Research and publications



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

Bibliography 
1.
Role Play - Gillian Porte Ladousse (Oxford 1987) 
2.
The Practice of English Language Teaching - Jeremy Harmer (Longman 1989) 


369 
LONICERA TURKUM TURLARNING SISTEMATIKASI VA ULARNING 
DUNYO BO‟YLAB TARQALISH AREALI. 
Ro‟ziqulova Mahliyo Shomurod qizi 
O‟zbekiston Milliy Universiteti talabasi 
Telefon: +998997554243 
+998900240818 
qizilqum1421@gmail.com 
Annotatsiya: Lonicera turkumining sistematikasi, turkumga kiruvchi turlar, ularning 
tarqalish areallari, turkumning sistematikasining yaratilish tarixi va unga hissa 
qo‘shgan olimlar to‘g‘risida adabiyotlar ma‘lumoti asosida qisqacha o‘rganildi. Uchqat
turlarning aksariyati Evropa, Osiyo, Shimoliy Amerikaning mo'tadil va subtropik 
mintaqalarida, Xitoy, Markaziy Osiyo tog'larida va ayrim turlari Janubi-Sharqiy 
Osiyoning tropik o'rmonlarida o'sadi. 
Kalit so‘zlar: Dipsacales qabilasi, Caprifoliaceae Vant oilasi, Korolkov uchqati, ko‘k 
uchqat, iste‘mol qilinadigan uchqat, tatar uchqati, Alp uchqati, oltoy uchqati, yapon 
uchqati, Grin sayti, Xitoy, Janubiy-SHarqiy Osiyoning tropik o‘rmonlari. 
Key words: tribe of Dipsacales, Caprifoliaceae vant family, Korolkov honeysuckle, 
blue honeysuckle, edible honeysuckle, tatar honeysuckle, Alp honeysuckle, Altai 
honeysuckle, Japanese honeysuckle, Grin site, China, tropical forests of south-east 
Asia. 
Ключевые слова: племя Dipsacales, семейства Caprifoliaceae vant, жимолость 
Королькова, жимолость cиняя, жимолость съедобная, жимолость татарская, 
жимолость альпийская, жимолость алтайская, жимолость Японская, Грин сайт, 
Китай, тропические леса юго-восточной Азии. 
Uchqat ( Lonicera ) Dipsacales qabilasiga kiruvchi Caprifoliaceae Vant oilasiga 
mansub 15 turkum 500 turni o‘z ichiga oladi. Uchqat (Lonicera L) turkumi- 200 dan 
ortiq tur va 2 ta subturkumdan iborat bo‘lib: shundan 194 ta turi Tik o‘suvchi 
(Lonicera) va 23 ta turi Chirmashib o‘suvchi (Caprifolium). Tik o‘suvchi uchqat 


370 
subturkumi 4 ta seksiyaga bo‘linadi, o‘z navbatida ularning har biri 21 ta podseksiyaga 
bo‘linadi. Ushbu subturkumning eng keng tarqalgan turlari quyidagilar: Albert, 
Tangut, mayda bargli, Kamchatka, Pallas, ko'k, iste‘molga yaroqli, Oltoy, Iberiya, Alp, 
Shamisso, Maksimovich, tatar, oddiy, Ruprexta, Maak, yapon uchqatlari.
Tik o‘suvchi va chirmashib o‘suvchi uchqat turlari bir-biridan tarqalish arealiga qarab 
sezilarli darajada farq qiladi. Agar Tik o‘suvchi uchqatlarning aksariyati Janubi-
Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan bo'lsa, demak chirmasib o‘suvchi uchqatning 
subturkum turlari zamonaviy O'rta yer dengizi va Shimoliy Amerikada tarqalgan. 
Shunday qilib tik o‘suvchi uchqatning tarqalishi: Xitoy, Yaponiya, Himolayda 97 ta 
tur, Markaziy Osiyo, Tibetda 31 ta tur, O‘rta Osiyo tog‘larida 27 ta, Uzoq Sharqda 14, 
Eron, Kavkazda 11 ta, Shimoliy Amerikada 9 ta, Yevropa 8 ta. O‘rta yer dengizida 6 
ta, Sibirda 6 ta, Shimoliy Afrikada 2 ta, Tropik Osiyoda 22 ta turi uchraydi. 
Chirmashib o‘suvchi uchqat subturkumi 3 ta seksiyadan iborat. Xususan ushbu 
subturkumning eng keng tarqalgan turlari- kaprifol, chirmashib o‘suvchi va doimo 
yashil uchqatlari. Turlarning soni alohida shakllarning tur ichida ajralishiga qarab 
turlar soni ortadi, keyinchalik butun yer shari mintaqalarida o‘sishi batafsil o‘rganiladi. 
Uchqat sistematikasi bilan mashhur Botanik olimlar K.Linney, A.P.Dekandoli va 
A.Rederlar shug‘ullanishgan. Uchqat sistematikada tuzatishlar va takomillashtirishlar 
sovet olimlari A.I.Poyarkova, G.N.Zaytsev, N.V.Ryabova tomonidan kiritilgan. 
Uchqatning tabiatda turli xil hayotiy shakllari uchragan: daraxtsimon ko‘rinishdagi 
o‘simlik va uncha katta bo‘lmagan yotib o‘suvchi buta, tik va chirmashib o‘suvchi, 
doimiy yashil, yarim doimiy yashil va bargini to‘kuvchi turlar. Bundan tashqari, 
ularning barchasi har xil sharoitda va turli davrlarda rivojlangan. Xususan Janubiy 
Yevropaning uchincha darajali nam o‘rmonlari Osiyo va shimoliy Amerikada 
tarqalgan chirmashib o‘suvchi uchqat (Caprifolium subturkumi) uning qadimiy turi 
ekanligi taxmin qilinadi. Geomorfologik va iqlim sharoitining o'zgarishi bilan ularning 
paydo bo‘lish markazi O'rta yer dengizi va Shimoliy Amerikaga ko'chdi. Tik o‘suvchi 
uchqatning asosiy ko‘rinishlari Sharqiy Osiyoning Turg‘ay florasi tarkibida uchragan. 
Ular ikki xil yo‘l bilan tarqalgan: janubiy, Himoloy shoxchasi uzoq g'arbga qadar kirib 
borgan, shimol shoxi Sayan-Oltoy tog' tizimida o'sdi. Hozirgi vaqtda janubi-g‘arbiy 
Xitoyning tog‘li o‘rmon hududlarida tik o‘suvchi uchqat subturkumiga tegishli 14 ta 
podseksiyasining 42 turi uchraydi.


371 
Grin sayti maʼlumotlariga kura esa Uchqatdoshlar oilasi 6 ta kichik oilaga mansub 37 
ta turni o‘z ichiga oladi. Turkumning lotincha nomi nemis matimatigi, fizigi botanigi 
Аdam Lonicera sharafiga qo‘yilgan. Biroq dastlab ularni Karl Linney Caprifoli deb 
atagan. Chunki aynan Yevropa bog‘larida uchqat yetishtirilgan. Uchqat turlarning 
aksariyati Evropa, Osiyo, Shimoliy Amerikaning mo'tadil va subtropik mintaqalarida
Xitoy, Markaziy Osiyo tog'larida va ayrim turlari Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik 
o'rmonlarida o'sadi. Bunday ulkan hudud yashash muhitining katta ekologik 
o'zgaruvchanligini anglatadi. Shuning uchun ham uchqat barcha geografik hududlarda 
tarqalgan va har xil turdagi o'rmon biosenozlariga kiradi: Evropa, Osiyo va Shimoliy 
Amerikaning bargli, aralash va ignabargli-tayga zonalaridan tog'larning alp va subalp 
o'simliklarining butalarigacha. Shimoliy yarim sharning deyarli barcha viloyatlarida 
190 ta turi uchraydi, katta qismi Himolay, Sharqiy Osiyoda, hamda Rossiyada 14 ta 
yovvoyi turi mavjud. 
Chirmashib o‘suvchi uchqat subturkumining 23 ta turidan 13 ta turi Shimoliy 
Amerikada tarqalgan, O‘rta yer dengizida 6 ta, Shimoliy Afrikada 6 ta, Yevropada 2 
ta, Kavkaz, Eronda 2 ta, Markaziy Osiyo, Tibetda 1 ta, Xitoy, Yaponiya, Himolayda 3 
ta turi uchraydi. Alohida turdagi areallardagi turlari bir-birini o‘rnini qoplaydi. Sobiq 
ittifoq davlatlarining barcha fiziko-geografik mintaqalarida uchqatlarning 53 turi 
o‘sadi. 
Ularning turlarining xilma-xilligi g'arbdan sharqqa va janubga, Markaziy Osiyoga 
qarab ortib boradi. Bir nechta turlari deyarli butun mamlakat bo'ylab uchraydi. Oddiy, 
tatar va moviy uchqatlar o‘rmon osti ignabargli va igna-keng bargli o‘rmon 
mintaqalarida, Pallas uchqati esa qutb yarimsharigacha tarqalgan. 
Ba'zi turlari qat'iy mahalliylashtirilgan. Asosan Uzoq Sharqiy (Maksimovich, saxalin, 
maaka, erta gullaydigan uchqat); O‘rta Osiyo (maydabargli, Semyonov, g‘alati, ili); 
Kavkaz (Kavkaz, iberi). Mevalari iste‘molga yaroqli uchqatlar (iste‘molga yaroqli, 
Kamchatka, Turchaninov, oltoy) Sharqiy Sibir va Uzoq sharqda uchraydi. 
Har bir tabiiy tarixiy mintaqa hududlarida uchqatlar ma‘lum yashash joylarida 
tarqalgan: O‘rta Osiyo turlari-Qoraqayrag‘och butalarida, Qayrag‘och-Archali, 
yong‘oq mevali va Qozog‘istonning tepaliklari past tog‘liklaridagi bargli 
o‘rmonlardan; O‘rta Osiyoning subalp tog‘ tizmalarigacha; uzoq sharq uchqatlari-
daryo bo‘yi butazorlari, nina bargli butazorlar, bargli va vodiyli o‘rmonlarida. 


372 
Sovet Ittifoqi hududida uchraydigan uchqatning 3 tasi kamyob va yo‘qolib ketish xavfi 
ostida bo‘lib qizil kitobga kiritilgan. 2 tasi- turlariga qarab hududi qurib soni kamayib 
ketayotgan turlar. 
Ushbu turkumga kiruvchi turlardan biri bu Korolkov uchqati hisoblanadi. Korolkov 
uchqatining Vatani - Tyan-Shan va Pomir-Olay. Korolkov uchqati dengiz satxidan 
3000 m balandlikda subalp mintaqalarida kam uchraydi. Tog‘ yonbagirlarida 
yong‘oqzorlarda, bargli o‘rmonlarda, shuningdek o‘rmon hududlarining yuqori 
qismida o‘sadi. Ushbu tur Oʼrta Osiyo uchun endem va manzarali tur hisoblanib, 
Oʼzbekistonning Toshkent, Аndijon va Fargʼona viloyatining togʼli hududlarida 
tarqalgan. 
Shimoliy yarim sharning koʼplab mamlakatlaridagi dekorativ oʼsimliklar orasida eng 
mashhur. Tur polimorf boʼlib, boshqa seksiya turlari bilan osonlikcha chatishadi. 
Madaniy holda dekorativ shakllar va navlar yetishtiriladi va tanlanadi: Zabeli, 
Floribunda, Аvrora va boshqalar. Korolkov uchqati, qishki chidamliligi pastligi 
sababli, asosan SSSRning Yevropa qismining janubida yetishtiriladi, garchi 
introduksiya natijalari , SSSR Fanlar akademiyasining Bosh botanika bogʼiga 
(Moskva) malumotlariga koʼra, arealning ekvator chizigʼi tomon siljiyotganligini 
guvohlik beradi. 
Lonicera korolkovii 1880-yildan madaniylashtirila boshlangan. Respublikamizga 
Rusanov nomidagi botanika bogiga 1957-yilda 2 ta o‘simlik olib keltirilgan. Bitta 
o‘simlik Xisor tizmasi Varzob daryosi vodiysidan, ikkinchi o‘simlik esa G‘arbiy Tyan-
Shan Kara-Аrchi yaqinidan olib keltirilgan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uchqat barcha geografik hududlarda tarqalgan va 
har xil turdagi o'rmon biosenozlariga kiradi. Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning 
bargli, aralash va ignabargli-tayga zonalaridan tog'larning alp va subalp hamda 
Shimoliy yarim sharning deyarli barcha viloyatlarida uchraydi. Ko‘pchilik turlari 
dekorativ o‘simlik bo‘lgani uchun dunyo bo‘ylab iqlimlashtirilmoqda. 
Foydalanilgam adabiyotlar: 
1. 
Флора Узбекистана. Т V. Под. ред. А.И. Введенского. Изд.: АН РУз.
– Ташкент, 1961. – С. 562-577. 


373 
2. 
С.П. Погиба ―Жимолост‖ Москва ВО ―Aгропромиздат‖ 1987. 
3. 
Ворошилов Л.Н, Этапно-хорологический анализ жимолости (Lonicera L., 
Caprifoliaceae) из подсекции Caeruleae Rehd. секции Isica (Adans) Rehd. // Бюлл. 
МОИП. Отд. Биол. -1992. -Т.97.- вып. 1. -С. 89-94. 
4. 
Флора СССР ХХIII том 548-550; 
5. 
В.В. Лукиша-―Жимолость‖ Москва "Лесная промышленность" 1990 
6. 
http://www.neboleem.net/zhimolost.php
7. 
http://www.plantsofttheworldonline.org/ 
8. 
https://www.ipni.org/ 


374 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish