To’rtinchi bosqichtadqiqot bosqichi hisoblanib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotning taklif etilayotgan variantlari baholanadi.
Beshinchi bosqichxulosa va tavsiyalar bosqichi bo’lib, unda mahsulotni ishlab chiqarish va takomillashtirishning mazkur ishlab chiqarish uchun maqbul bo’lgan variantlari ajratib olinadi. (7.-jadval).
7-jadval Ishlab chiqarish uchun mahsulotlarni tanlash variantlari bo’yicha qarorlar qabul qilish
Ko’rsatkichlar
Xarajatlar
Boshqaruv qarorlari variantlari
Past
O’rtacha
Yuqori
Funk-siyalar-ni ahamiya-ti
Yuqori
A
Mahsulot rentabelligi yuqori
V
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
S
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
Maqbul
O’rta
D
Mahsulot rentabelligi yuqori
Ye
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
F
Mahsulot rentabelligi past
Bahsli
Past
G
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
H
Mahsulot rentabelligi past
J
Mahsulot rentabelligi past
Nomaqbul
Ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish variantlarini tanlashda A, V, S va D mahsulotlarni ishlab chiqarishga e’tibor beriladi. Ularda funksiyalarning ahamiyati va ishlab chiqarish rentabelligi ko’rsatkichlari þqori va qo’yilgan talablarga javob beradi.
Mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan sharoitda funksiyalarning faoliyati yuqori bo’lganda rentabellik darajasi yuqori bo’ladi.
Bularning barchasi ishlab chiqarishga muayyan mahsulotni yoki yo’nalishlarni va ularni qiyoslash miqyosini tanlash haqida qaror qabul qilishga xizmat qiladi.
FQTning so’nggi bosqichi, tahlil natijalarini amaliyotga qo’llash hisoblanadi. Bunda:
mahsulotning tajriba namunalarini tayyorlash uchun chizmalar ishlab chiqish;
maxsus moslama va asbob-uskunalarni tayyorlash hamda loyihalashtirish;
tajriba nusxalarini tayyorlash va sinovdan o’tkazish;
konstruksiyalarni o’zgartirish uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
buyurtmachi, muallif va ixtirochilar bilan amaliyotdagi o’zgarishlarni kelishib olish.
Boshqaruv hisobida xarajatlarni kelib chiqish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha hisob yuritilganda hamda AVS usuli qo’llanilganda FQT tizimi yuqori samara beradi.
Nazorat savollari
«Standart-Kost» hisob tizimining mohiyati nimadan iborat?
«Standart-Kost» hisob tizimi bilan amaldagi normativ hisob tizimi o’rtasida qanday umumiy va farqli jihatlar mavjud?
“Direkt-kosting” hisob tizimining qanday afzalliklari mavjud?
Boshqaruv hisobini tashkil etishda “JIT” tizimining qanday afzallik tomonlari mavjud?
“AVS” tizimi bo’yicha boshqaruv hisobi qanday tashkil etiladi?
SCA hisob tizimi korxona faoliyatida qanday o’rin tutadi?