Reja: Salib yurishlari (XI asr oxiridan to XIII asr oxirigacha) sabablari va ularning qatnashchilari, xarakteri


Salib yurishlarining sabablari va ularning qatnashchilari



Download 81,34 Kb.
bet2/14
Sana21.01.2022
Hajmi81,34 Kb.
#396431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7-mavzu Salib yurishlari

Salib yurishlarining sabablari va ularning qatnashchilari. Salib yurishlarining sabablarini qisman XI asrning ikkinchi yarmida Yaqin SHarqda yuz bergan o`zgarishlardan, qisman feodal G’arbiy Yevropaning o`zidagi umumiy iqtisodiy taraqqiyot va keskin ijtimoiy ziddiyatlardan qidirmok kerak.

XI asrda SHarqda Yevropa feodallarining hujum qilishi uchun juda qulay bir vaziyat maydonga kelgan edi. Bir vaqtlar qudratli deb hisoblangan Bag’dod xalifaligi 1055 yilga kelib batamom tarqaldi. Boshqa yirik davlat — Komninlar zamonidagi Vizantiya ham og’ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi.. Bolqon yarim oroliga bostirib kirgan pecheneglar Vizantiya imperiyasiga shimol tomondan hujum boshlagan edilar. Sitsiliya normannlari g’arbdan Vizantiyaga xabf solmoqda edilar. Ammo saljuq turklari Vizantiya uchun ayniqsa xavfli edilar, ular Kichik Osiyoning katta bir qismini bosib olgan va, ayni zamonda, Konstantinopolga qo`shni bo`lgan Nika shahrini o`zlariga poytaxt qilib olgan edilar. 1071 yiilda turklar Mantsinkert shaxari yonida vizantiyaliklarni qattiq mag’lubiyatga uchratdilar. Yangi imperator Aleksey Komnin (1081 yildan idora qila boshlagan edi) garchi turklarning bir necha hamlasiii to`xtatgan bo`lsa-da, lekin xar xolda, imperiyaning ahvolini mustahkam deya olmasdi. XI asrning 80 va 90- yillarida u turklarga qarshi yordam berishni so`rab papaga va Germaniya imeratoriga bir necha bor murojaat etdi. Ilgari yakkayu-yagona bo`lgan xris­tian cherkovi 1054 yildan ehtiboran ikkita rakib qismga SHarqiy (pravoslav) va g’arbiy (katolik) cherkovlarga qathiy ajralib ketgan bo`lsa ham, Aleksey Komnin siyosiy maqsadlarni ko`zda tutib, papa boshchiligida bu cherkovlarni xatto qaytadap birlashtirishga ham tahci’ edi. SHunday qilib, SHarqning ikki eng yirik davlati Arab xalifaligi bilan Vizantiya imperiyasi — salibchilarga biror-bir jiddiy to`sqinlik ko`rsatishdan ojiz edilar. Buning ustiga, ulardan biri (Vizantiya hatto Yevropa feodallarini SHarq mojarolariga aralashishga dahvat etdi. Turklarga kelsak, XI asrning 80 va 90- yillariga keliboq ularniig nomustahkam xarbiy -qabila ittifoqi tarqalib keta boshlagan edi. Feodallashib borayotgan ayrim turk bekliklari g’arb feodallarining xujumini to`xtata olmadilar.

Ammo salib yurishlarining, jumladan, birinchi Salib yurishiinng asosiy sababi, axir-pirovardi, G’arbiy Yevropaning o`zidagi ijtimoiy ziddiyatlarning o`tkirlashib ketganligi edi. XI asrda mayda ritsarlarning ko`pchiligiga e’ yetishmas edi. Savdo - sotiq va shaharlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlarning o`sib borishi munosabati bilan feodallarning mahalliy dehqonlarni ekspluatatsiya qilishdan oladigan daromadlarn ular uchun kifoya qilmaydigan bo`lib qoldi. Juda ko`p ritsarlar yerdan butkul mahrum qilingan edilar, chunki feodallarga qarashli yer-mulk va daromadlar (feod) odatda katta o`g’ilga berilar edi va kichik aka-ukalar esa otadan qolgan merosdan biror narsa olishga haqlari yo`q edi. SHarqdagi yerlarni bosib olish maqsadida u yerlarga yurishlar qilish bunday ritsarlarning mushkul ahvoldan chiqishlarining birdan-bir yo`li edi. Yirik feodallar (knyazlar va baronlar) o`z guruhlari ichidagi mojaro va ixtiloflarning oldini olish uchun ritsarlarpipg diqqat- ehtiborini boshqa narsalarga jalb etish muhimroq edi.

XI ac’ oxiri — XII ac’ boshida salib yurishidagi g’oyat muhim masala—dehqonlar masalasi edi. G’arbiy Yevropaning feodal zulmi natijasida asoratga tushirilgai, ezilgan dehqonlari dastlabki paytlarda SHarqqa bajonu dil yo`l oldilar. Krepostnoy qaramlikdagi xalos bo`lish, qarzlarni tugatish, SHarqdan e’ olish umidi (shuni aytish kerakki, dehqonlarning geografik tasavvuri tamomila xayoliy, amalga oshmaydigai bir tasavvur edi) o`n minglab kishilarning tug’ilib o`sgan shahar va qishloqlarini tashlab, uzoq yurtlarga ketishga majbur etdi va ularning ko`plari bu joylarda och-yalang’och qolib, xor-zorlikda o`lib ketdi. Dunyoviy va Ruhoniy feodallar dehqonlarning SHarqqa qiladigan yurishiii vujudga kelgan og’ir ahvoldan qutulishiiig o`ziga xos bir yo`li deb bilardilar. Bu narsa tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan feodal-krepostniklik tuzumi keng tarqalayotgan va feodal ekspluatatsiyasi kuchayub borayotgan bir sharoitda Yevropada dehqonlar urushining to`g’rida – to`g’ri boshlanib ketish xavfidan hukmron guruhlarni qutqargan bo`lardi. Ko`pdan-ko`p monaxlar va boshqa daydi voizxonlar dehqonlar orasida targ’ibot yurgizib, ularni SHarqqa yurishdek «ezgu ishda» qatnashishga dahvat etardilar. Biroq dehqonlar masalaning mohiyatiga darhol tushunib yetmagan bo`lsalar-da, lekii oqibat-natijada, ular gapning nimada ekanligini ochiq-oydin payqab oldilar. SHarqqa qilingai dastlabki ikki yurishda dehqonlar ko`pchilikni tashkil qilgan bo`lsalar, uchinchi yurishdan boshlab ular qatnashmay qo`ydilar. Bundan keyingi salib yurishlarining hammasida faqat feodallarniig o`zlari qatnashdilar. Yevropa qirolari, eng yirik feodallar (graflar va baronlar), shuningdek, qo`pdap-ko`p ritsarlar Yaqin SHa’qda, faqat Arab SHarqidgina emas, balka Vizantiyada ham yangi feodal davlatlar barpo etishi masalasini ochiqdan –ochiq ko`zlay boshladala’. Quddus va Falastin masalasi, keyinchalik ularning rejalarida ikkinchi darajali masala bo`lib qolgan edi.

Italiya shaharlari, ayniqsa ula’dan ikkitasi Genuya bilan Venetsiya – calib yurishlarida juda faol qatnashdilar. Bu shaharlarning floti salibchilarni SHarqqa tashib olib bordi, salib lashkarlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan tahminlab turdi. Bosib olingan hududlarni taqsimlashda bu xar ikki shahar qatnashib, birinchi galda SHarqning portlari va bozorlarini o`zlariga monopoliya qilib olishga harakat qildilar. Lekin, shunga qaramay, shaharlar salib yurishlarida harakatga keltiruvchi asosiy kuch emas edi.

SHa’qqa qilingan salib yurishlarini «muqaddas urushlar» deb ehlon etgan katolik cherkovi, tabiiy, bu yurishlardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga intildi.



Bu vaqtga kelib papalik zo`’ qudratga ega bo`ldi. Dunyoviy hokimiyat bilan olib borilgan to`qnashuvlarda papa imperatorning o`zini bir necha marta mag’lubiyatga uchratdi. Salib yurishlari papalikka ko`pgina real foydalar keltirishi: parchalanib ketgan feodal Yevropasiga siyosiy jihatdan rahbarlik qilishi, SHarqiy «sxizmatiklar»ni, yahni SHarqiy pravoslav cherkovining ajralib ketgan xristianlarini Rimga bo`ysundirish uchun, katolik ruxoniylari katolitsizm mazhabiga o`tkazishni orzu qilgan sharq musulmonlari orasidagi missionerlik faoliyati uchun juda katta ionalar to`plashi mumkin edi. Ana shu vajdan, papa Urban II 1095 yilinng kuzida Janubiy Frantsiyaning Klermon shahrida ko`p kishilik cherkov yig’inini to`plab, unda so`zga chiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun SHarqqa jo`nab ketishga dahvat etdi. Urbanning asosiy dahvati «Iso payg’ambar qabrini» xristianlarga qayta’ib olib berish va «muqaddas» Falastinni xalos qilishdan iborat edi. Papa salib qatnashchilarining gunohidan kechishni vahda qildi, shuningdek, u SHarqda salibchilarni kutayotgan boy o`lja haqida ham ochiqdan-ochiq aytdi. Yig’inda qisman frantsuz, qisman boshqa mamlakatlardan kelgan minglab ritsarlar hozir bo`ldilar. Feodallarning ko`pdan-ko`p yig’inlarini o`tkazish faktining o`zi shu narsani yaqqol ko`rsatadiki, papa bosh ko`tarib chiqmasdan ancha burun ritsarlar orasida keng tashviqot olib borilgai va ularning bir qismini Falastinga salib yurishi o`tkazish rejasidan manfaatdor qilishga ulgurilgan. Papaping bu chiqishi ancha ilgari tayyorgarlik ko`rila boshlagan ishni tashkiliy va mafkuraviy jihatdan rasmiylashtirishdan iborat bo`ldi, xolos.


Download 81,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish