Mavzu: Qadimgi Yunoniston afsonalari Darsning maqsadi: Ta’limiy



Download 19,89 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi19,89 Kb.
#356715
Bog'liq
ochiq dars RIU


Sana:12.02.2020

Sinf: 6-“A”

Fan: Tarix



Mavzu:Qadimgi Yunoniston afsonalari

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: Qadimgi Yunoniston afsonalari va ilohlari haqida ma’lumot berish.

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni bir-biriga mehr-oqibatli bo’lishga undash, tolerantlik ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi: O’z fikrini erkin bayon qila olish ko’nikmasini shakllantirish

Dars turi: aralash

Dars shakli: yangi bilimlar beruvchi

Dars metodi: “Xotira mashqi”, “Aqliy hujum”, “Mevali daraxt”

Dars jihozi: Darslik,proektor,ekran,doska,bo’r,slayd (20),tarqatma materiallar, rangli stikerlar (20), kartochkalar (20)

Tayanch kompetensiyalar:

Kommunikativ kompetensiyasi;

Shaxs sifatida o’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasi;

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi,



Fanga oid kompetensiyalar:

Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy ketma-ketlikda tushuntira olish kompetensiyasi;

Tarixiy manbalar va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi

Mavzuga oid asosiy tushunchalar: Miflar,titanlar,sirenalar,kentavrlar,sikloplar, Uran, Geya, Zevs, Poseydon, Aid,

Demetra, satirlar, nimfalar



I.Tashkiliy qism: (2 daqiqa)

a)Salomlashish, Davomatni jurnalga qayd qilish, Sinf tozaligini ko’zdan kechirish.

b)O’quvchilar e’tiborini darsga jalb qilish ( kun yangiliklari haqida ma’lumot berish)

II.O’tilgan mavzuni takrorlash (8 daqiqa)

“Xotira mashqi” metodi orqali



III.Yangi mavzu bayoni: (10 daqiqa)

“Kichik ma’ruza” metodi orqali

Yunon afsonalari - xudolar haqidagi rivoyatlarning qahramonlari bolgan turlixil titanlar (xudolardan tug'ilgan qudratli pahlavonlar), yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayollar), (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar - peshanasida bitta ko‘zi bolgan afsonaviy mavjudotlardir. Afsonalar (yunon tilida «mif») mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi. UlarOlamning yaratilishi, Yer yuzida hayot va odamning paydo bolishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayohatlari haqida hikoya qiladi.

Yunon afsonalari rang-barang vaqiziqarlidir. Olam va xudolarning kelib chiqishi haqidagi afsona ham maroqli. Avvalboshda Yer va Osmon - Geya va Uran

bunyod etilgan. Ular Olamni boshqaruvchi titanlarni dunyoga keltirdilar, Olimp tog'ida yashovchi xudolar ularni taxtdan ag'darmaguncha hukmronlik qilganlar.

Afsonalarda aytilishicha, azalda Yer hamma tomondan dengizlar bilan o‘ralgan bolgan. Dastlab ularning hukmdori Okean degan titan bolgan. Atlas degan titan, ulkan osmon gumbazini yelkalasiga suyab turgan. Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axilles, Tesey va Ayaks singari bahodir qahramonlar jasorati haqida

hikoya qiladi. Ularning barchasi matonat, kuch-qudrat va aql-zakovat kabi fazilatlarga ega bo'lgan. 0’n ikki jasorati tufayli Gerakl Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o'ringa ega bo'lgan ekan.

Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va tevarak о lam ko'zga ko'rinmas sirli kuchlarga tobe ekanligiga ishonganlar. Bu ko'rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengizda,Aid marhumlar saltanatida oliy xudo deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, muhabbat va go'zallik homiylari va boshqa hisoblangan. Urush va g'alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari shuningdek, ikkinchi darajali Satirlar va nimfalar degan xudolar ham mavjud bolgan. Ular o‘rmonlar, daryolar va tog'larda yashagan deb tasavvur etilgan. Yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi Yunoniston viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog'ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilohalari ham odamlarga ancha o'xshaydi. Yunonlar Olimp tog‘i xudolari timsolini tasvirlar

ekanlar, ularni qizg'anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o‘tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo‘1 va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi. Shuning uchun ham yunonlar o'zlari yaratgan xudolardan qo‘rqishar,

ular sharafiga ko‘plab ibodatxonalar barpo etib, qurbonliklar qilganlar.



IV.Mustahkamlash: (20 daqiqa)

a)O’qituvchi o’quvchilarga ekran orqali topshiriqlar beradi

b)”Mevali daraxt” mashqi

c)O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga umumiy bitta savol beriladi,o’quvchilar yakka tarzda ishlaydi va o’z fikrini yozma bayon qiladi. Belgilangan vaqt tugagandan so’ng o’quvchilardan hohlovchilar yozganlarini og’zaki bayon qilishlari so’raladi.O’quvchilarning fikrlari tinglanib umumiy xulosa chiqariladi.



V.Baholash: ( 3 daqiqa)

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa berish: ( 2 daqiqa)

O’tilgan mavzuni o’qish va savollarga javob yozish.



O’TBDO’
Download 19,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish