So`nggi salib yurishlari.Hammasi bo`lib sakkiz marta salib yurishlari bo`ldi. Lekin dastlabki to`rtta salib yurishi eng muhim deb hisoblanadi. Keyingi to`rtta salib yurishida kishilar uncha ko`p qatnashmagan, shuningdek, umumevropa xarakteriga ega bo`lmagan yurishlar edi. Bu yurishlarda ayrim podsholar va alohida mamlakatlar ishtirok etgan edi. Beshinchi yurish (1217-1221) ning shunisi qizikki, uning tashkilotchilari to`rtinchi yurish qatnashchilarining dastlabki planini qandaydir amalga oshirmoqchi bo`ldilar. Beshinchi salib yurishn qatnashchilari dastlab Falastinda urush harakatlari olib bordilar, keyin ular bu urush harakatlarini Misrga ko`chirdilar. Salibchilar Misrda Damietta shahrini bosib oldilar, lekin keyin muvaffaqiyatsizlikka uchrash natijasida o`zlari qo`lga kiritgan Nil vodiysining bir qismini bo`shatib chiqishga majbur bo`ldilar. Falastinda u’ush harauatlari olib borilgan dastlabki bosqichda Vengriya qiroli Andrey II katta rol o`ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |