Yer yuzasida xar kanday tog‘ jinslari xaroratning yil davomida sutkali o‘zgarishi tufayli havo va namning o‘zgarishi hamda turli kimyoviy jarayonlar natijasida va nixoyat organizmlarning hayot faoliyati natijasida nuraydi. Bu jarayonga nurash deb ataladi. Kechadigan jarayonga karab fizik, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo‘linadi.
Fizik nurash. Haroratning o‘zgarishi natijasida tog‘ jinslarining parchalinishidir. Issiqdan tog‘ jinslarining xajmi kengayadi, sovuqda torayadi. Xar xil menirallar quyosh issiqligi ta’sirida bir tekisda o‘zgarmaydi, chunki minyeralning issiqlik o‘tkazishi, saqlashi va tarqatish xususiyati turlichadir. Kora rangli tog‘ jinslari och tusli jinslarga nisbatan tezroq qiziydi va tezroq maydalanadi.
Kimyoviy nurash – Tog‘ jinslari va minyerallar suv hamda atmosfyeradagi kislorod va karbonat angidrid ta’sirida kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Bu o‘zgarishga ximiyaviy nurash deyiladi. Bu nurash vaqtida yerish, gidroliz, gidratlanish va oksidlanish xodisalari yuz byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |