Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya
fakultetii 13-3 Bio-20 guruhi talabalari Niyozov Sohib va Mirzayeva Layloning chuchuk suv havzalarida hayvonlarning tarqalishi mavzusidan prizentasiyasi
Chuchuk suv havzalarida hayvonlarining tarqalishi
REJA:
1.Chuchuk suv havzalarining turlari.
2.Ko'llarning gidrobiologik klassifikatsiyasi.
3.Ko'llarning harorat rejimidagi tafovutlarga
ko‘ra turlari va faunasi.
Chuchuk suv Chuchuk suv Chuchuk suv havzalar o‘zaro tutashmaganligi va alohidalashganligi sababli ularning hayvonot dunyosi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kuzatilmaydi. - Chuchuk suv havzalar o‘zaro tutashmaganligi va alohidalashganligi sababli ularning hayvonot dunyosi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kuzatilmaydi.
- Chuchuk suv havzalarida ninatanlilar, boshoyoqli mollyuskalar, qobiqlilar kabi turlar mutlaqo uchramaydi.
nemertinalar, ko‘p qilli chuvalchanglar, g‘ovaktanlilar va bo‘shliqichlilarning juda kam turlarigina tarqalgan. - nemertinalar, ko‘p qilli chuvalchanglar, g‘ovaktanlilar va bo‘shliqichlilarning juda kam turlarigina tarqalgan.
- Amfibiyalar sinfining vakillari esa faqat chuchuk suv havzalari uchun xos hayvonlardir.
- Chuchuk suv havzalari faunasining o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy ekologik omillarga suvning kimyoviy tarkibi, harorat, suv oqimining mavjudligi yoki mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
- Mazkur omillar hayvonot dunyosining tarqalishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardir.
- Bunday havzalarda suv oqimi turlicha bo‘lib, daryo va irmoqlarda tez oqsa, ko‘llarda deyarli oqim kuzatilmaydi.
Hayvonlar suv oqimi tezligiga juda sezuvchan bo‘lishadi va shunga ko‘ra ular: - Hayvonlar suv oqimi tezligiga juda sezuvchan bo‘lishadi va shunga ko‘ra ular:
- reofil (oquvchan suvlarda yashovchi)
- limnofil (oqmaydigan suvlarda yashovchi) turlarga ajratiladi. Chuchuk suv hayvonlarini evribiontlarga kiritish mumkin
Ko‘llar mahsuldorlik darajasiga ko‘ra gidrobiologik klassifikatsiya qilinadi. Ko‘llar mahsuldorlik darajasiga ko‘ra gidrobiologik klassifikatsiya qilinadi. Gidrobiologik klassifikatsiyalashga asosan evtrof, oligotrof va distrof ko‘l tiplari farq qilinadi. Evtrof ko‘llarning suvi azot va fosfor o‘g‘itlariga boy bo‘lib, plankton va bentos organizmlaming tur soni ko‘p, populatsiya zichligi esa yuqori bo‘ladi.
Plankton organizmlar
Oligotrof ko‘llar odatda, chuqur ko‘llar boiib, suvining rangi ko‘k yoki yashil bo‘ladi. Bu tipdagi ko‘llarda azot va fosfor minerallari kam, hayvonlaming zichligi past bo‘ladi. - Oligotrof ko‘llar odatda, chuqur ko‘llar boiib, suvining rangi ko‘k yoki yashil bo‘ladi. Bu tipdagi ko‘llarda azot va fosfor minerallari kam, hayvonlaming zichligi past bo‘ladi.
- Distrof ko'llar chuqur bo‘lmagan ко‘liar bo‘lib, ularning qirg‘oqlari torf hosil qiluvchi o‘simliklar bilan qoplangan bo‘ladi.Mazkur ko‘llardagi suv tarkibida gumin moddasi ko‘p, suv rangi qo‘ng‘ir, kislorod kam, suv reaksiyasi kislotali,mahsuldorlik darajasi past va hayvonot dunyosi tarkibidagi turlar soni ham kam bo‘ladi.
- Bunday ko‘llarga Yevropaning shimolidagi o‘rmonlarda joylashgan ayrim ko‘llami misol qilish mumkin.
Harorat rejimidagi tafovutlarga ko‘ra ko‘llar uch tipga bo‘linadi: Harorat rejimidagi tafovutlarga ko‘ra ko‘llar uch tipga bo‘linadi: tropik, mo‘tadil va qutb oldi oblastlarining ko‘llari. Tropik ko‘llarda suv harorati kuchsiz tebranishga ega bo‘lib, havzaning yuza va chuqur qatlamlarida harorat juda kam farq qiladi. Mazkur ko‘llaming faunasi tarkibida turlar ko‘p hamda ularda yashovchi ko‘pchilik hayvon turlari stenoterm va issiqsevar bo‘ladi. Qutb oldi ko‘llarida suv harorati kuchsiz tebranishga ega bo‘lib, harorati doimo sovuq, yuqori qatlamda harorat 10° С dan yuqoriga ko‘tarilmaydi, qishda esa muz qatlami hosil boTadi. Faunasi tarkibida turlar soni juda kam, losossimon baliqlar esa nisbatan ko‘p uchraydi.
Triplophysa daryoae
Mo‘tadil oblast ko‘llari o‘tkinchi xususiyat kasb etadi. Mazkur ko‘llarda harorat tebranishlari yil davomida juda o‘zgaruvchan bo‘lib, yozda suvning yuza qatlami uning chuqur qatlamiga qaraganda iliq bo‘lsa, qishda aksincha holat kuzatiladi. Bu xususiyat plankton organizmlar va boshqa hayvon turlarining hayot siklini o‘zgarishiga va mavsumiy almashinuviga sabab bo‘ladi. Odatda, ko‘llarda plankton organizmlarning tur tarkibi dengizlarga qaraganda ancha kam bo‘lib, bu yerda plankton organizmlardan bir hujayralilar, kolovratkalar, turli qisqichbaqasimonlar va turli-tuman umurtqasizlaming lichinkalari uchraydi. Qirg‘oq mintaqalarining faunasi tarkibi baliqlar, amfibiyalar, toshbaqalar, ilonlar va hasharotlardan tashkil topadi. Qirg‘oq mintaqalarining faunasi tarkibi baliqlar, amfibiyalar, toshbaqalar, ilonlar va hasharotlardan tashkil topadi. Daryolar ko‘llardan farq qilib, ko‘p hollarda dengizlar bilan aloqada bo‘ladi va bunday vaziyat baliqlarning daryodan dengizga va aksincha yo‘nalishda migratsiya qilishiga olib kelgan. Daryolaming quyi oqimlaridagi qulay sharoitlar ba’zi dengiz hayvonlarini o‘ziga jalb etadi. Shimolda daryolarga tyulenlar, janubda esa akula va skatlar kirib kelishadi. Qora va Kaspiy dengizi uchun mahalliy tur sanalgan gidra polipi (Cordylophora lacustris) va ikki qopqoqli mollyuska (Dreissena polimorpha)ning ayni vaqtda mazkur dengizlardan daryolar bo‘ylab tarqalishi davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |