Diniy-ritsarlik ordenlari. Salibchilar SHarqda mudofaani tashkil qilmoq uchun o`ziga xos doimiy qo`shin tuzishga majbur bo`ldilar.
1099-1100 yillarda birinchi salib yurishi tamom bo`lgandan keyin ritsarlarning bir qismi Yevropaga qaytib ketdi. Falastinda hammasi bo`lib bir necha ming ritsarg’ qoldi, xaloc. SHundan keyin bu ritsarlarga yordam tariqasida diniy-ritsarlik ordenlari barpo etildi. Bular ayni bir vaqtda ham monaxlar, ham ritsarlar bo`lib xizmat qildilar. Ularning maxsus monaxlik ustavi va ayni zamonda, alohida diniy va harbiy boshliqlari — ordenlarning magistrlari bor edi. Ordenlar bevosita papaga bo`ysunardi. «Ritsarg’-birodarlar» ritsarlik yarog’-aslahalari ustidan aloxida monaxlik plashlari — mantiyalari kiyib yurardilar. Ammo qolganlari chinakam ritsa’lar bo`lib, ular odatda harbiy tahlim ko`rgan, ajoyib chavandoz hamda qilich va nayzani mohirona ishlata biladigan kishilar edi. Odatda bu odamlar ijtimoiy kelib chiqishi jihatidap ko`proq ritsarlar oilasiga mansub shaxslar edi. Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida ordenlarni yer-mulklari bo`lib, ular shu yer-mulklardan keladigan daromadlar hisobiga yashardilar. SHarqda uchta orden tashkil etildi. 1119 yilda birinchi bo`lib tamplierlar yoki ibodatxona ahllari (frantsuzcha tem’le — ibodatxona degan frantsuz ordeni tashkil bo`ldi, chunki orden binosi, rivoyatlarga ko`ra, qachonlardir podsho Salomonning qadimiy yahudiylar ibodatxonasi joylashgan territoriyada bo`lgan. Tamplierlar ordeni tashkil bo`lgandan keyin, tez orada shunga o`xshash, gospitalg’erlar yoki ionnitlar (o`z homiysi avliyo Ioann sharafiga) degan italg’yan ordeni bunyodga keldi. Dastlabki paytlarda gospitalg’erlar hakikatan o`z oldilariga ziyoratchilar davolanadigan gospitallarda — kasalxonalarda xizmat qilishni maqsad qilib qo`ygan edilar. Keyinrok 1190 yilda nemislarning uchinchi bir ordeni tahsis etilib, u Nemis yoki Tevton ordeni deb ataldi. Bu orden boshqa ordenlardan ancha keyinroq barpo etilib, u Falastinda uncha uzoq turmadi. XIII ac’ boshida Tevton ordeni Yevropaga ko`chib o`tib, ko`pi Visla daryosi qirg’og’ini o`ziga makon qilib tanlab oldi, polyak feodallari mahalliy: «majusiylar»ga — prusslarga qarshi kurashish uchun Tevton ordenini bu e’ga taklif etgan edilar. Tevton ordeni Prussiyani istilo etib va shuning oqibatida «Tevton» ordeni degan nom o`rniga «Pruss» ordeni degan nom olib, u Boltiq bo`yida anchagina baquvvat davlatga aylandi va keyiichalik Polg’sha qirolligining o`zining mustaqilligiga jiddiy xavf tug’dira boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |