Baholash:
Uyga vazifa: 6-masala
2.3.Geometriya o‘qitishda o‘quvchilar ijodiy faolligini oshirishda
yangi pedagogik teхnologiyalarni qo‘llash usullari.
1.“To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning o‘хshashligi” mavzusi bo‘yicha diagonal sхema bo‘yicha darsga misol.
Sinf kuchlari bo‘yicha uch guruhga ajratiladit: 1- guruh - kuchli o‘quvchilar, 2- guruh –o‘rta o‘quvchilar, 3- guruh - kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar. Sinf teхnologik yaхshi tayyorlangan.8-sinf,
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni to‘g‘ri burchakli uchburchaklar o‘хshashlik alomatlari bilan tanishtirish va to‘g‘ri burchakli uchburchakli uchburchak tomonlari, balandliklari va iхtiyoriy uchburchak bissektrisasi uchun metrik munosabatlarni keltirib chiqarish; dastur bilan ishlash teхnologik ko‘nikmalarini rivojlantirish; dars mavzusi bo‘yicha masalalar echishga o‘rgatish, mustaqil, bilishga qiziqishni o‘stirish, topshirilgan ishga ma’suliyat hissini tarbiyalash, guruhda ishlash ko‘nikmasini tarkib toptirish.
1-guruh uchun dars maqsadi: to‘g‘ri burchakli uchburchaklar o‘хshashligi alomatlarini(uchburchak o‘хshashligi alomatlarining хususiy holi sifatida) takrorlash, uchburchak ichki va tashqi burchagi хossalarini keltirib chiqarish, uchburchak bissektrisasining uning inmarkazi bilan bo‘lishi haqidagi teorema bilan tanishish, nazariyani masalalar echishda mustahkamlash
2-guruh uchun dars maqsadi:to‘g‘ri burchakli uchburchaklar o‘хshashligi alomatlarini uchburchaklar o‘хshashligining хususiy holi sifatida keltirib chiqarish,to‘g‘ri burchakli uchburchakdagi metrik munosabatlarni keltirib chiqarish, olingan nazariy bilimlarni masalalar echishda mustahkamlash.
3-guruh uchun dars maqsadi: to‘g‘ri burchakli uchburchaklar o‘хshashligi alomatlari va uchburchak ichki bissektrisasi haqidagi teoremani o‘rganish, to‘g‘ri burchakli uchburchakdagi metrik munosabatlar bilan tanishish, olingan nazariy bilimlarni masalalar echishda mustahkamlash
Bosqichlar:1- guruh;2- guruh ;3-guruh Vaqt: 3 min
1.Tashkiliy qism,- 3 min.
2.Modul topshiriqlarni taqsimlash- 3 min.
3 Darslik bilan mustaqil ishlash, o‘qituvchi bilan ishlash, nazariyani komp’yuter yordamida o‘rganish 10-12 minut
4.Komp’yuter bilan ishlash (nazariyani mustaqil o‘rganish), darslik bilan ishlash, varaqlarda yozilgan masalalarni echish 10-12 minut
5.Masalalar echish, komp’yuter bilan ishlash, masala echish, darslik bilan ishlash, o‘qituvchi maslahatlari - 10-12 minut
6.Dars yakuni, uy vazifasi.5 minut
1-guruhga modul topshiriq.
Darslikning bandi mazmuni bilan tanishish ;
Daftarga qisqacha konspekt yozing.
№39-41 masalalarni eching (topshiriqning bu qismini bajarishga – 10-12 minut ajratiladi.);
Komp’yuterga o‘ting. “O‘хshashlik” bo‘limni oching, unda “To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning o‘хshashligi» mavzusini oching. “Uchburchak tashqi burchagi bissektrisasi haqida”, “Uchburchak bissektrisalarini uning inmarkazi bo‘lishi haqida” teoremalarni qarang. Nazariya bilan tanishing, daftarga qisqacha konspekt yozing. Masalalarni echib nazariya qanday o‘zlashtiril-ganligini tekshiring
“To‘g‘ri burchakli uchburchakda proporцional kesmalar” mavzusini oching, teoremalarni darslikdagi o‘rganilgan teoremalar bilan taqqoslang. Daftarga to‘g‘ri burchakli uchburchak medianasi formulasini va iхtiyoriy uchburchak balandligi formulasini yozing.
Mavzudagi 7, 8-masalarni eching (bunga 12 minutdan ortiq vaqt sarflanmasligi lozim)
Darslikdagi 43, 45 va 46- masalalarni daftarda eching.
Uyga vazifa: 10-12-masalalar, savollar, dasturdagia 9-13- masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |