Atrof muhit ob’ektlarini sanitariya-bakteriologiya
jihatdan baholash. Atorf - muhitdagi turli ob’ektlar: suv, tuproq, havo va oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiena holatini baholash uchun sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar o’tkaziladi. Tekshiruv o’tkazishdan maqsad ko’rsatilgan ob’ektlarning epidemiologiya jihatidan havfsiz ekanligini aniqlash. Ulardan patogen mikroorganizmlarni ajratib olish, epidemiologik nuqtai nazardan havfli ekanligini ko’rsatadi. Bu mikroorganizmlar ob’ektlarda kam miqdorda bo’lib, ular havo, suv va tuproqda ko’paymaydi, ularni to’g’ridan-to’g’ri ajratib olish ham juda qiyin. Shu boisdan, sanitariya-mikrobiologiya amaliyotida tashqiy muhitning patogen mikroblar bilan ifloslanish ehtimolini bilvosita ko’rsatkichlar- sanitariya-ko’rsatkich mikroorganizimlarini topilishi asosida aniqlanadi.Ob’ektning mikroblar bilan zararlanganligini umumiy mikroblar soni, (UMS) bo’yicha aniqlash mumkin. Ya’ni, tekshirilayotgan ob’ektlarning ma’lum hajmi yoki massasidagi (1 ml suvda, 1 g tuproqda, 1 m3 havoda) mikroorganizmning umumiy soni aniqlanadi.Tuproq va suvdagi mezofil aerob va fakultativ bakteriyalarning umumiy miqdori bo’lib, agarli muhitda 37º S va 24 soatda 2 marotiba katalashtirilganda ko’zga ko’rinovchi koloniyalar hosil qilishi Sanitariya ko’rsatkichli bakteriyalarning borligi ikkita ko’rsatkich — (t i t r va i n d ye k s) orqali baholanadi. Bitta sanitar ko’rsatkich bakteriyasi topilgan suv va tuproqning eng kam miqdoriga titr va 1 l suyuqlikda;. 1 g tuproqda yoki zich moddada, 1 m3 havoda topilgan sanitariya-ko’rsatkichli bakteriyalar soniga — indeks deyiladi.Sanitariya-ko’rsatkichli bakteriyalarga odam va hayvon organizmidagi doimiy mikrofloraning vakillari kiradn. Ular ichak yoki nafas yo’llarida yashaydi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:
1) mikroorganizimlar doimiy ravishda odam va xayvonlar organizimida yashashi va tashqiy muhitga , ko’p miqdorda najas yoki nafas yo’llaridan shilimshiq tomchilar bilan ajralishi;
2) mikroblar tashqi muhitda ko’payya olmasligi (oziq ovqatlardan tashqari) yoki uning ko’payishi juda qisqa bo’lishi;
3) atrof-muhitda, ichak yoki nafas yo’lida parazitlik qiluvchi patogen bakteriyalar qancha vaqt yashasa, ular ham shuncha vaqt mobaynida yoki ulardan ko’proq yashash qobiliyatiga ega bo’lishi;
4) tashqi muhitga ularning chidamligi o’zlari singari yashash muhitlariga ega bo’lgan patogen bakteriyalarga o’xshash bo’lishi yoki ulardan ustun turishi va o’z xususiyatini o’zgartirmasligi;
5) tashqi muhitda ularga yashash xususiyatlari yaqin bo’lgan, o’xshash bakteriyalarning bo’lmasligi;
6) ularni aniqlash, ajratib olish va identifikasiya usullari oson va ekonamik jihatdan qulay bo’lishi;Keltirilgan xususiyatlar bir qator bakteriyalarga xos bo’lib, atrof-muhitdagi turli ob’ektlar uchun sanitariya-ko’rsatkichi deb qabul qilingan.
Xulosa
Biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi, mikroorganizmlarning suv havzalari va atmosfera havosida tarqalishi mavzusida asosiy e’tibor mikroorganizmlarning suv havzalarida tarqalishi, fotosintez jarayonini olib boruvchi oltingugurt bakteriyakari, tion bakteriyalar, mikroorganizmlarning atmosfera havosida tarqalishi, havosi doimiy nazorat ostida bo’luvchi muassasalar haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlar to’plangan, xamda asosiy e’tibor suvda va havoda yashovchi mikroorganizmlarning biologiyasi, morfologiyasi, xo’jalik ahamiyati shu bilan birga ular keltirib chiqaradigan kasalliklar va qarshi kurash choralari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Mikroorganizmlarning atmosfera havosida tarqalishi nimalarga bog`liq ?
2. Havosi doimiy nazorat ostida bo’luvchi muassasalarni aniqlang va ularga quyiladigan talablarni sanang ?
3. Atmosfera havosida mikroorgabizmlar uchun qulay bo`lgan omillar qaysilar va noqulay omillarni aniqlab, VENN diagrammasini tuzing ?
4.Havoda uchrovchi patogen mikroorganizmlar aniqlang va 10 ta kasallik qo`zg`atuvchi mikroorganizmlar uchun qarshi kurash choralarini izlang ?
Do'stlaringiz bilan baham: |