3-jadval Bevosita va bilvosita xarajatlarning tasniflanishi
№
Xarajatlarning turlari
Xarajatlar turlari
Hisobning an’anaviy tizimida
“JIT” hisob tizimida
Mehnat xarajatlari
Bevosita
Bevosita
Moddiy xarajatlar
Bevosita
Bevosita
Materiallarni qayta ishlash
Bilvosita
Bevosita
Ta’mirlash va texnik xizmat
Bilvosita
Bevosita
Energiya ta’minoti
Bevosita
Bevosita
Joriy xarajatlar
Bilvosita
Bevosita
Sifat kuzatuvi
Bilvosita
Bevosita
Binolar va inshootlar amortizasiyasi
Bilvosita
Bilvosita
Sug’urta to’lovlari, soliq va yig’imlar
Bilvosita
Bilvosita
Binolar ijarasi
Bilvosita
Bilvosita
Texnologik jihozlar amortizasiyasi
Bilvosita
Bevosita
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish
Bilvosita
Bilvosita
Bunday nomuvofiqlik:
korxonaning rejalashtirilgan zaruriy ehtiyojlarini inobatga olmasdan moddiy boyliklar zahiralarini ortiqcha to’planishiga sabab bo’ladi;
me’yoriy ko’rsatkichlar asosida samaradorlikni baholash natijasida sotish hajmi va mahsulot sifatiga qaraganda ishlab chiqarish hajmining ustuvorligiga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi.
“JIT hisob tizimi quyidagi ko’pgina afzalliklarga ega:
uni qo’llash tovar-moddiy zahiralarining ortiqcha to’planishib qolishini oldini oladi.
korxona faoliyatida “JIT” hisob tizimidan foydalanish olingan buyurtmalarni bajarilish imkoniyatlarini oshiradi, chunki bunda materiallarni xarid qilish va saqlashga kam vaqt sarflanadi. Buyurtmalarni bajarish jarayonining soddalashishi aylanma mablag’larni ham ancha tejalishini ta’minlaydi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish grafigi bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qisqaradi. Bu holat esa korxonaga bozor kon’yunkturasi talablaridan kelib chiqqan holda vaqtdan yutishga imkon beradi.
Bunda korxonaga foydali bo’lgan va bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga tezkor o’tish munosabati bilan mayda turkumli mahsulotlarni ishlab chiqarishning ham yuqori moslashuvchanligiga erishiladi.
Mazkur tizimni joriy etishda mahsulot sifatining yaxshilanishi kuzatiladi. Buyurtma berilgan mahsulot miqdori katta bo’lmaganda sifat bilan bog’liq muammo tez hal bo’ladi va tuzatishlar zudlik bilan kiritiladi.
Yuqoridagilardan tashqari “JIT” hisob tizimining boshqa afzalliklari ham mavjud:
tovar-moddiy zahiralarining to’planib qolish xavfi kamayadi;
materiallar va tayyor mahsulotlar zahiralari uchun omborxonalarni saqlashga sarflanadigan ma’muriy xarajatlar qisqaradi;
mahsulot sifatini oshirish hisobiga asosiy material xarajatlari qisqaradi;
yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish tufayli zarar ko’rish ehtimoli va qayta ishlash xarajatlari kamayadi.
Shu bilan birga, “JIT” hisob tizimi ishlab chiqarish hisobi xususiyatlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Uni qo’llash orqali bilvosita xarajatlarni kamaytirishga e’tibor kuchayadi. Bunday hol xarajat turlari o’rtasida turli taqsimot bazalaridan foydalanish zaruratini kamaytiradi, shu bilan birga xarajatlar kalkulyasiyasining aniqligi ortadi.