Хусусий капитал рентабеллиги нимани билдиради?
Хусусий капитал рентабеллиги бир ёки юз сўмлик хусусий капитал ҳажми ҳисобига олинган соф фойда суммасини билдиради. Ушбу кўрсаткич базис йилидаги ёки бизнес режада кўзда тутилган ушбу капитал рентабеллигига нисбатан юқори бўлса, хусусий капиталдан фойдаланиш самарадорлигининг ошганлигини билдиради. Хусусий капитал рентабеллиги қанча юқори бўлса, хўжаликнинг молиявий аҳволи ҳам шунча мустаҳкам бўлади.
Хусусий капитал рентабеллигининг таҳлили унинг ҳисобот йилидаги даражасини базис йилидаги (ёки режада кўзда тутилган даражасига) солиштириб, умумий ўзгаришини аниқлашдан бошланади. Рентабеллик даражасининг ўзгариши биринчи ва иккинчи тартибли омиллар таъсири остида юзага келади.
Биринчи тартибли омиллар бўлиб қуйидагилар ҳисобланади:
1. Хусусий капиталнинг ўртача йиллик қийматининг ўзгариши;
2. Соф фойда ҳажмининг ўзгариши.
Ушбу омиллар таъсирини «Занжирли боғланиш» усулини қўллаш орқали аниқлаш зарур. Бунинг учун қуйидаги 3 та боғланиш рентабеллик кўрсаткичини аниқлаб, сўнгра омилларнинг таъсирини аниқлаш мақсадли бўлади.
1. -базис йилидаги (ёки режадаги) рентабеллик даражаси.
2. - шартли рентабеллик даражаси.
3. - ҳисобот йилидаги рентабеллик даражаси.
Шундан кейин хусусий капитал рентабеллигининг омилли таҳлили амалга оширилади.
Ҳисобот йилидаги хусусий капитал рентабеллигидан (3-боғланиш кўрсаткичидан) базис йилидаги рентабеллигини (1-боғланиш кўрсаткичини) чегириб ташлаш орқали унинг умумий ўзгариши аниқланади:
Бу ўзгариш юқоридаги икки омил ҳисобига юзага келган.
Хусусий капитал рентабеллигининг ўзгаришига унинг ўртача қиймати (ҳажми) ўзгаришининг таъсирини аниқлаш учун шартли рентабеллик даражасидан (2-боғланиш кўрсаткичидан) базис йилидаги рентабеллик даражасини (1-боғланиш кўрсаткичини) чегириб ташлаш керак:
Хусусий капитал рентабеллигининг ўзгаришига соф фойда суммаси (ҳажми) ўзгаришининг таъсирини аниқлаш учун ҳисобот йилидаги рентабеллик даражасидан (3-боғланишдан) шартли рентабеллик даражасини (2-боғланиш кўрсаткичини) чегириб ташлаш керак:
Шу икки омил таъсирларининг йиғиндиси хусусий капитал рентабеллигининг умумий ўзгаришига тенг келиши керак:
Шундан кейин рентабеллик даражасининг ўзгаришига хусусий капитал ҳажми ўзгаришининг таъсирини ҳар бир капиталнинг тури бўйича аниқ кўрсатиш ва мавжуд имкониятларни етарли даражада баён қилиш учун иккинчи тартибли омилларнинг таъсирининг таҳлилини амалга ошириш керак. Бунинг учун юқорида келтирилган рентабелликнинг иккинчи формуласидан фойдаланиш керак. Ушбу формуладан кўриниб турибдики, хусусий капитал рентабеллигининг ўзгаришига қуйидаги 5 та омил таъсир қилади:
1. Устав капитали ҳажмининг ўзгариши;
2. Қўшилган капитал ҳажмининг ўзгариши;
3. Захира капитали ҳажмининг ўзгариши;
4. Тақсимланмаган фойда суммасининг ўзгариши;
5. Соф фойда суммасининг ўзгариши.
Ушбу омилларнинг рентабелликни ўзгаришига таъсирини «Занжирли боғланиш» усули орқали аниқлаш қулайроқдир. Омиллар таъсирини аниқлашдан олдин хусусий капитал рентабеллигини ифодаловчи қуйидаги боғланиш кўрсаткичларини аниқлаб олиш зарур:
1. ; 4. ;
2. ; 5. ;
3. ; 6. .
Энди, ушбу рентабеллик кўрсаткичларидан фойдаланиб, хусусий капитал рентабеллигининг умумий ўзгаришини ва унга омиллар таъсирини аниқлаш мумкин.
Рентабелликнинг умумий ўзгариши:
6-1= - = .
Ушбу ўзгаришга омиллар таъсирини аниқлаш:
1. Устав капитали ҳажми ўзгаришининг таъсири:
2-1= - = ;
2. Қўшилган капитал ҳажми ўзгаришининг таъсири:
3-2= - = ;
3. Захира капитали ҳажми ўзгаришининг таъсири:
4-3= - = ;
4. Тақсимланмаган фойда суммаси ўзгаришининг таъсири:
5-4= - = ;
5. Соф фойда суммаси ўзгаришининг таъсири:
6-5= - = .
Ушбу 5 та омиллар таъсирларининг йиғиндиси хусусий капитал рентабеллигининг умумий ўзгаришига тенг келиши керак. Шундан кейин ҳар бир омил таъсирига баҳо берилиб, рентабелликни янада ошириш имкониятлари кўрсатилади.
4.Хусусий капитални кўпайтириш имкониятлари.
Хусусий капитални кўпайтириш имкониятлари бўлиб, қуйидагилар ҳисобланади:
1. Устав капитали бўйича:
- муассислар қарорига кўра Устав капиталида мавжуд муассислар улушларининг оширилиши;
- қимматбаҳо қоғозлар эмиссияси;
- муассисларнинг янгиларини жалб этиш ҳисобига Устав капиталини ошириш;
- жорий йил фойдасини кўпайтириш ҳисобига ошириш.
2. Қўшилган капитал бўйича:
- эмиссион даромадни ошиши ҳисобига. Бу акцияларнинг номинал қиймати билан сотилиш баҳоси орасидаги фарқ;
- Устав капиталини шакллантиришда курсдаги фарқнинг ошиши ҳисобига. Бу устав капиталига қўйилган қўйилмаларни тўлашда ҳосил бўладиган курсдаги фарқлар суммасидир.
3. Захира капитали бўйича:
- активларни қайта баҳолаш натижасида аниқланган ортган қийматини ошиши ҳисобига;
- Устав капиталига нисбатан ҳар йили фойдадан мажбурий ажратма даражасининг ошиши ҳисобига;
- текинган олинган мулк ҳисобига.
4. Тақсимланмаган фойда бўйича:
- асосий фаолиятдан олинган фойдани кўпайтириш ҳисобига;
- молиявий фаолиятдан олинадиган фойдани кўпайтириш ҳисобига.
Такрорлаш учун саволлар.
Хусусий капитал деб нимага айтилади?
Хусусий капитални таҳлил қилишнинг аҳамияти нимадан иборат?
Хусусий капитал таҳлилининг вазифаларини баён қилинг.
Хусусий капитал таркиби қайси капиталлардан ташкил топган?
Хусусий капитал таркиби ва таркибий тузилишининг таҳлилини тушунтиринг.
Хусусий капитал динамикасининг таҳлили қандай бажарилади?
Хусусий капиталдан фойдаланиш самарадорлиги деганда нима тушунилади?
Хусусий капитал рентабеллигини ҳисоблаш усулини тушунтиринг?
Хусусий капитал ҳажми қандай таҳлил қилинади?
Хусусий капитал ҳажмининг ўзгаришига омиллар таъсирини қайси усулдан фойдаланиб аниқлаш мумкин?
Хусусий капитални кўпайтириш имкониятларини баён қилинг.
Мavzu. KORXONALAR IQTISODIY NOCHORLIGINI BAHOLASH
VA TAHLIL QILISH
Reja
1. Korxonalar moliya xo’jalik faoliyatining monitoringi va tahlili
Korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlovchi mezonlar
1.Korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining monitoringi va tahlili.
Korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining monitoringini olib borishdan maqsad korxonani iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin bo’lgan sabablarini aniqlash va ularning oldini olishdan hamda bankrotlik va sanasiya masalalari bo’yicha xuqumat komissiyasiga kiritish uchun bankrotlikning oldini olish bo’yicha takliflarni tayyorlashdan iborat.
Korxona moliya-xo’jalik holati monitoringini o’tkazishning asosiy vazifalari:
a ) moliya-xo’jalik holatini tahlil qilish;
b) nochorlik belgilariga ega bo’lgan korxonalarni sanasiyalash, takroran tuzish yoki iqtisodiy nochor (bankrot) korxonalarni tugatish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish;
v) korxonalar bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratish yo’li bilan bankrotlikning oldini olish va to’lovga qobillikni ta’minlash hisoblanadi.
Iqtisodiy ahvoliga qarab korxonalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
baquvvat korxonalar;
«xavf-xatar» guruhidagi korxonalar;
«tang» guruhdagi korxonalar;
to’lovga noqobil korxonalar;
«bo’lajak korxonalar» (iqtisodiy nochorlar) guruhidagi korxonalar.
Moliya–xo’jalik faoliyati monitoringgi quyidagi tartibda o’tkaziladi:
a) tarmoq belgisi bo’yicha - tarmoq korxonalarning holatiga iqtisodiy omillar ta’sirini aniqlash uchun;
b) mintaqaviy (hududiy) belgi bo’yicha – mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona holatiga ta’sir etuvchi mintaqaviy tusdagi omillarni aniqlash uchun.
Muayyan korxona moliya-xo’jalik holatining monitoringgi uning to’lovga qobilligi yoki umuman iqtisodiy holatini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Korxonalar holatini kuzatish tizimi asosida olingan natijalar mintaqalar va tarmoqlar bo’yicha umumlashtiriladi. Monitoring natijasida korxonani takror tuzish uchun aniq takliflar va tadbirlar ishlab chiqariladi.
Quyidagilar monitoring o’tkazishning asosiy usullaridir:
a) «Ekspress- diagnostika» - mezonlar tizimi ko’rsatkichlarini tahlil qilish yo’li bilan korxonalarning potensial to’lovga qobilligini aniqlash va korxonalarning makroiqtisodiyot darajasidagi monitoringi hamda tahlilni o’tkazishda, prognoz qilishda va tarmoqlar hamda umuman mintaqalar bo’yicha iqtisodiy nochor va baquvvat korxonalar dinamikasini belgilashda ushbu usulni qo’llash;
b) muayyan korxonaning to’lovga qobilligini tiklash yoki yo’qotish jarayonlarini kuzatish, iqtisodiy nochorlikdan chiqish yoki bankrot oldidagi holat omillarining kuchayishi maqsadida uning makroiqtisodiy darajadagi moliya-xo’jalik faoliyatini chuqur tahlil qilish.
Monitoring va tahlilni o’tkazish o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
a) korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi axborotni yig’ish va ishlash;
b) to’plangan axborot asosida korxonaning moliya-xo’jalik holatini tahlili;
v) tahlil natijalari bo’yicha xulosa;
g) tavsiyalar.
Korxona moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili quyidagilarni o’rganishni o’z ichiga oladi:
moliyaviy holat;
moliyaviy barqarorlik;
to’lovga qobilllik;
balansning likvidligi;
moliyaviy koeffisentlar;
moliyaviy natijalar.
Korxona moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili uchun quyidagilar axborot manbalari hisoblanadi:
buxgalteriya balansi, 1-shakl;
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, 2-shakl;
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, 4-shakl;
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot, 5-shakl;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma, 2a-shakl.
Korxona to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganilganda, asosiy fondlar va mol-mulkning holati, ularning quvvatlaridan foydalanish, debitorlik va kreditorlik qarzlarning, shu jumladan to’lash muddati o’tgan qarzlarning dinamikasi tadqiq qilinadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning kuchli va zaif tomonlari, mol-mulk va majburiyatlar qiymatining o’zaro nisbati, to’lovga qobillikni tiklash imkoniyati aniqlanadi.
Davlat ulushiga ega bo’lgan korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining monitoringi muntazam ravishda amalga oshiriladi, tahlil esa quyidagi hollarda o’tkaziladi:
a) kreditorning arizasi bo’yicha;
b) mulkdorning arizasi bo’yicha;
v) qarzdor korxona ixtiyoriy ravishda tugatilishi oldidan;
g) nochorlikning tashqi belgilari mavjud bo’lganida;
d) davlat moliyaviy yordam ko’rsatayotganda, sanasiya davrida.
Tahlil o’tkazish yuqori boshqaruv organlariga kriditorning rasmiy arizasi tushganidan so’ng amalga oshiriladi. Kreditorning arizasini olgandan keyin 3 kun davomida qarzdor korxonaga korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish uchun buxgalteriya hujjatlarini taqdim etish to’g’risida xabarnoma yuboradi.
Zarur hujjatlar majmuini olgandan keyin tahlil o’tkaziladi, uning natijalari bo’yicha amaldagi qonunlarda belgilangan rusum-qoidalar qo’llanadi.
Qarzdorga doir alohida yig’ma jild ochiladi, korxona to’g’risidagi ma’lumotlar va uning moliya-iqtisodiy ko’rsatkichlari qo’mita ma’lumotlari bazasiga kiritiladi, so’ngra uning ishi ustidan monitoring o’rnatiladi.
Mulkdor arizasi bo’yicha moliya-xo’jalik faoliyati monitoringi va tahlil qilinishi kreditor arizasi bilan birgalikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdor korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish va uning o’zini bankrot deb e’lon etish to’g’risidagi qaror korxona rahbari tomonidan, kreditor bilan hamkorlikda qabul qilinadi, bunda korxona o’z majburiyatlari bo’yicha to’lay olmasligi va uning to’lovga qobilligini tiklab bo’lmasligi aniqlangan iqtisodiy tahlili asos qilinadi. Mazkur qaror qarzdor korxona mol-mulkining egasi va korxonalarning iqtisodiy nochorligi to’g’risidagi ishlar bo’yicha qo’mita tomonidan tasdiqlanadi.
Qarzdor korxona o’zini bankrot deb ixtiyoriy ravishda qaror qabul qilgandan so’ng 3 kun davomida kreditorlar bilan kelishilgan tahlil barcha natijalarini, qabul qilingan qaror tasdiqnomasini olish uchun qo’mitaga taqdim etadi.
Qarzdor korxona va kreditorning ixtiyoriy ravishda tugatish to’g’risidagi qarorini tasdiqlash uchun qo’mita qarzdor korxona moliya- xo’jalik faoliyatining monitoringi va tahlilini o’tkazadi.
Agar qarzdor korxona va kreditor tomonidan o’tkazilgan monitoring va tahlil natijasi qo’mita tomonidan o’tkazilgan monitoring va tahlil natijasiga mos kelsa, ixtiyoriy ravishda tugatish to’g’risidagi qaror tasdiqlanadi, aks holda belgilangan tartibda korxonaning nochorligi to’g’risida ish qo’zg’atiladi. Agar korxona monitoringi va tahlilining natijasi uning iqtisodiy baquvvatligini aniqlasa, qarzdor korxonaning mazkur harakatlari nohaq, ya’ni to’laydigan to’lovlaridan chegirma qilish yoki bo’lib-bo’lib to’lashga ijozat olish uchun kreditlarni yanglishtirish maqsadida o’zining nochorligi to’g’risida ataylab yolg’on (soxta) e’lon berish baholanishi mumkin.
Nochorlikning tashqi belgilari bo’yicha davriy monitoring va tahlil mintaqalar hamda umuman tarmoqlarda korxonalar holatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Iqtisodiy nochor korxonalar ma’lumotlar bazasi asosida tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha iqtisodiy nochor korxonalarga doir qonuniyatlar, tarkibiy o’zgarishlar o’rganiladi.
Bunda moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlar, to’lash muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari hajmlaridagi o’zgarishlar, nochor va zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar sonining ko’payish yoki kamayish tamoyillari tahlil etiladi.
Qo’mita yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal etish maqsadida davriy monitoring hamda tahlilni o’tkazadi hamda tarmoqlar va umuman mintaqa bo’yicha korxonalar takroran tuzish, yo’nalishini qaytadan o’zgartirish va to’lovga qobilligini tiklash bo’yicha chora va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Qo’mita qarzdor xo’jalik yurituvchi subyektlar sanasiyasining borishi va mablag’lardan sanasiya o’tkazish uchun foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sanasiyaning belgilangan butun muddati davomida qo’mita tomonidan korxona moliyaviy faoliyatining monitoringi yuritiladi va bosqichma-bosqich samarodorligi belgilanadi.
Qo’mita, zarurat tug’ilganda, sanasiyalanayotgan korxonaga sanasiya tadbirlarini muvofaqiyatli bajarish bo’yicha masalalarni hal etishda amaliy yordam ko’rsatadi. Sanasiyaning borishiga to’sqinlik qilayotgan sabablar chuqur o’rganiladi va sanasiyani davom ettirish yoki bundan keyingi sanasiyaning istiqbolsiz ekanligi to’g’risida qaror qabul qilinadi. Sanasiya jarayonini to’xtatish to’g’risidagi takliflarni qo’mita sanasiya berish to’g’risida qaror chiqargan davlat organiga taqdim etadi.
Monitoring va tahlil o’tkazish hamda ular natijalarini rasmiylashtirish tartibi quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.
Qo’mita Iqtisodiyot vazirligi, Davlat Statistika Qo’mitasi, Davlat Soliq Qo’mitasi, tijorat banklar, xo’jalik sudi, vazirliklar, idoralar va korxonalardan kelib tushayotgan barcha ma’lumotlar korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining monitoringi va tahlili boshqarmasida yuritiladigan ro’yxatdan o’tkazish daftariga kiritiladi.
Materiallarga birlamchi ishlov berish paytida monitoring yuritilishi zarur bo’lgan korxonalar ro’yxati belgilanadi, so’ngra ana shu korxonalar rahbarlariga, shuningdek qarzdor korxonalar rahbarlariga kreditor (mulkdor) arizasi bo’yicha monitoring o’tkazilishi to’g’risida xabarnoma yuboriladi.
Korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini o’rganish natijalari qo’mita, kreditorlar va qarzdor korxona vakillari ishtirokida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomaga huqumat komissiyasi tomonidan bankrot deb e’lon qilish yoki sanasiya taqdim etish maqsadida ishlarni xo’jalik sudiga topshirish to’g’risida qaror qilinishi uchun qo’mitaning korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil etish natijalari to’g’risidagi xulosasi ilova qilinadi.
2. Iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlovchi mezonlar
Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
taminlangan;
iqtisodiy xavfli;
iqtisodiy nochor.
Iqtisodiy xavf belgilariga ega korxonalarga Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan muddatlarda o’z moliyaviy xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha chora tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilanadi.
Iqtisodiy nochor korxonalar moliyaviy ahvoliga ko’ra sanasiya qilinadi yoki majburiy yoki ixtiyoriy tugatilish bo’yicha bankrot deb e’lon qilinadi.
Iqtisodiy ahvolini baholash uchun asosiy ko’rsatkichlar (mezonlar) 3 guruhga bo’linadi:
Moliyaviy-iqtisodiy ahvolini baholash maqsadida iqtisodiy tahlil qilinishi lozim korxonalarni tanlash uchun:
-pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan 3 oydan ortiq muddati o’tgan kreditorlik qarzlarning mavjudligi;
-korxonalar rentabelligi (zararliligi)ning manfiy darajasi;
Korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlovchi asosiy (mezonli) ko’rsatkichlari:
to’lovga qobillik yoki qoplash koeffisenti –Tqk;
o’z aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffisenti -O’ak;
Qo’shimcha ko’rsatkichlar (yakuniy qaror qabul qilish uchun):
-aktivlarning rentabellik koeffisenti - Ark;
-o’z va qarz mablag’larining nisbat koeffisentlari - O’nk;
-quvvatdan foydalanish koeffisenti - Qfk;
asosiy vositalarning eskirish koeffisentlari - Avek.
Korxonalarning iqtisodiy ahvolini baholovchi ko’rsatkichlarning tavsifnomasi.
Pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash muddati kelgan kundan boshlab 3 oydan ortiq muddati o’tgan qarz qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar va kreditorlarning pullik majburiyatlar bo’yicha talablarini amalga oshirish vaqtidan boshlab belgilanadi.
Muddati 3 oydan o’tgan qarz haqidagi ma’lumotlar «Moliyaviy iqtisodiy ahvol to’g’risida ariza» 2-b moliyaviy hisobot shaklidan olinadi.
2. Aktivlarning rentabllik (zararlilik) koeffisenti korxonanig moliyaviy-xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan aktivlarning foydalilik (zararlilik) darajasini ko’rsatadi:
Bunda Stf- soliqqa tortishgacha bo’lgan foyda (zarar) «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» 2-shaklning 240 satri.
BN- balans aktivi (400 satr) yoki balans passivi (780 satr)
Agar hisobot davridagi aktivlarning rentabellik koeffisenti 0 dan past qiymatga ega bo’lsa (manfiy ko’rsatkich), u holda korxona zarar ko’rayotgan hisoblanadi.
3.To’lovga qobillik (qoplash) koeffisenti nafaqat debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan balki boshqa moddiy aylanma mablag’lar elementlari sharoitida baholanuvchi korxonaning to’lovga qobilligini ko’rsatadi. Koeffisentning kamayishi korxona to’lov imkoniyatlarning pasayishi haqida xabar beradi.
Koeffisent quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Bunda, A2- aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqalar), balans aktivining 2 bo’limi 390 satr;
P2 - majburiyatlar, balans passivining 2- bo’limi 770 satr;
Uqq - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar, balans passivining 2-bo’limi (490) satrlar summasi;
Qqq - qaytarish muddati kelmagan qisqa muddatli qarzlar va kreditlar, balans passivining 2-bo’limi 601-satrlar summasi;
Xa - xaridor va buyurtmachilardan olingan (majburiyatlarni bajarish muddati o’tmagan) bunaklar 610-satr;
Agar to’lovga qobillik koeffisenti hisobot davri so’nggida 1 dan past bo’lsa, korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha nochor hisoblanadi.
Koeffisent me’yoriy qiymatining oshishi aylanma mablag’lar aylanmasining sekinlashuvi va moliyaviy resurslardan omilkor foydalanmaslik haqida guvohlik beradi.
4. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffisenti moliyaviy mustahkamlik, korxona egalari va kreditorlar manfaatlarining nisbati uchun zarur bo’lgan korxonaning o’z aylanma mablag’larining mavjudligidan dalolat beradi.
Koeffisent quyidagi formula bo’yicha belgilanadi:
Bunda A1 - uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar va b.), balans aktivining 1 bo’limi, 130 satr;
P1 - o’z mablag’larining manbalari (ustav kapitali, zahira kapitali, qo’shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va b.), balans passivi 1-bo’limi natijasi, 480 satr.
Ushbu kasr sur’ati korxonaning qanday o’z mablag’lari summasi aylanmaga yo’naltirilgani, maxraji – barcha aylanma mablag’lar summasini ko’rsatadi. Ushbu koeffisentning eng kam qiymati- 0,1 .
Agar o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffisenti hisobot davri oxirida 0,1 dan kam qiymatga ega bo’lsa, u holda korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha nochor hisoblanadi.
5. O’z va qarz mablag’larining nisbat koeffisenti qarz mablag’larini o’z manbag’lari orqali qaytarish bilan ta’minlanganlik darajasini belgilaydi. Koeffisentning pasayishi korxona moliyaviy xavfining oshganligidan dalolat beradi.
Koeffisent quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Agar o’z va qarz mablag’larining nisbat koeffisenti hisobot davri so’ngida 2 dan past qiymatga ega bo’lsa, bu xol korxonada moliyaviy xavf mavjudligidan guvohlik beradi.
6. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisenti ishlab chiqarish quvvatlarining yuksalish darajasini bildiruvchi ko’rsatkichdir:
Q haq.
Qfq=----------------------------------------------;
Q loyix.-(Q ijara+ Q konserva.)
Bunda, Q haq.- taqqoslanadigan qiymat ko’rinishidagi hisobot davrida chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmatlar)ning haqiqiy hajmi;
Q loyix. - qiymat ko’rinishidagi belgilangan vaqt davomida mahsulot chiqarish (xizmatlar ko’rsatish)ning eng ko’p hajmi, unga asosiy texnologik uskunalardan to’liq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya qilish orqali erishish mumkin;
Q ijara - ijaraga berilgan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari;
Q konserv. - konservasiyalangan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari.
Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisenti hisobot davrida 0,5 dan yoki o’rtacha tarmoqnikidan past bo’lsa, u holda korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha iqtisodiy nochordir.
7. Uskunaning eskirish koeffisenti asosiy vositalarning eskirish darajasini bildiruvchi o’rtacha ko’rsatkichdir:
E
Aveq=------;
A
Bunda E- asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirishi, «Buxgalteriya balansi» 1-shakl, 011-satr ma’lumotlari,
A - asosiy ishlab chiqarish vositalarining birlamchi (tiklash) qiymati, «Buxgalteriya balansi» 1-shakl, 010-satr ma’lumotlari.
Agar asosiy vositalarning eskirish koeffisenti ko’rilayotgan davr oxirida 0,5 qiymatidan oshsa, korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha nochor hisoblanadi.
Korxonalarni guruhlar bo’yicha ajratish.
«Ta’minlangan korxonalar» guruhiga «Iqtisodiy xavfli» va «Iqtisodiy nochor» guruhlariga kirmaydigan korxonalar mansubdir.
«Iqtisodiy xavfli» guruhiga mansub korxonalar quyidagilar mavjudligi bilan aniqlanadi:
a) 1-3- formulalarda ko’rsatilgan iqtisodiy nochorlik belgilari;
b) -to’lash muddatidan qat’i nazar, qarz majburiyatlari, ya’ni o’z va qarz mablag’lari nisbati koeffisenti 2 dan kam bo’lsa.
Korxonaning u yoki bu guruhchaga taaluqliligi har bir koeffisentning alohida olingan qiymatiga bog’liq.
Quyidagi holatlarda korxonalar bankrotlikka yaqin (to’lovga noqobil)dir:
-Tqk(3 formula)+O’ak(4 formula)<1;
-pulli majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan 3 oydan ortiq muddati o’tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi.
Quyidagi hollarda korxonalar shartli ravishda bankrot hisoblanadi:
-Tqk(3)<1, O’ak(4)<0,1 va Ark(2)<0 (manfiy ko’rsatkich);
-pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan 3 oy dan ortiq muddati utgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi.
Uzil-kesil qarorlarni qabul qilish uchun qolgan koeffisentlar qo’shimcha ko’rsatkichlar deb hisoblanadi.
Tayanch iboralar va takrorlash uchun savollar
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |