M ustahkamlash uchun savollar •
Duradgorlik buyumlari nima uchun pardozlanadi?
Pardozlash ishlari qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
Pemza nima?
Shpaklovkalar qanday usullarda tayyorlanadi? Ularni tushuntirib bering.
Sirtlami keyinchalik pardozlash uchun tayyorlash maqsadida birinchi bor turli xil qoplovchilar surtish bilan tekislash nima deb ataladi?
Pardozlash materialning tiniqligi, jilolanishi, yog‘ochning tabiiy gulini o‘zgartirishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
Bo‘yoqlaming qanday turlarini bilasiz?
Sariq, qora, jigarrang kabi ranglar qanday daraxtlardan olinadi?
Erituvchining turiga ko‘ra loklar qanday turlarga bo‘linadi?
C ho‘tka yordamida bo‘yash yoki loklashda nimalarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi?
Muammoli topshiriq
Lok-bo‘yoqlardan foydalanib yasagan buyumingizni pardozlash uchun cho‘tka topilmadi. Bu holatda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
a
Jihozlar: qaychi, chizg‘ich, qalam, xavfsizlik texnikasi qoidalari, namunalar.
Ishni bajarish tartibi:
Tampon tayyorlash berilgan texnologik xarita asosida amalga oshiriladi.
maliy mashg‘ulot. Tampon tayyorlash.
Tampon tayyorlashning texnologik xaritasi
T/r
1
2
3
4
Tampondan foyda- langandan so‘ng spirt yoki shunga o‘xshash eritkich (rastvoritel) bilan yuviladi va qopqoqli toza (germetik idish) idishda saqlanadi
Tampon tayyorlash uchun toza mato (doka yoki surp) tanlab olinib, 20^20 cm o‘lchamda qirqiladi
Mato ustiga oppoq paxtani qo‘yib, mato uchlarini bir-biriga o‘rab bog‘lab tampon tayyorlanadi
Bir hovuch oppoq paxta olinadi
Ish
ketma-ketligi
Asboblar
|
O‘lchov va rejalash
|
Ish
|
chizg‘ich,
qalam
|
qaychi
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
Texnik rasmi
Jihoz va moslama- lar
И
Ta'lim Markazi
M ETALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI METALLGA ISHLOV BERISH USTAXONASINING TUZILISHI
S
51-rasm, a. Chilangarlik dastgohining tuzilishi:
1 - metall karkas; 2 - ish o‘rni; 3, 4, 5,
7 - asboblar tokchasi; 6-asboblar qutisi;
8 - chilangarlik tiskisi.
iz yog‘ochni qayta ishlash duradgorlik o‘quv ustaxonasida amalga oshirilishini bilasiz. Xuddi shuningdek, metall materiallar bilan ishlash uchun ham metallga ishlov berish ustaxonasi mavjud (50-rasm).
50-rasm. Metallga ishlov berish o‘quv ustaxonasi ko‘rinishi.
Chilangarlikda bajariladigan ish tur- larini erkin bajarish imkonini beradigan, kerakli asbob-uskuna va moslamalar hamda kerakli metall materiallar bilan ta’minlangan ustaxonaning bir qismi chilangarlik ish o‘rni deb ataladi.
Ustaxonada ish o‘rnining asosini chilangarlik dastgohi tashkil etadi.
Metallni qayta ishlash uchun mo‘ljal- langan dastgoh chilangarlik dastgohi deb ataladi (51-rasm, a).
Hozirda metallni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chilangarlik dastgohlaridan ham foydalaniladi (51-rasm, b).
Chilangarlik tiskisi detallarni yi- g‘ish yoki kerakli ishlov berishda ularni mahkam qisish va ushlab turishga mo‘l- jallangan. Tiskining dastasi aylantiril- ganda yurish vinti buralib gaykaga kiradi yoki undan chiqadi va qo‘zg‘aluvchi jag‘ni tegishli yo‘nalishda suradi (52-rasm).
C
51-rasm, b. Zamonaviy chilangarlik dastgohining ko‘rinishi.
hilangarlik tiskisini bo‘yga mos holda o‘rnatish.
Egov yoki dastarra bilan ishlashda bilak va yelka orasidagi burchak 90° bo‘lishi kerak (53-rasm, a).
Parallel tiskida tirsakdan bukilgan
4
5
a)
2
b)
3 ’
52-rasm. Chilangarlik tiskisi tuzilishi: a) 1 - dasta; 2 - yurish vinti; 3 - harakatlanuvchi jag‘; 4 - olinadigan lablar; 5 - harakatsiz jag‘; 6- mahkamlash dastasi; 7 - aylanadigan
q ismi; 8 - asos; b) 1 - yurish vinti; 2 - gayka.
53-rasm. Chilangarlik tiskisini bo‘yga mos holda o‘rnatish.
45
chap qo‘lning to‘g‘rilangan barmoqlari iyakka tegib turadigan qilib tiski jag‘lariga qo‘yiladi (53-rasm, b).
Stulbop tiskisida tirsakdan bukilgan, tiskining jag‘iga qo‘yilgan chap qo‘l musht qilib qisilganda iyakka tegadi (53-rasm, d).
Siz metallga ishlov berish ustaxonasida shunday ishlashga o‘rganishingiz kerakki, u qulay va tartibli bo‘lsin.
M ustahkamlash uchun savollar •
Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishini tushuntirib bering.
Chilangarlik dastgohi deb nimaga aytiladi?
Chilangarlik tiskisi tuzilishiga ko‘ra qanday qismlardan iborat?
Siz chilangarlik tiskisini bo‘yingizga mosligini qanday tekshirasiz? Javobingizni misollar bilan tushuntirib bering.
Muammoli topshiriq
54-rasmda berilgan qo‘l kaftining qaysi holati asbob dastasini mustahkam tutish imkonini beradi? Sababini tushuntirib bering.
b - holat
54-rasm. Qo‘l kaftining ko‘rinishi.
a - holat
a maliy mashg‘ulot. Chilangarlik dastgohi va tiskisi
tuzilishini o‘rganish.
Jihozlar: chilangarlik dastgohi, chilangarlik tiskisi, ko‘rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
Metallga ishlov berish ustaxonasi tuzilishi va ustaxonada mavjud bo‘lgan chilangarlik dastgohi bilan tanishib chiqing.
Chilangarlik dastgohi qismlarini tushuntirib bering.
Chilangarlik tiskisini ko‘rib chiqing. Uning tuzilishiga ko‘ra qismlari qanday ish bajarishini tushuntiring.
Chilangarlik tiskisi balandligi bo‘yingiz balandligiga mos kelishini aniqlang.
Chilangarlik tiskisi dastasini soat mili yo‘nalishi bo‘yicha aylantirib, zago- tovkani tiski lablari orasiga mahkamlash va bo‘shatib olishni mashq qiling.
Ish o‘mini yig‘ishtiring. Zagotovka va asboblarni navbatchiga topshiring.
Unutmang! Bolg‘acha bilan tiski vintining dastasiga urish ta- qiqlanadi. Bu holda vint rezbasi uzilib ketib, tiski ishdan chiqishi yoki o ‘zingizga zarar yetishi mumkin.
46
METALLGA ISHLOV BERISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
T exnologik xaritada belgilangan texnologik jarayonga qat’iy rioya qilish texnologik intizom deb ataladi.
Texnologik intizomga rioya qilish ishlab chiqarishning normal borishini, mahsu- lotning yuqori sifatli bo‘lishini, mehnat unumdorligini va buyum tannarxining ka- mayishini ta’minlaydi.
Metallarga ishlov berish ustaxonasida ishlarni bajarishda intizomga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish belgilangan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
Mehnat intizomini saqlang, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qiling. 0‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnini tashlab ketmang. Uskunalarga ortiqcha teginmang, o‘quv mashg‘ulotida boshqalarga xalaqit bermang.
Metallga ishlov berish ustaxonasiga kirganda maxsus ish kiyimida bo‘lish, kiyimning barcha tugmalari qadalishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib turishi yoki tugmasi qadalgan boTishi kerak. Galstuk va sharflar osilib qolmasligi, sochlaringizni bosh kiyimi toTiq yopib turishi lozim.
0‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni belgilangan tartibga rioya qil- gan holda bajaring. Ishni texnologik xarita asosida yoki ko‘rsatilgan usullar bilan olib boring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.
Metallga ishlov berishda tiskilar ishga yaroqli bo‘lishi, unga qistiriladigan buyumlarni mahkam tutib turishi, dastgohlarga puxta o‘rnatilishi kerak. Tiskilarning jag‘lari nosoz bo‘lmasligi shart.
Tiskilarga detallarni o‘matishda ulami qotirishni faqat qo‘l kuchi bilan bajaring. Detalni tiskidan chiqarib olishda uni chap qoTda tutib, tiskini ohista bo‘shating.
Bolg‘a, bosqon, yog‘och to‘qmoq kabi zarb beruvchi asboblaming dastalari pishiq yog‘ochlardan tayyorlanishi va ular puxta o‘matilgan boTishi lozim.
Zubilo, kreysmeysel, chekich, sumba kabi zarb ta’sir etuvchi asboblarning kallaklari ezilmagan bo‘lishi kerak. Ezilgan kallakli asboblardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Chilangarlik dastgohida ishlaganda ehtiyot to‘sqichi mustahkamligini tekshirib oling.
Mo‘rt metallarga ishlov berishda ulardan uchib chiqqan metall kukunlari ko‘zga tushmasligi uchun ehtiyot ko‘zoynagini taqib oling.
Ish o‘rnini tartibli va toza tuting. Ish joyini metall parchalari va kukunlardan faqat cho‘tka yordamida tozalang.
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinmaganda yoki shikastlanish holati yuz berganda darhol o‘qituvchiga xabar qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |