Yil fasllari
|
1 m3 havodagi bakteriyalar soni
|
1 m3 havodagi mog`or zamburug`lar soni
|
Qishda
Bahorda
Yozda
Kuzda
|
4305
8080
9845
5665
|
1345
2275
2500
2185
|
Yer yuziga yaqin havo tarkibida mikroblar soni juda ko`p bo`lib, yuqoriga ko`tarilgan sari kamaya boradi (Ye. N. Mishustin).
Moskva shahar havosi tarkibidagi mikroblar soni.
(4-jadval)
1 m3 dagi mikroblar soni
|
Tekshirish uchun olingan havoning yer yuzidagi balandligi
|
5000
3000
1700
600
|
5–10 m
500 m
1000 m
2000 m
|
Yangi ma`lumotlarga asoslanib, yerdan 20 km balandlikda ham spora hosil qiluvchi va mog`or zamburug`lari bo`lishi aniqlangan.
Okeanlarda, dengizlarda va baland tog`lar havosida mikroblar soni kam bo`lsa, aholi zich joylashgan markazlarda ularning soni ko`p bo`ladi.
(5-jadval)
Turli joylardan olingan havo tarkibidagi mikroblar soni
(Voytkeevich ma`lumoti)
Turli joylar
|
1 m3 havodagi mikroblar soni
|
Molxonalarda
Aholi yashaydigan xonalarda
Shahar ko`chalarida
Shahar bog`larida
Dengiz ustidagi havoda
|
1–2000000
20000
5000
200
1–2
|
Olimlarning dalillariga ko`ra, shamollatilmagan xonadagi 1 m3 havo tarkibida mikroblar soni 200–300 ming donaga borib qolar ekan. Jumladan, dars boshlashdan oldin 1 m3 sinf havosi tarkibida 300 mikrob borligi aniqlangan. Darsdan keyin esa mikroblar soni 4 ming gacha ko`paygan. Bu hodisa tanaffus vaqtida derazalarni ochib, xonani shamollatish zarurligini ko`rsatadi.
Mikroblar kichik bo`lganligi tufayli biz ularni ko`ra olmaymiz. Ammo ularni ko`z bilan ko`rish qobiliyatiga ega bo`lganimizda edi, ularning kuchli jalaga o`xshab to`rganligini kuzatgan bo`lar edik.
Havoning quruq bo`lishi, quyosh nuri, oziq moddalarning yo`qligi ularning ko`payishiga va rivojlanishiga yo`l qo`ymaydi. Natijada havo tarkibidagi zararli mikroorganizmlar ham kamdan–kam uchraydi. Havodagi mikroblarning oz–ko`pligi har xil usullar bilan aniqlanadi. Kox usuli: Petri kosachasiga 15–20 ml go`sht–pepton agari quyiladi. U qotgandan keyin, uyning burchaklariga va o`rtasiga qopqog`i ochib qo`yiladi. Chang bilan birga kosachaga havodagi mikroblar o`tiradi. Shundan so`ng kosachaning qopqog`i berkitilib, uni termostatga qo`yiladi (+37 daraja). Qancha mikroblar tushgan bo`lsa, shuncha koloniyalar o`sadi yoki hosil qiladi. Shundan keyin havoda mikrob bor–yo`qligini, ularning soni va necha xili mavjud ekanligini taxminan bilish mumkin. Petri kosachasida o`sgan yoki hosil bo`lgan mikroblarning soni bir detsimetr maydonga ko`paytirilib, 1 m3 havodagi mikroblar aniqlanadi. 5 minut ichida 1 detsimetr maydonchaga 10 l havoda bo`lgan mikroblar tushadi.
Masalan, Petri kosachasida o`sgan koloniyalar 25 ta, kosachaning diametri 10 sm. Maydoni r2 (3,14 radius–kvadratiga ko`paytiramiz) 3,14х25=78,5 sm kv. (radius 5 sm). 25 koloniyalar–78,5 sm kv. X koloniyalar–100 sm kv. Proportsiya bilan chiqarsak 32 koloniya 1 m2 da bo`ladi. 32 koloniya 10 l havoda – 1 m kv havoda 100 l. Demak 32 koloniya – 10 l yoki 1000 m kv.–3200. Mikroblarning patogen yoki patogen emasligi laboratoriya hayvonlariga yuqtirib aniqlanadi. Turar joy binosining 1 m2 havosida 500–1000 dona bakteriya bo`lishi uning juda ham ifloslanganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |