MA'RUZA MATNI
Reja:
1. Maktab bolalar xorining muayyan turlari
2. Qo’shiq o’rgatish uslublari
3. O’qituvchining qo’shiqni ijro etishi
4. Qo’shiqning matni ustida ishlash
5. Qo’shiqning kuyi ustida ishlash
6. Qo’shiqni badiiy ijro etish ustida ishlash
Tayanch iboralar: Xor, xor jamoasi, xor ovozlari, bolalar ovozi, bolalar, xori, bolalar xori turlari, qo’shiq o’rgatish uslublari,o’qituvchining qo’shiqni ijro etishi, qo’shiqning matni ustida ishlash, qo’shiqning kuyi ustida ishlash, qo’shiqni badiiy ijro etish ustida ishlash.
Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodni sinfdan va maktabdan tashqari to’garaklar asosida tarbiyalash orqali qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o’z - o’zidan, bo’sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’ladi. Ota – bobolarimiz ruhiy olamining tomir – ildizlari aynan shu ma’naviy zaminda, tarixda ham, bugun ham barchaning havasini tortib kelayotgan olijanob fazilatlar asosida shakllangan.
Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, xor mashg’ulotlari orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun bugun Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarni shuning uchun ham to’garak mashg’ulotlari orqali yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish va komil insonni tarbiyalash ushbu tadqiqot ishining dolzarb muammosi hisoblanadi.
Umumiy ta’lim maktablarida bolalarga beriladigan musiqa tarbiyasi faqat ashula darslari bilangina cheklanib qolmasligi kerak. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ishini yaxshi yo’lga qo’yish, ayniqsa xor jamoalarini to’g’ri tashkil etish juda muhimdir. Chunki sinfdai tashqari musiqa mashg’ulotlari o’quvchilarning badiiy didini o’stiradi, ularning estetik tarbiyasini takomillashtirib, chuqurlashtira boradi, ularni klassik musiqa va xalq ijodining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi.
O’zbekistondagi bir qancha umumiy ta’lim maktablari ma’lum darajada sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ishlarini olib borib, bolalar badiiy havaskorlik ko’riklarida xor jamoalarini ko’rsatib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |