«AVS» tizimi bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish
AVS hisob tizimi (“Activity-Based Costing”) javobgarlik markazlari bo’yicha tannarx hisob-kitobini “Direkt-kosting” usulidagi kabi doimiy (fixed costing) va o’zgaruvchan (veriable costing) xarajatlarga bo’lib hisobga olishni, ammo asosiy e’tiborni faoliyat turlari va funksional xizmatlarga qaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Mazkur tizim bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar, jumladan Yevropa va Amerika korxonalari amaliyotida keng qo’llaniladi.
Umuman, AVS tizimi faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar hisobini (xarajatlarning funksional hisobi) anglatadi (1.-chizma).
1-chizma. AVS tizimi bo’yicha xarajatlar hisobi
Keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki, AVS tizimi ustama xarajatlar dinamikasini va mazkur xarajatlar turlarining kelib chiqish sabablarini, shuningdek ularni tayyor mahsulot qiymatiga kiritish tartibini hisobga olishga imkon beradi.
O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi, ular ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiradi. Doimiy xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilmaydi, balki ma’muriy-boshqaruv xarajatlari sifatida moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi, biroq amalda korxona faoliyatini yuritish uchun bozorni tadqiq etish, mahsulotlarni uzoo’ muddat bilan ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatishni rivojlantirish talab etiladi. Shu bois, hisob-kitoblarda marjinal xarajatlar va daromadlar yaxshi natija berishiga qaramay, “Direkt-kosting” tizimini qo’llash faqat quyidagi sharoitlardagina samara berishi ma’lum bo’ldi:
Birinchidan, korxonaning bevosita xarajatlari umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etishi zarur.
Ikkinchidan, korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotni assortimenti va buyurtmalarning sonini oshirib yuborilmasligini nazorat qilish lozim. Bunday talablar qo’yilganda xarajatlar hisobining avvalgi tizimi korxonaning yangi strategik boshqaruv siyosatiga javob bera olmay qoldi.
Bozor talabi va raqobat muhitiga moslashish uchun mahsulot assortimenti va sifatini keskin oshirish lozim bo’ladi. Natijada, korxonada ustama xarajatlarning ikkita turi: yordamchi ishlab chiqarishlar va boshqaruv bo’linmalarini asrash bilan bog’liq xarajatlar asosiy o’rinni egallaydi.
Bunda buyurtmalarni va maxsus komponentlarni ishlab chiqarish xarajatlariga e’tibor qaratiladi.
Buyurtmalarni ishlab chiqarish xarajatlari shartnomalar tuzish bo’yicha muzokaralar olib borish, buyurtmalar qabul qilish, schetlar yozib berish, yuklarni jo’natish va qayta ishlash kabi xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Maxsus komponentlar ishlab chiqarish xarajatlariga mahsulotning yangi turini ishlab chiqarish uchun xarid qilinadigan yordamchi materiallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlarni keltirish bo’yicha shartnomalar tuzish, ishlab chiqarishni nazorat va ekspertiza qilish, naryadlar yozish xarajatlari kiritiladi. AQShning EMW kompaniyasi misolida ko’radigan bo’lsak, maxsus komponentlarni ishlab chiqarish jarayonida har bir komponent uchun alohida naryad to’lg’azish talab qilingan. Natijada yil davomida o’ndan ortiq ishlab chiqarish siklida 30000ta turli xil maxsus komponentga 325000 dollarlik naryadlar to’lg’azilgan.
Agar korxona bunday sharoitda bozorni chuqur o’rganmasa, tannarx va baho ko’rsatkichlarining nomutanosibligi muqarrar tusni oladi ya’ni mayda turkumli mahsulotga past baho, yirik turkumlilarga yuqori baho belgilanadi, natijada texnologik oddiy mahsulotga qaraganda murakkab va innovasiya talab qiladigan mahsulotlarning foydaliligi yuqori bo’lib ko’rinadi.
Binobarin, boshqaruv hisobining asosiy vazifalarini hal etish uchun xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchanga bo’lish usulini qo’llash hamma sohada ham samara beravermagach, xarajatlar haqida ishonchli axborotni olishning yangi usullarini o’idirib topish AVS hisob tizimining paydo bo’lishiga olib keldi.
AVS tizimida korxona ishchi operasiyalar to’plami deb qaraladi. Ish jarayonida resurslar iste’mol qilinadi (materiallar, ish haqi, jihozlar) va muayyan natija yuzaga keladi. Resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda parallel ravishda murakkab
Do'stlaringiz bilan baham: |