi, ayniqsa, axborot texnologiyalari asrida jadal rivojlana boshladi.
Robot” so‘zi chex yozuvchisi Karel Chapek va uning ukasi Yozef tomonidan o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning “Rossum universal robotlari” pyesasida tilga olingan. Sanoat robotlari paydo bo‘lgunicha robotlar odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak deb hisoblangan. Bugungi kunda odamlarga o‘xshash robotlar androidlar deb ataladi.
Robot” so‘zi, (chex tilida “robot” - ixtiyorsiz mehnat yoki “rob” - qul) - odatda, inson mehnati yoki jonivorlar vositasida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa sohajarayonlari uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilma ma’nosini bildiradi.
Robotlar, asosan, 3 turga bo‘linadi:

  1. Qat’iy dastur asosida ishlaydigan robotlar.

  2. Odam (operator) boshqaradigan robotlar.

  3. Sun’iy intellektli (integralli) robotlar.

I
217

sh bajarish turiga qarab, robot manipulatorlar, axborot uzatuvchi robot, odimlovchi robot va boshqalarga bo‘linadi.

Mexatronika sohasi rivojlanib borishi natijasida sanoat robotlari bilan bir qatorda turli xil robot turlari (maishiy robotlar, qidiruvchi robotlar, nanorobotlar yoki nanobotlar (juda ham kichik hajmli robotlar)) ham paydo bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, robotlar nafaqat odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak, balki turli shakl va ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin.
Uy-ro‘zg‘orga yordamchi - avtomatik changyutkichlar, xonadonlarda mustaqil kundalik yumushlarni amalga oshiradigan robot-dastyorlar, zamonaviy turda dasturlashtirilgan oshxona jihozlari katta ommaviylik kasb etib bormoqda (11-rasm).


Download 10,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish