Reja: Salib yurishlari (XI asr oxiridan to XIII asr oxirigacha) sabablari va ularning qatnashchilari, xarakteri


Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari



Download 81,34 Kb.
bet6/14
Sana21.01.2022
Hajmi81,34 Kb.
#396431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7-mavzu Salib yurishlari

Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. BiroqQuddus qirolligi diniy-ritsarlik ordenlari tarzidagi qo`shimcha kuchga ega bulishiga qaramay, uning ahvoli juda nochor edi. XII asrning 30-40- yillarida Quddus qirolligi eng kuchli qirollikka aylangan edi. Ammo 1144 yilga kelib uning yerlarining anchagina qismini (Kichik Armaniston va Edessani) turklar bosib oldi. Quddus qiroli turklarga qarshi Yevropadan yo’dam berish uchun yangi ritsarlarni chaqirishni so`rab papaga murojaat qildi. Bunga javoban, 1147-1149 yillarda ikkinchi salib yurishi uyushtirildi. Ikkinchi salib yurishida frantsuz qiroli Lyudovik VII va german imperatori Konrad III ham qatnashdilar. Lekin yurishga tortilgan harbiy kuchlar ancha ko`p bo`lishiga qaramay, bu yurish butunlay muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Salibchilar Quddusga xavf solayotgan Damashqni qo`lga olmoqchi bo`ldilaru, Lekin uddasidan chiqa olmadilar. Quddus qirolligining ahvoli yaxshilanmadi. XII asrning ikkinchi yarmida uning ahvoli yana battar yomonlashdi. Salibchilar Quddus shaharining o`zini qo`ldan boy berib qo`ydilar. Kurdlardan chiqqan sulton Salohiddin boshlik turklar 1187 yilda Quddusni bosib oldi. Salohiddin (1171-1193) markazi Misr bo`lgan katta davlat barpo etdi. U butun Misrni, Suriyaning bir qismini, Mesopotamiyaning bir qismini egalladi va Quuddus qirolligini batamom tugatishga harakat qildi.

Salohiddinga qarshi Yevropada yangi, uchinchi salib yurishi (1189-1192) tashkil qilindi. Uchinchi Salib yurishi keng o`ylanilgan tadbir edi. Bunda Yevropaning uchta davlati: Frantsuz, Ingliz va German davlatlari qatnashdi. German imperatori bu vaqtgacha Italiyada ko`pgina u’ushlar olib borgan, SHtaufenlar dinastiyasiga mansub bo`lgan mashhur Fridrix I Barbarossa edi. Ammo Barbarossa Suriyaiing tog’ tagidan oqib o`tadigan daryosidan kechib o`tish paytida 1190 yilda suvga g’arb bo`lganligi uchun Falastingacha yetib bora olmadi. Qiroldan judo bo`lgan nemes otryadlarining katta qismi Yevropaga qaytib ketdi. Boshqa ikki qirolg’ - frantsuz qiroli Filipp II Avgust bilan ingliz qiroli Richard I SHer yurak bir-bi’lariga azaldan dushman edilar. Ular Falastinga u qadar hamjihatlik bilan harakat qilmadilar. Ha’ ikki qirolning biri ikkiichisiga ishonmasdi.

Richard I SHarqdagi urushda eng aktivligi ko`rsatdi. U avvalo katta Kipr oroliii bosib ola bildi, shundan so`ng ingliz qo`shinlari frantsuz qo`shinlari bilan birgalikda O`rta dengiz sohilidagi muhim Akra kalhasini qamal qildilar (1191 y.). Akra ittifoqchilar tomonidan olindi. Lekin, shundan so`ng, Filipp II Avgust Falastinni tashlab o`z yurti — Frantsiyaga qaytib ketdi. Richard Falastinda yana bir yil turib qoldi. Yaffa yonidagi jangda (1192 yil avgust) Richard Salohiddinga jiddiy zarba berdi. Lekin Quddusni olishga muyassar bo`lolmadi. U Saloxiddin bilan shartnoma tuza oldi. Bu shartnomaga ko`ra yevropalik ziyoratchilar xristianlarning muqaddas shaharlari hisoblangan Quddus, Vifleem, Nazaret va boshqa joylarga bemalol boradigan bo`ldilar.

Uchinchi salib yurishining eng muhim natijasi, yuqorida eslatib o`tilganidek, Kipr orolining Farbiy yevropaliklar tomonidan istilo etilishi bo`ldi, Keyinchalik Quddus qiroli uz saroy ahllari bilan birga Ak’adan bu e’ga ko`chib keldi. Salibchilarning barcha yer-mulklari ichida Kipr qirolligi eng mustahkam qirollik bo`lib chiqdi. Bu qirollik XV asrning ikkinchi yarmigacha, yahni 250 yil yashadi.




Download 81,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish