Maktabdagi iqtodorli qizlar tomonidan tayyorlangan milliy raqs ijro etiladi.
1-boshlovchi: Raqsga tushgan qizlarning harakati huddi qushlarning erkin parvoziga o‘xshaydi. Bu kabi iqtidorli qizlar safimizda ko‘payaversin.
2-boshlovchi: Hozir sahnaga turk shoiri Nozim Hikmatning “Bolalarga deymiz: “Ha!”” deb nomlangan she’rini o‘qish uchun maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilarini taklif etamiz.
1-o‘quvchi: “Shu zaminni bolalarga beraylik”,
Debdi bir kuni shoiri zamon.
Xo‘sh biz ne deb javob beramiz unga?
“Ha!” deymizmi yoki birga deymiz “yo‘q?”
2-o‘quvchi: Bolalarga bog‘lar, barcha kengliklar,
Shu qishloqlar, shahar-u daha
Bolajonlar quvonarmikan?
Bizlar deymiz: “Baxtli bo‘lar ha!”
3-o‘quvchi: Shu zaminning hamma burchidan
Chaqiriq so‘z kelar yagona:
“Bolalarning bari bizniki
Ular ichra yo‘qdir begona!”
4-o‘quvchi: Onalar ularga berar mehr-ziyo,
Otalar ezgulik kuch-u qudratin.
Kurrai zaminni ertakdek go‘yo
Yetdi bolalarga berish muddati.
5-o‘quvchi: Kattalar – biz mudom javobgar nechun?
Bolalarni xavfdan asramoq uchun.
Bolajonlar quvonarmikan?
Bizlar deymiz: “Baxtli bo‘lar ha!”
6-o‘quvchi: Shu zaminning hamma burchidan
Chaqiriq so‘z kelar yagona:
“Bolalarning bari bizniki
Ular ichra yo‘qdir begona!”
2-boshlovchi: Yurtimizda namunali oilalar tobora ko‘payib bormoqda. Oila, ota-ona va farzandlar hamjihatligiga erishgach, odobi, tarbiyasi bilan qo‘ni-qo‘shni, mahalladoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan, o‘zini ma’naviy barkamollik sari yo‘naltirishga qodir sog‘lom avlodning yaralishiga zarracha shubha yo‘q.
1-boshlovchi: Ibratli oiladagi ahillik, hamjihatlik pirovard natijada jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Bolaning ota-onaga nisbatan odoblari qanday bo‘lishi lozimligini Husayn Voiz Koshifiyning quyidagi fikrlari asosida asoslashga urinib ko‘raylik: alloma bolaning ota-onaga nisbatan odobi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim, deydi: birinchidan, kerakli darajada ularning hurmatini saqlash; ikkinchidan, ulardan dunyo molini ayamaslik, ularga qattiqlik qilmaslik; uchinchidan, qilgan yaxshiliklarni minnat qilmaslik; to‘rtinchidan, ota-ona yuziga tik qaramaslik; beshinchidan, agar ota va ona chaqirsalar, zudlik bilan huzurlariga kelish; oltinchidan, ota va ona bilan muloqotda yuzini teskari burmaslik; yettinchidan, agar gunohga sabab bo‘lmasa, nimaiki buyursalar, bajarish; sakkizinchidan, ota-ona bilan suhbatda yoki ular huzurida boshqalar bilan gaplashganda ovozini ko‘tarmaslik; to‘qqizinchidan, ota-ona roziligisiz, duolarisiz safarga chiqmaslik; o‘ninchidan, har doim ota-ona xursandligini ta’minlash payida bo‘lish; o‘n birinchidan, ota-onaga marhamatni ibodat deb bilish, ya’niki “Jannat onalar qadamining ostida” ekanligini unutmaslik. (Xusayn Voiz Koshifiy. “Futuvvatnomai sultoniy”. “Ahloqi muhsiniy”.–Toshkent, 2011-yil, 65-bet).
2-boshlovchi: Darhaqiqat, tarix zarvaraqlariga bitilajak “Sog‘lom ona va bola yili”ning mamlakatimiz tarixiga oltin harflar bilan yozilishiga shubha yo‘q.
1-boshlovchi: Bir jihati barchamizning ko‘nglimizni xushnud etadi: mustaqillik yillarida onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha dadil odimlar tashlandi va bu yil sayin tobora mustahkamlanib boraveradi.
2-boshlovchi: Ha, tarixan qisqa davrda – 24 yilda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida millatimizning, xalqimizning nasl-nasabini tozalash yo‘lida ulkan, asrlarga tatigulik ishlar qilindi va bu ishlar yuksak samara bermoqda.
1-boshlovchi: Zero, mustaqil taraqqiyot yillarida amalga oshirilgan buyuk o‘zgarishlarning eng buyugi, ayni vaqtda eng murakkabi odamlar ongining, dunyoqarashining o‘zgargani, milliylikni tiklanganidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |