1-boshlovchi: An’anaga binoan muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2016-yilga “Sog‘lom ona va bola yili” nomi berildi.
2-boshlovchi: Ayollarga sharqona ehtirom va e’zoz ko‘rsatish, – dedi mamlakatimiz rahbari, – biz uchun ota-bobolarimizdan qolgan ibratli meros bo‘lib, biz bunday an’analarimizga doim sodiq bo‘lib yashaymiz.
2-boshlovchi: O‘zbek xalqi qadimdan mehribon, bir-biriga oqibatli, mehmondo‘st, bag‘rikeng xalq sifatida ajralib turadi.
1-boshlovchi: Xalqimiz azal-azaldan oilani mo‘tabar deb biladi. Oila shaniga o‘zining nomus va ori deb qaraydi, uni yod nazar, yomon ko‘zlardan asrab avaylaydi.
2-boshlovchi: Biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o‘zimiz uchun eng muhim, ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik.
1-boshlovchi: Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalik masalasi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘rinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |