Flotatsivani II-bosaichi ,
,r Yarim mahsulot ,r
Boyitma Chiqindi
b - ikki siklli flotatsiya sxemada , birinchi bosqichda boyitish natijasida olingan kondentsat boyitma va boy chiqindi, flotasiyani ikkinchi bosqichga jo‘natiladi.
44
v —ikki siklli flotatsion sxemada , birinchi bosqichda boyitish natijasida olingan kondentsat boyitma , tashlanadigan chiqindi va yarimmahsulot olinib, flotasiyani ikkinchi bosqichga jo‘natiladi.
Boyitma
rasm. Ikki bosqichli flotatsion sxemasini variantlari
g - bir siklli flotatsiya sxemada olingan yarim mahsulotni qayta yanchib flotasiya sikliga yuboriladi.
Uchbosqichli flotatsion sxema
a)
Boyitma I
Yanchish
'lotatsiyani I bosqichi
Boy chiqindi
Yanchish
Flotatsiyani II bosqichi
Yarim mahsulot
Boyitma II Chiqindi
Yanchish
Flotatsiyani III bosqichi
Boyitma III
U..
Chiqindi
45
Flotasiyani ikkinchi bosqichida boyitmani ikkinchi qismi va mahsulotdagi chiqindini asosiy massasi, flotasiyani uchinchi
rasm. Uch bosqichli flotatsiya sxemasi
amaliy mashg‘ulot Polimetall rudalarni flotatsion sxemasi
Polimetal rudalar mineral tarkibi va metalning miqdoriga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh - rangli metallar miqdori yuqori bo‘lgan, yaxlit sulfidli rudalar. Bu rudalar asosan qo‘rqoshin, mis va temir sulfidlaridan tashkil topgan. Sulfidlarning umumiy miqdori 75-90%, rangli metallarning miqdori 6-15%. Bu guruhdagi rudalarni boyitishda selektiv flotatsiya sxemasi qo‘llaniladi.
Flotatsiya chiqindisini tarkibida etarli darajada boy bo‘lgan oltingugurt bor va sulfat kislota ishlab chiqarish sanoat uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Shuning uchun to‘qri selektiv flotatsiya sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi guruh - rangli metallar miqdori kam va oltingugurtning miqdori yuqori bo‘lgan sulfidli rudalar. Rudalarning bu guruhiga
46
ko‘pchilik mis-ruxli, piritli rudalar kiradi. Mis-ruxli, piritlardagi misning miqdori 1-2 %, ruxning miqdori esa 1-2,5%.
Bu guruhlardagi rudalarni boyitishning eng samarali usuli boy piritli chiqindi olinuvchi mis va rux sulfidlarini dastlabki kollektiv flotatsiyalash qisoblanadi..
Rudada oltingugurtning miqdori kam bo‘lganda kollektiv flotatsiya chiqindisi oltingugurtning miqdori bo‘yicha talabga javob bermaydigan hisoblanadi. Shuning uchun barcha sulfidlarni dastlabki kollektiv flotatsiyalash sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi guruh - rangli metallarning miqdori yuqori va ora-sira joylashgan polimetall rudalar. Bu guruhga foydalanilayotgan q o‘rqoshin, ruxli va mis-ruxli konlarning rudalari kiradi. Bu turdagi rudalarda mis, qo‘rqoshin va ruxning umumiy miqdori 8-15% gacha yetadi.
Foydali minerali yirik va ora-sira joylashgan rudalar to‘g‘ri selektiv flotatsiyali sxema bo‘yicha boyitiladi.
To‘rtinchi guruh - rangli metallarning miqdori kam bo‘lgan va ora- sira joylashgan rudalar. Rangli metallarning umumiy miqdori qoidaga ko‘ra 3-4% dan ortmaydi, ba'zi xollarda esa 2%. Piritning miqdori ba'zan 30-40%ga yetadi. Bu guruhdagi rudalarni boyitishda iqtisodiy shartlar bo‘yicha dastlabki kollektiv flotatsiya sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Polimetall rudalarni boyitish ko‘pincha uning tarkibiga qarab, ikki, uch va undan ko‘p boyitmani ajratib olishdir. Misol tariqasida mis - qo‘rg‘oshin - ruxli rudalarni ko‘rib chiqaylik.
Bu rudalar polimetall rudalar bo‘lib, qiyin boyitiladi. Polimetall rudalarning murakkabligi va xilma - xilligi shundaki, ularning tarkibida sulfidli minerallar (sfalerit, xalkopirit) dan tashqari ikkilamchi sulfidli mis minerallari (bornit, kovellin, xalkozin), oksidli mis, qo‘rg‘oshin minerallari va pirit bo‘ladi.
Mis - qo‘rg‘oshin - rux piritli rudalarni boyitishda uch xil ko‘rinishdagi texnologik sxemalar qo‘llaniladi: to‘qri - selektiv, kollektiv - selektiv va qisman kollektiv - selektiv.
To‘qri selektiv flotatsiya sxemasi bo‘yicha avval galenit va sfaleritni sulfit kislotasi bilan so‘ndirilib, mis minerallari flotatsiyalanadi. Keyin ohak va tsianid bilan sfalerit va pirit so‘ndirilib galenit flotatsiyalanadi. Keyin sfalerit mis kuporosi bilan faollashtirilib ruxli flotatsiya o‘tkaziladi, ruxli flotatsiya chiqindisidan pirit flotatsiyalanadi. To‘plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatiladi.
47
Kollektiv - selektiv sxema bo‘yicha avval ksantogenat yordamida galenit, sfalerit xalkopirit va pirit kollektiv boyitmaga ajratiladi. Kollektiv boyitma rux kuporosi va tsianid bilan sfalerit va piritni so‘ndirib mis - qo‘rg‘oshinli flotatsiyaga jo‘natiladi. Keyin mis - qo‘rg‘oshinli boyitma selektsiyalanadi. Bunda yo mis minerallarini so‘ndirib galenit flotatsiyalanadi, yoki galenitni so‘ndirib mis minerallari flotatsiyalanadi. Mis - qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilari ketma - ket ruxli va piritli flotatsiyaga uchratiladi va shu kondagi boyitmalar olinadi.
Qisman kollektiv - selektiv sxemada kollektiv boyitmaga faqat mis va qo‘rg‘oshin sulfidlari o‘tadi. Mis - qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilaridan sfalerit va keyin pirit flotatsiyalanadi.
Klassifikatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |