Reja: “Standart kost” tizimining xususiyati va mohiyati


«JIT» va «AVS» tizimlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish



Download 232,5 Kb.
bet4/13
Sana07.11.2022
Hajmi232,5 Kb.
#861507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
7-мавзу Бош хис лотин (1)

5.3. «JIT» va «AVS» tizimlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish
Xo’jalik subyektlari faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlarini optimal darajada kamaytirib, bozorbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarishni boshqarish va mehnatni tashkil qilishda rivojlangan mamlakatlar amaliyotida foydalanilayotgan ilg’or usullardan biri sanalgan “JIT” (“Just-in-time” ya’ni “Aniq muddatda”) tizimini qo’llash ijobiy samara beradi.
Amaliy boshqaruv hisobini yuritishning “JIT” tizimi XX asrning 70-yillarida Yaponiyada “Toyota” kompaniyasida joriy qilindi va “Kanban” ya’ni “Kartochka” yoki yozuvning vizual tizimi ma’nosida qo’llanilib kelinmoqda. Shuningdek, hozirgi vaqtda bu tizimdan jahonning sanoati rivojlangan ko’pchilik mamlakatlarida muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
JIT” tizimining muhim xususiyati mahsulotlarni yirik turkumlarda ishlab chiqarishdan voz kechish, buning o’rniga uzluksiz, buyurtma olingan vaqtdan boshlab mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Mazkur tizimning asosiy maqsadi barcha ortiqcha xarajatlarni bartaraf qilish va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanishni ta’minlashdir.
Ushbu tizim «mahsulotni unga talab bo’lgandagina ishlab chiqarish», «faqat xaridorning buyurtmasi bo’yicha ishlab chiqarish» kabi tamoyillarga asoslanadi, bu esa mahsulot (ish va xizmat)larga bo’lgan talabni har doim taklif bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
“JIT” tizimida ishlab chiqarish sexlari va bo’linmalari mayda-mayda turkum buyurtmalar bilan ta’minlanadi hamda donalab mahsulot ishlab chiqarish boshlanadi. Bu tizim qo’llanilganda korxonada tovar-moddiy zahiralarining me’yoridan ortiqchasini mavjud bo’lishi salbiy holat hisoblanadi. Sababi, ularni saqlashga ortiqcha xarajatlar talab etiladi, shuningdek, moddiy zahiralarning to’planib qolishi va moliyaviy resurslarning harakatsiz turishi korxona faoliyati samaradorligini so’ndiradi va raqobatbardoshligini susaytiradi.
Bu tizimda ishlab chiqarish jarayonida muomalalarning qat’iy ketma-ketligi ta’minlanib, detallar, qismlar va materiallar faqat foydalanish zaruriyati tug’ilgandagina xarid qilinadi.
“JIT” hisob tizimi ishlab chiqarilayotgan turkum miqdorini, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’ini kamaytirish, tovar-moddiy zahiralari hajmini eng kam darajaga keltirish va ishlab chiqarish buyurtmalarini oylar va haftalar bo’yicha emas, balki kunlar va soatlar bo’yicha bajarishni ko’zda tutadi.
Ushbu tizimni qo’llash vaqtida korxona xarajatlarining bir qismi bevosita doimiy xarajatlar guruhidan o’zgaruvchan xarajatlar tarkibiga o’tadi. Natijada, ma’muriy xarajatlar kamayib, bo’linmalarning o’z faoliyatlari natijalari uchun javobgarligi, o’z navbatida esa moddiy manfaatdorligi ham ortadi. Masalan, “JIT” tizimi bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitida ishlab chiqarish liniyalarida ishchilar texnik xizmat, ta’mir va sozlash ishlarini ham bajarishlari kerak bo’ladi, aslida bularni boshqa ishchilar bajarishlari va bilvosita xarajatlarga kiritishlari lozim edi. Bu holat mahsulot birligi tannarxining aniqligini oshirishga imkon beradi.
“JIT” tizimini qo’llash xizmat sifatini ko’tarishga va bahoni aniq belgilashga imkoniyat tug’diradi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish jarayonini soddalashtiradi, mahsulot sifatini yaxshilash, an’anaviy boshqarishda menejerlarga yordam beradi. Bu jarayonning soddalashishi ishlab chiqarish hisobi tizimini bahoni boshqarish tizimiga aylantiradi. “JIT” hisob tizimida materiallar va tugallanmagan ishlab chiqarish hisobi bitta yaxlit schetda olib boriladi. Bunday sharoitda materiallar, ombordagi zahiralar ustidan nazorat uchun alohida schetdan foydalanish o’z dolzarbligini yo’qotadi.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli milliy standartiga binoan moddiy boyliklar harakati bo’yicha buxgalteriya yozuvlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Pudratchilardan moddiy zahiralarning kelib tushishi:
Debet - “Materiallar hisobi” schetlari
Kredit - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar” scheti.

  1. Tovar-moddiy zahiralar omborxonadan ishlab chiqarishga berildi:

Debet «Asosiy ishlab chiqarish» scheti
Kredit “Materiallar hisobi” schetlari.

  1. Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilindi:

Debet «Tayyor mahsulotlar hisobi» scheti
Kredit «Asosiy ishlab chiqarish» scheti.
4. Tayyor mahsulotlarni jo’natish va sotish:
Debet - “Cotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisobi” scheti
Kredit “Tayyor mahsulotlar hisobi” scheti.
Ko’plab firmalar sotib olishni tashkil etishda materiallarni xarid qilish bahosidan chetlanishlar hisobiga asosiy e’tiborni qaratadilar. Tegishli chegirishlar bilan katta miqdordagi materiallarni sotib olish yoki past sifatli mahsulot sotib olish hisobiga, odatda, hisob-kitob bahosidan maqbul tarzda chetlanishlarga erishiladi. “JIT” hisob tizimi sharoitida esa faqatgina sotib olish baholari darajasiga emas, balki materiallarning sifatiga, nafliligiga va umumiy qiymatiga katta e’tibor beriladi.
Ishlab chiqarish an’anaviy tashkil etilgan ko’plab korxonalarda boshqaruv hisobi sohasidagi muammolarning aksariyat qismi mehnat va boshqa xarajatlar bo’yicha normativ xarajatlar hisobini joriy etish, shuningdek, ular bo’yicha chetlanishlar hisobini yuritishni tashkil qiladi. “JIT” hisob tizimi bo’yicha ishlaydigan kompaniyalarda “ishchi kuchi va qo’shimcha xarajatlar bo’yicha chetlanishlar hisobiga e’tibor susayadi. Chetlanishlar tahlilidan foydalanish korxona darajasida saqlanib qoladi, biroq har bir muayyan hodisa uchun chetlanishlarning mutlaq ahamiyati nuqtai-nazaridan asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishning ma’lum tendensiyalari hisobiga o’tadi”.
Hisobning an’anaviy tizimida bilvosita xarajatlarga kiritiladigan ko’pgina xarajatlar “JIT” hisob tizimida bevosita xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish samaradorligining e’tirof etilgan an’anaviy ko’rsatkichlari (masalan, mahsulot ishlab chiqarish normasining bajarilishi va uskunalardan foydalanish koeffisiyenti) “JIT” hisob tizimidagi bahoni boshqarish tamoyillari doirasiga kiritilmaydi.



Download 232,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish