Tuproqning asosiy kismini kattik faza ya’ni minyerallar tashkil etadi va juda ko‘p xildagi minyerallar uchraydi. Kelib chiqishiga ko‘ra bu minyerallar birlamchi va ikkilamchi minyerallarga bo‘linadi.
Birlamchi minyerallar - magmatik va metamorfik jinslarning fizik (mexanik) nurashi natijasida kiyoviy jihatdan o‘zgarmagan tuproqlarda to‘planadigan g‘ovak xoldagi menyerallarga aytiladi.
Birlamchi minyerallar asosan yirik 0,001 mm dan katta zarrachalarda to‘plangan bo‘ladi. Tuproq ona jinslari va tuproqga ko‘pincha mexanik jihatdan mustaxkam, kimyoviy nurashga chidamli bo‘lgan kvars (SiO2) 40-60 % qumli tuproqlarda esa 90 %.gacha uchraydi. Alyumoselikatlarga dala shpati, selyudalar kiradi.
Umuman olganda birlamchi minyerallarga, olivin, kvars, dala shpati, shox aldamasi, ortoklaz, plagioklaz, amfibol, piroksin, mustkovit, mikroklin, epidot, avgit apatit, labrador,anortit, granat, albit, sirkon, turmalin, rutil va xokazolar misol bo‘ladi.
Birlamchi minyerallar, kristallografik tuzilishi va kristallokimyoviy tarkibga binoan, emrilishiga bordoshliligi, ya’ni turg‘unligi bilan ajralib turadi.
Eng turg‘un minyerallar: kvars, anataz, granat, ilmenit, magnetit, muskavit, turmalin, rutil, sirkon va xokozo.
Turg‘unmas minyerallar: qatoriga olivin, avgit, rombik piroksen, plagioklazlar, apatit, anortit, shox aldamchisi kiradi. Dala shpati, slyuda, karbonatlar esa tez emriladigan minyerallar guruhiga kiritilgan.
Birlamchi minyerallar tuproq va uni paydo kiluvchi yotkiziqlarning fizika-mexanik xossalarida juda passiv ishtirok etadi.
Birlamchi minyerallar kimyoviy va fizikaviy jihatdan o‘zgarib boradi. Ularning nurashida turli mikroorganizmlar ishtirok etadi. Birlamchi minyerallarning o‘zgarishidan ikkilamchi minyerallar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lish tezligi,- minyerallarning tarkibiga, bioiqlim sharoitiga bog‘liq muayyan sharoitda bu jarayon shiddatli ketadi. Birlamchi minyerallar nurashida suv, kislorod, karbonat angidrid, o‘simlik va mikroorganizmlar ta’sirida hosil bo‘lgan organik kislotalarning ham ahamiyati kattadir. Natijada birlamchi minyerallarning kiyoviy tarkibi o‘zgarib kristallik panjarasi ham o‘zgaradi. Natijada ikkilamchi minyerallar to‘plana boshlaydi. Ikkilamchi minyerallarga
0,001 mm dan kichik bo‘lgan dispyers mayda zarrachalar kiradi. Gidrotatsiya, gidroliz, oksidlanish jarayoni natijasida hosil bo‘ladi.
Ikkilamchi minyerallar: Kalsit CaCO3
Magnetit MgCO3 Dolomit CaMg (CO3)2 Soda Na2CO310 H2O Gips CaSO42 H2O
Mirabolit Na2 SO410 H2 O Galit NaCl
Getit Fe2O3 H2 O Tenartit Na2 SO4 Epsomit Mg SO4 7H2 O
Astraxanit Na2 Mg (SO4 )24 H2 O Glaubyerit
Na2 SO4CaSO4 vaxokazolar.
IkkilamchiminyerallarningchidamliliyligiM.Djeksonaniqlashichaquyidagichaoshibboradi
Gips, galit, mirabolit va boshqa tuzlar.
Kalsit, aragonit, dolomit.
Xlortit, nontronit.
Illit, muskovit, syeritsid.
Vyermakulit.
Montmorilonit, beydellit.
Kaolinit, galluazit.
Byomit, gibsit
Gematit, limonit, getit.
Ikkilamchi minyerallar bo‘kish, cho‘kish, suv o‘tkazish, yopishqoqlik, elashimlik, qovushqoqlik, plastiklik va boshqa xossalarga ega. Minyerallar bir biridan kristallografik tuzilish va kristallografik tarkibi bilan ajralib turadi.
Demak, nurash jarayoni natijasida tog‘ jinslari va minyerallarining fizikaviy holati va kimyoviy tarkibi o‘zgarib, nurash maxsulotlari o‘simliklar hayoti uchun qulay bo‘lgan sharoit vujudga keladi.
XULOSA
Tuproq unumdorligini to‘liq va har tomonlama o‘rganish, uni oshirish, va qishloq xo‘jalik fan yutuqlaridan foydalangan holda unumdorlikni oshirish va yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish asosiy va muhim vazifadir.
Demak, tuproq o‘zining unumdorlik xususiyati bilan tog‘ jinsidan farqqiladi. Tuproq unumdorligini bir necha kategoriyalari mavjud. Tabbiy, sun’iy, potensial, effektiv va nisbiy unumdorlikka bo‘linadi.
O‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan oziqaviy moddalar, suv, havo va issiqlik qay darajada bo‘lishiga qarab, unumdorlik turli tuproqlarda turlicha bo‘ladi.
Masalan: syerchirindili, donador strukturali tuproqlarda o‘simlik hayoti uchun zarur sharoit qulayligi sababli uning unumdorligi yaxshi bo‘ladi.Tuproqlarni mukammal o‘rganish, ulardan foydalanish usullarini, byeriladigan turli o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, melioratsiya va sug‘orish kabi agrotexnikaviy tadbirlarni amalda joriy etish tuproq unumdorligini oshirish yo‘li bilan ekinlardan yanada ko‘proq hosil olish kabi muammolarni hal etish tuproqshunoslik fani oldida turgan hozirgi zamonning eng muhim vazifalari hisoblanadi.
Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to‘ydirayotgan bitmas-tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kyerakli xom ashyo etishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo‘lib, u biologik tirik jism hisoblanadi. CHunki, tuproqlar bizni ediradi, kiydiradi to‘ydiradi demak, shunday ekan tuproqlarimizni asrab avaylash biz tuproqshunoslarni oldidagi eng asosiy vazifamizdir.
Ota bobolarimiz diyorimiz tuproqlarini zar, suvini kavsar deb aytishlari bejiz emas. Masalan qora tuproqlarni chirindisi 8-10 foizni tashkil qiladi. O‘zbekiston tuproqlarning chirindisi 1-1,5 foizni tashkil qiladi, lekin osildorlik jihatdan bu tuproqlar bir hil. CHunki O‘zbekiston tuproqlarining xossa va xususiyatlari juda yaxshi (tuproqning singdirish sig‘imida kalsiy elementining ko‘pligi, syer karbonatliligi) hisoblanadi.
Tuproq mustaqil tabiiy jism bo‘lib, o‘ziga xos tuzilishga, tarkibga va bir qancha xossa va xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |