www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 81
yetmaganlar‖,Nazar Eshonqulning ―Urush Odamlari‖,Dilbar Saidovaning ―Deraza
ortidagi oppoq dunyo‖asarlari yaratildi.
Taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning istiqlolga qadar urush mavzusida ―Ikki
eshik orasi‖romani va ―Urushning so‘nggi qurboni‖hikoyalari yaratildi.Bu ikki asar
XX asr o‘zbek adabiyotining eng yetuk namunalari hisoblanadi.‖Ikki eshik
orasi‖romanida urushning inson taqdiriga ta‘siri masalasi Kimsan,Qora amma,Ochil
,Ra‘no,Shomurod,Muzaffar,Munavvarlarning
timsolida
ochib
beriladi.Adabiyotshunos Umurzoq O‘ljaboyev‖Kichik shaklda kata gap aytish
mahorati‖maqolasida shunday deydi:‖Tasviriy –ifodaviy usul sohasidagi izlanishlarni
―Ikki eshik orasi‖da O‘.Hoshimov yanada yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarib,bu borada
yangi imkoniyatlarni topdi‖
8
Romanning noodatiy syujeti,insonlarning kechinmalarini
o‘zgacha yoritilishi o‘quvchini o‘ziga jalb etadi.Asarda barcha voqealarning
markazida urushning insonlar taqdiriga soya solib turgan mash‘um ko‘lankasi turadi.
Mustaqillik yillarida ham yozuvchi sermahsul ijod qildi.Uning urush haqidagi
qarashlarini quyidagi fikrlar ochib beradi.‖Urushda g‘olib va baxtli podshoh,g‘olib va
baxtli qo‘shin,g‘olib va baxtli davlat ,g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin.Ammo
g‘olib va baxtli odam bo‘lmaydi.Negaki urush odamni odam o‘ldirishga majbur
qiladi.Odam o‘ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo‘lolmaydi.‖
9
Adib 1993-yilda ―Tushda kechgan umrlar‖romanini yozdi va unda aynan shunday
―baxtli bo‘la olmagan‖ insonlar obrazini yaratdi.Asarda Rustam,Shahnoza,Soat
G‘aniyev,Qurbonoy xola,Fotima,Husan,To‘lagan kabi qahramonlar bo‘lib,ularning
har birining qismati oxir-oqibat zavolga yuz tutadi.
Rustam aqlli,tarbiyali,haqiqatgo‘y yigit .Birinchi kursda o‘qiyotganida xizmatga
chaqirilgan Rustam Afg‘onistonga jo‘natiladi.U yerda ko‘pchilik qatori diydasi
qotib,ruhiy beqaror bo‘lib qaytadi.Kontuziya bo‘lib sog‘ligidan ayriladi.Ham ma‘nan
ham jismonan majruh bo‘lib qoladi.Urush-dunyodagi eng buyuk nohaqlik ekanligini
tushunadi.Eng
yaqin
do‘stlarini
yo‘qotadi,odam
o‘ldirishga
majbur
bo‘ladi.Xotiralaridan
birida
u
dunyodagi
eng
qudratli,eng
yengilmas,eng
8
U.O‘ljaboyev.Kichik shaklda kata gap aytish mahorati.O‘zbek adabiy tanqidi.-T., Turon-Iqbol,2011-yil,250-bet
9
O‘.Hoshimov .Tushda kechgan umrlar.-T.,Meriyus,2015-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |