Cho’l-bo’ktargisi, Stepnoy lun, Cirsus macrourus [S.G.Gmelin, 1771]. Qizil kitobga kiritilgan ushbu yirtqich qush uchib o’tuvchi tur hisoblanadi. Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Surxondaryo vohalarida tarqalgan.Yashash joylari esa tekisliklar. Soni 1970-1980-yillarda uchrashi odatiy edi, ayrim joylarda ko’p bo’lganligi adabiyotlarda keltirib o’tilgan. Cho’l va yarim cho’l zo’nalaridagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi ushbu qushlarni tarqalishidagi cheklovchi omil hisoblanadi. Ko’paytirish choralari amalga oshirilmagan. Hozirgi vaqtda hayvonot bog’larida saqlanadi. Ovlashni ta’qiqlanganligi va CITECning II- ilovasiga kiritilganligi muhofaza choralari etib belgilab qo’yilgan.
Cho’l burguti, Stepnoy oryol, Aquila rapax [Temminck, 1828].Bu qush uchib o’tuvchi kenja tur bo’lib,Tarqalish hududi Ustyurt yassi tekisligi hisoblanadi. Tekisliklar va past tog’li hududlarda yashaydi.1848-yilda bir necha donasi uyalagani qayd etilgan. Qo’riq yerlarni o’zlashtirilishi hamda aksariyati elektr uzatish tizmalarida nobud bo’lishi cheklovchi omil hisoblanadi.Cho’l burguti hozirda dunyoning ko’plab hayvonat bog’larida ko’paytiriladi. Muhofaza
choralariqilib ovlashni ta’qiqlanganligi va CITECning II-ilovasiga kiritilganligi belgilab qo’yilgan.
Katta olachipor burgut, Bolshoy podorlik, Aquila clanga [Pallas, 1811].Tabiatda kamyob uchraydigan uchib o’tuvchi tur. Tekisliklar va pas tog’li hududlarda yashaydi.Son jihatdan doimo kam bo’lgan. Yakka va mayda guruh (2-3) bo’lib uchib o’tadi. Qo’riq yerlarni o’zlashtirilishi va Ko’p turlarni elektr uzatish tizmalarida nobud bo’lishi cheklovchi omil bo’lib hisoblanadi. Ushbu yirtqich qush ham dunyoning ko’plab hayvonat bog’larida ko’paytiriladi. Muhofaza choralari esa ovlash taqiqlanganligi va CITECning II-ilovasiga kiritilganligidir.
Qironqora, Molignik, Aquila heliaca [Savikniy 1809].Qizil kitobga kiritilgan bu qush qisqarib borayotgan, uchib o’tuvchi nominal nkenja tur bo’lib,Ustyurt yassi tekisligiva Shimoliy Qizilqumda tarqalgan. Tekisliklarda yashaydi. Tarqalish soni doimo kam bo’lgan.Cheklovchi omillar Cho’l va yarim cho’l zonalaridagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, inlarining buzib tashlanishi, uyalash joylarida bezovta qilinishi hisobigadir. Aksariyatielektr uzatish tizmalarida nobud bo’ladi.Hozirgi paytda dunyoning ko’plab hayvonat bog’larida ko’paytiriladi.Ovlashni taqiqlanganligi va CITECning II-ilovasiga kiritilganligi cheklovchi omil bo’ladi.