Burgut, Berkut,Aquila chiriysaetos [Linnaeus, 1758]. Tabiatdan kamyob bo’lib, o’troq yashovchi lokal tur hisoblanadi. Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orolbo’yi hamda Qizilqumda tarqalgan.Cho’lnining qumloq massivlari va qoldiq tog’larda yashaydi. Son jihatdan doimo kam bo’lgan. 1970-1980-yillarda 80-100 ta uyalovchi jufti hisobga olinar edi. Cho’l va yarim cho’l zonalaridagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, inlarining buzib tashlanishi, brakonerlik kabilar bu yirtqich qushni tarqalishidagi cheklovchi omil bo’ladi. Ko’paytirish choralari sifatida dunyoning ko’plab hayvonat bog’larida ko’paytiriladi. Muhofaza choralari etib ovlashni taqiqlanganligi, hamda CITECning II-ilovasiga kiritilganligi belglab qo’yilgan.
Kuyka (cho’l miqqiysi.),Stepnaya pustelga,Falco naumanni [Fleischer, 1818].Yashash jihatidan uchib o’tuvchi tur bo’lib, G’arbiy Tyanshan, G’arbiy Pomir-Oloy, Qizilqumning qoldiq to’g’larida tarqalgan.Yashash joylari esa Tekisliklar va tog’ oldi hududlari. Son jihatdan taxminan, 500 tacha uyolovchi jufti bo’lgan.Hududlarning xo’jalik maqsadida o’zlashtirilishi tufayli yashash joylarining vayron qilinishicheklovchi omil bo;lib hisoblanadi. Ko’paytirish choralari ko’rilmagan. Muhofaza choralari sifatida ovlash ta’qiqlangan va CITECning II-ilovasiga kiritilgan.
Itolg’i, Baloban, Falco cherrug [J.E.Gray, 1834].Bu yirtqich qush uyalovchi uchub o’tuvchi kenja tur bo’lib,Tekisliklar va past tog’li hududlarda tarqalgan.Soz tuproqli jarliklar, past va qoldiq tog’lar qoyatoshlarida yashaydi.Soni esa 1990-yillardan lokal joylarida kamayib bormoqda.Kemuruvchilar soning o’zgarib turishi, noqonuniy ovlash, inlarining buzib tashlanishi cheklovchi omil bo’lib, ko’pi elektr uzatish tizmalarida nobud bo’ladi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston, Yevropa va Amerika parvarishxonalarida ko’paytiriladi. Ovlashni ta’qiqlash va CITECning II-ilovasiga kiritilganligi muhofaza choralari hisoblanadi.
Qirg’iy burgut,Yastrebiny,Hieraaetus fasciatus [Vieillot, 1827].Bu yirtqich qush ham uchib o’tuvchi kenja tur.Qizilqum, Hisor, Nurota, Oloy tizmalarida tarqalgan bo’lib, Qoldiq tog’va tog’ etaklaridagi qoyaliklarda yashaydi. Son jihatidan doimo kam bo’lgan. 1860-yillargach 20 ga yaqin ko’chmanchi zoti qayd etilgan. Qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, inson tomonidan ta’qib qilinishi cheklovchi omil bo’lgan. Qirg’iy burgutni ko’paytirish choralari ko’rilmagan. Ovlashni ta’qiqlanganligi vaCITECning II-ilovasiga kiritilganli muhofaza choralari hisoblanadi.