2-boshlovchi: Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatda barqaror tenglik va xavfsizlikni taminlash, farovon hayotni barpo etish kerak.
1-boshlovchi: 2016-yilda “Sog‘lom ona va bola” shiori ostida juda mukammal davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.
2-boshlovchi: “Sog‘lom ona va bola yili”da mamlakatimizda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida ma’ruza qilish uchun so‘zga maktabimizning tarix fani o‘qituvchisi Qoraboyeva Maftuna Sobirovnani taklif etamiz.
Ma’ruza matni
O‘tmishni ko‘z o‘ngimizga keltiraylik. Erkaklar o‘z oilasini moddiy jihatdan ta’minlash uchun yelib-yugurgan bo‘lsalar, uy bekalari farzand tarbiyasi, ro‘zg‘or saranjom-sarishtaligi bilan band bo‘lishgan. Ma’rifatparvar ayollar esa mahalla hududida maktab tashkil etib, oila muqaddasligi, ota-ona va farzand o‘rtasida iliq munosabatni shakllantirish, oq-qorani farqlash, halol mehnat qilish har bir kishiga xotirjamlik baxtini ato qilishi haqida qizlarga saboq berishgan. Shubhasiz, eski maktab toliblari ilmli, ma’rifatli, tarbiyali bo‘lib voyaga yetishgan.
Buyuk allomalarimiz hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, Abu Ali ibn Sinoning onasi Sitorabonu, Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim, Navoiy bobomiz, bobur Mirzoning onalari o‘z zamonasining donishmand ayollaridan bo‘lganlar. O‘tmishda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimiz va katta qishloqlarda ochilgan eski maktablar donishmand ayollarning ma’rifat va ma’naviyat tarqatuvchi maskani bo‘lgan. Turkistonda zukko shoirlarning yetishib chiqishi ana shu maktablar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ko‘hna tarix shundan saboq beradiki, o‘zbek ayollari qadim-qadimdan o‘zining ibosi, mehnatsevarligi, or-nomusi bilan o‘zgalarga o‘rnak bo‘lgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular o‘z davrining poklantiruvchi kuchi bo‘lgani uchun ham Sharq, xususan, o‘zbek ayollariga chuqur hurmat bajo keltirgan. Muborak hadislarda “Jannat onalarning oyog‘i ostidadir” deb aytilishining boisi ham shunda.
2016-yil 9-fevralda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. 2016-yilda davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so‘m va 194,4 million dollar yo‘naltiriladi
Hujjatda “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va oliyjanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Barchamizga sog‘lom hayot, sog‘lom ong nasib etsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |