Laboratoriya mashg‘uloti
Topshiriq 3-variant:
1. Sistema bloki va uning qurilmalarini o’rganing.
2. Asosiy plata (materinskaya plata) va uning vazifasini ayting.
3. Mikroprosessor va uning vazifasini ayting.
4. Tezkor xotira (operativ xotira) va uning vazifasini ayting.
5. Qattiq disk (vinchester) va uning vazifasini ayting.
6. Diskovod va uning vazifasini ayting.
7. Kiritish-chiqarish portlari va ularning vazifalarini ayting.
8. Elektr ta’minlovchi blok va uning vazifasini ayting.
9. Ishni yakunlang va hisobot yozing.
Bajarilishi:
1. Sistema bloki va uning qurilmalarini o’rganing.
Sistema bloki - kompyutеrning eng muhim qismi bo’lib, u kompyutеrning asosiy elеktron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u shaxsiy kompyutеrning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Sistema bloki quyidagi qurilmalardan iborat:
- Asosiy plata (materinskaya plata);
- Mikroprosessor;
- Tezkor xotira (operativ xotira);
- Qattiq disk (vinchester);
- Diskovod;
- Kiritish-chiqarish portlari;
- Elektr ta’minlovchi blok;
2. Asosiy plata (materinskaya plata) va uning vazifasini ayting.
Asosiy plata (materinskaya plata) - Shaxsiy kompyuterning, noutbuk, telefon, planshetlarning asosiy qurilmalari — tezkor xotira, qattiq disk, chiplar, slot, kuler, ulash portlari va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan asosiy plata (materinskaya plata) bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.
3. Mikroprosessor va uning vazifasini ayting.
Mikroprosessor - arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi, kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprosessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatigi ega. Uning tezligi sekundiga 100 mln amalgacha va undan ortiq bo`lishi mumkin.
Mikroprosessorlarning tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprosessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababdan takt chastotasiga qarab mikroprosessorining bahosi va unumdorligi xar xil bo`ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o`lchanadi. Takt chastotasi mikroprosessor ichidagi elementar operatsiyalarning tezligini ko`rsatadi.
Xotira ma’lumot va programmalarni saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo`linadi: operativ xotira, KESH xotira, BIOS (doimiy xotira) , CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotira.
4. Tezkor xotira (operativ xotira) va uning vazifasini ayting.
Tezkor xotira (operativ xotira) - oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda uning hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori inobatga olinadi. Tezkor xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers chastotali tezkor xotira 100 MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000 megagersli tezkor xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
5. Qattiq disk (vinchester) va uning vazifasini ayting.
Qattiq disk ya’ni vinchester - qattiq disk HDD (Hard Disk Driver). Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo`llaniladi.
Ular operatsion tizim (OS) programmalari, taxrirlagichlar, programma sistemalari, amaliy programmalar va x.k
Kompyuter foydalanuvchi vinchesterni asosan 3 parametriga qarab aniqlab oladi. Bular – sig`im, tezlik, interfeys. Vinchester tezligi qo`zg`alish va ma’lumotlarni o`qish-yozish bilan xarakterlanadi.
6. Diskovod va uning vazifasini ayting.
Diskovod – Kompyuterning diskdagi maʼlumotlarni kompyuterga koʻchirib olish yoki kompyuterdagi maʼlumotlarni diskka koʻchirib olish uchun moʻljallangan moslamasi.
7. Kiritish-chiqarish portlari va ularning vazifalarini ayting.
Kiritish-chiqarish portlari - ulash apparaturasi bo‘lib, mikroprocessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi. Shunigdek mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish, kompyuterning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari, safiga monitor (displey), klaviatura va diskyurituvchi qurilmalari kiradi.
8. Elektr ta’minlovchi blok va uning vazifasini ayting.
Elektr ta’minlovchi blok ya’ni kompyuterning energiya bloki - kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni yetarlicha energiya bilan ta’minlovchi moslama. Uning asosiy vazifasi vositalarni energiya bilan ta’minlash, havo almashtirish va prosessor ichini sovutishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |