www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 83
mutanosibligi asarning badiiy jihatdan yetukligini ta‘minlaydi.Rustamning ham
yurtiga qaytgach insonlar bilan mutanosibligida ko‘pincha ziddiyat kelib chiqishida
muhit
birlamchi
sabab
bo‘ldi.Yoinki,Afg‘ondan
qaytgach
ham
ruhiy
kechinmalari,psixologik konflikt ta‘sirida qolishga ,nosog‘lom muhitning inson ruhiy
dunyosiga yetkazgan jarohati sabab bo‘ladi.Asarda yozuvchi Rustamning
psixologiyasiga ta‘sir qilgan hayot hodisalarini uning o‘limi voqeasidan keyin
berilishi asarning badiiy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.Rustamning nima
sababdan halok bo‘lganligi,Qurbonoy xola va Soat G‘aniyevning taqdirlari qanday
bog‘langanligi asar so‘nggigacha tadrijiy ochib beriladi.Romandagi Soat G‘aniyev
obrazi ham voqealarni bog‘lab ,birlashtirib turadi.Syujetning ilk zanjiridanoq paydo
bo‘lgan bu obrazga ilk bor duch kelganimizdanoq uning salbiy qahramon ekanligini
tushunamiz.Qurbonoy xola bilan ilk suhbatidanoq Soat G‘aniyev kitobxonda o‘ziga
nisbatan noxush munosabat uyg‘otadi.Qurbonoy xolaga kuyovini sudga berishini
tayinlaydi,uni ahmoqlikda ayblaydi.Asar so‘nggida Qurbonoy xolaning hayoti barbod
bo‘lishiga ham komissar G‘aniyev sabab bo‘lganligini anglaymiz.U juda ko‘p
insonlarga zulm qilgan ,doimo boshqalarni oyoqosti qilish hisobiga manfaatdor
bo‘lgan ,butun umr zulukdek hayot kechirgan va hech qachon o‘z xatolarini tan
olmagan inson obrazidir.Adabiyotshunos Asror Samad ―Uvol ketgan yillar,zavol
bo‘lgan
odamlar‖maqolasida
komissar
haqidagi
fikr
mulohazalarni
keltiradi:‖Sho‘raviy siyosatshunoslikda kommunizmda pul ham,millt ham bo‘lmaydi
degan g‘irt soxta aqida bor.Komissar fuqarolik hujjatiga ―millatsiz‖ degan yozuvni
qayd
ettirgan…Soatga
o‘xshagan
sho‘raviy
kommisarlarda
millat
nima
qiladi?Ulardan hamma millat hazar qiladiku‖.
14
O‘tkir Hoshimov Soatning bolaligini
tasvirlar ekan,uning o‘jar, qaysar, alamzdaligini ko‘rsatadi.Uning otasi ham komissar
bo‘lib,Eshonning odamlari tomonidan o‘ldirilgan deb hisoblangan Soat butun umr
uning avlodlaridan nafratlanib yashadi.U doimo o‘zini haq deb bildi.O‘zidan boshqa
hech kimni hatto ayolini ham odam o‘rnida ko‘rmaydi. U Rustamning o‘limi
yuzasidan tergov o‘tkazayotgan o‘rgan xodimini ham no‘noqlikda ayblaydi.‖Zamon
aynib ketdi.Hamma demokratiya deb qichqiradi….Hamma ozod.Hammaning tili bir
14
Asror Samad.Uvol ketgan yillar,zavol bo'lgan umrlar.Tushda kechgan umrlar.-T.,meriyus,2015-yil,5-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |