Reja: Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari



Download 435,87 Kb.
bet1/16
Sana22.07.2022
Hajmi435,87 Kb.
#836688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Маърузалар тўплами 2021


1- MAVZU: MAHSULOT IShLAB CHIQARISH VA DAVR XARAJATLARI TAHLILI
Reja:
1. Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
2. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxining tahlili.
3. Tannarxni xarajat moddalari bo’yicha omilli tahlili.

Adabiyotlar


1. Abdukarimov I.T., Pardayev M.K. va boshkalar. «Korxonaning iqtisodiy saloxiyati tahlili» 4-chiqarilishi T.; Iqtisodiy va xukuk dunyosi, 2003 yil.
2. Axmadjanov I., Raximov M. Moliyaviy tahlili.–Ò.:«Iqtisod», 2003.
3. Vahobov A.V. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlil. Dfrslik. T.: 2005.
4. Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.
5. Qudratov T. va bosh., Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil
6. Raximov M.Yu. Moliyaviy tahlil. Uquv qo’llanma.-T.: TMI.2004.
7. Saviskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya» uchebnik 2-ye izdaniye – M.: INFRA 2003
8. Campbell R.Mcconnel, Stenley L.Brue. ECONOMICS: principles, problems, and polices. Tallin, 1993

Internet saytlari


www//lex.uz
www//ziyonet.uz
www//mf.uz
www//soliq.uz

Tayanch iboralar. Tannarx, ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarish tannarxi, 1 gektar maydon xarajati, 1 bosh mol xarajati, hosildorlik, mahsuldorlik, shartli tannarx, miqdor omillari, sifat omillari, xarajat moddalari, 1 s. mahsulot tannarxi, 1 s. sut tannarxi.


1. Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.


Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, mahsulot tannarxi hisoblanadi. Demak, ishlab chiqarish xarajatlari hajmini kamaytirish va mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish, samaradorlikni oshirishning asosiy imkoniyatlaridan biridir. Tannarxning pasayishi foydaning ko’payishi va rentabellikning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xarajatlari hajmi dinamikasini hamda o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari tannarxi darajasi dinamikasini uzluksiz ravishda tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli xarajatlarni kamaytirish va tannarxni pasaytirish imkoniyatlari aniqlanadi, natijada ulardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mahsulot tannarxini o’rganish asosida uni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash tahlilning maqsadidir. Ushbu maqsadga tahlil quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish orqali erishadi:
1. Mahsulot tannarxi darajasini o’rganish va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini aniqlab baho berish;
2. Mahsulot tannarxi tarkibi, tarkibiy tuzilishining o’zgarishini va har bir xarajat moddasi bo’yicha o’zgarishini omilli tahlil qilish hamda baho berish;
3. Tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini ko’rsatish va ulardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berish.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxi tahlilining asosiy manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. Korxonaning biznes rejasi ma’lumotlari;

  2. O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning tannarxi to’g’risidagi buxgalteriya hisobotlarining ma’lumotlari;

  3. Buxgalteriya hisobining «Asosiy ishlab chiqarish hisobi schyoti»ning ma’lumotlari;

  4. Statistik va boshqa axborot ma’lumotlari.

Ushbu xujjatlardagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning jami tannarxi va mahsulot birligining tannarxi, 1 so’mlik tovar mahsulotiga to’g’ri keladigan xarajatlar darajasi tahlil qilinadi hamda ularni kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
2. O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab
chiqarish tannarxining tahlili.

Mahsulot tannarxi korxona xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir. Ushbu ko’rsatkichni to’g’ri hisoblash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega.


Tannarx deb nimaga aytiladi? Mahsulot yetishtirish uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi tannarx deb ataladi. Tannarx o’z navbatida jami mahsulot tannarxi, mahsulot birligi tannarxi va 1 so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajat ko’rsatkichlariga bo’linadi. Bu bo’limda bir birlik mahsulot tannarxini tahlil qilish tartibi yoritiladi.
Mahsulot birligining tannarxi tahlilini amalga oshirish uchun solishtirish va zanjirli bog’lanish usullari keng qo’llaniladi.
Hisobot davridagi bir birlik mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) tannarxiga solishtirib, mutloq va nisbiy o’zgarishlari aniqlanadi. So’ngra «zanjirli bog’lanish» usuli orqali omilli tahlil etilib, omillarning har birining ta’siriga baho beriladi va pasaytirish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishi bevosita ekstensiv va intensiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Bu omillar quyidagilardir:
1) 1 gektar ekin maydoni (yoki 1 bosh chorva moli) hisobiga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi;
2) 1 gektar ekin maydonidan olingan hosil (yoki 1 bosh moldan olingan mahsulot) miqdorining o’zgarishi (hosildorlik yoki mahsuldorlikning o’zgarishi).
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlaymiz. Tannarx tahlilini o’simlikchilik mahsuloti misolida ko’rib chiqamiz. Tannarxning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin 1 s. mahsulotning shartli tannarxini aniqlab olish zarur. Shartli tannarx qanday aniqlanadi? Shartli tannarxni (ZSh) aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar hajmini (IX1) bazis yilidagi hosildorlik darajasiga (H0) bo’lish kerak:

1 gektar ekin maydoni hisobiga to’g’ri keladigan xarajatlar summasini aniqlash uchun u yoki bu ekin turi uchun qilingan jami xarajatlar hajmini (qZ) shu ekin maydoniga (M) bo’lish kerak:
.
Shartli tannarx aniqlangandan keyin mahsulot birligi tannarxini tahlil qilish mumkin, ya’ni har bir omilning ta’sirini aniqlab, uning darajasiga baho beriladi.

Download 435,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish