Reja: Maktab bolalar xorining muayyan turlari Qo’shiq o’rgatish uslublari



Download 48,88 Kb.
bet5/11
Sana20.07.2021
Hajmi48,88 Kb.
#124052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nigora xor ma`ruza

QO’SHIQNING MATNI USTIDA ISHLASH

Qo’shiqda kishi ongiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi vosita bo’lgan musiqa bilan so’z chambarchas bog’lanadi. Qo’shiqni o’rgatish jarayonida ana shu ikki uzviylikni muhim o’rnini egallashi alohida ahamiyatga ega.

Bolalarni qo’shiq matnini tez va osongina esida qoldirishga o’rgatish lozim. Quyi sinflarda qo’shiq matni bevosita dars mobaynida o’rgatiladi. Buning sababi, o’quvchilar hali tez va bexato yoza olmaydilar, matnni yozish esa ancha vaqtni oladi.

Darsda o’qituvchi odatda adabiy asarning murakkabligiga qarab to’rtlikni yoki uning bir qismini uch – to’rt martta o’qib eshittiradi; so’ngra o’qib eshtirilgan matnni o’zi bilan birgalashib takrorlashni bolalarga taklif qiladi. O’qituvchi matndagi so’zlarni to’g’ri, ta’sirli, aniq, talaffuz etishi kerak. O’quvchilarning ham huddi shunday talaffuz etishlarini talab qilish zarur. Ular shivirlab, ammo ohangdor qilib o’qib berishlari foydali bo’ladi; bunday o’qish artikulyatsiya apparatini aktivlashtiradi.

Qo’shiqning matnini butun sinf ikki – uch martta takrorlagandan keyin, ayrim o’quvchilardan uni ifodali o’qib berish so’raladi. Ayni mahalda boshqa o’quvchilar o’rtoqlarining xatolarini kuzatishlari uchun she’rni diqqat bilan tinglab, uni dilda takrorlashlari kerak. Matnni “zanjirband” qaytarish ma’qul: bir bola birinchi satrni, boshqa bola ikkinchisini, uchinchi bola uchinchi satrni o’qiydi va hokaza. Bundan o’qish bolalarning diqqatini aktivlashtiradi.

Qo’shiqning matnini butun sinf ikki-uch marta takrorlagandan keyin, ayrim o’quvchilardan uni deklamatsiya qilib berish so’raladi. Ayni mahalda boshqa o’quvchilar o’rtoqlarining xatolarini tuzatishlari uchun she’rni diqqat bilan tinglab, uni dilda takrorlashlari kerak. Matnni «zanjirband» qaytarish ma’qul: bir bola birinchi satrni, boshqa bola ikkinchisini, uchinchi bola uchinchi satrni o’qiydi va hokazo. Bunday o’qish bolalarning diqqatini aktivlashtiradi.

V sinfdan boshlab o’quvchilar alohida daftar tutib, o’rganilayotgan qo’shiqlarning matnini yozib borishlari kerak. Sinflarda o’qituvchi qo’shiqning matnini aytib yozdiradi. Quyi sinflarda qo’shiq matnini maxsus jadval-ko’rgazmalarga qarab yoki doskadagi yozuvlarga qarab o’rganish lozim. Yuqori sinflarda o’qituvchi sinfga yangi matnning ikki-uch nusxasini olib kelib, bolalardan uni ko’chirib ko’paytirishni iltimos qiladi. Bundan tashqari, yuqori sinflarda qo’shiq matnini bevosita darsda o’rganib, yodlab olish usuli qo’llanilmoqda.

Qo’shiq matnini o’rganib olish usulikasi bolalarning yoshigagina emas, balki she’rning oson-qiyinlik darajasiga ham bog’liq bo’ladi. Agar she’r sodda bo’lsa, uni qo’shiqning kuyi bi­lan birga o’zlashtirib olish; mumkin. O’zbek xalq qo’shig’i «O’ynaylik omon», Il. Akbarovning «Po’lat qanotlar» qo’shig’i, K. Abdullaevning «Bolari» qo’shig’i bunga misol bo’la oladi.

Il. Akbarovning «Maktabim» yoki S. Safaevning «Toychalarim» qo’shig’i singari asarlarda dastlab birinchi band she’rni tahlil qilib, bilib olish, shundan keyingina kuyni o’rgatishga o’tish kerak.

Qisqa va oddiy matnlarni bir darsning o’zidayoq batamom o’rganib olish mumkin. Lekin shunday she’rlar ham borki, ularda bir bandning o’zi ikki-uch qismdan iborat bo’ladi. Bunday she’rlar bir necha dars davomida o’zlashtiriladi. Bordi-yu bu ishni bir yo’la bajarishga urinib bevosita ashula uchun ajratilgan vaqt faqat she’rni o’rganishga sarflanadigan bo’lsa, usulik jihatdan noto’g’ri ish qilingan bo’ladi.

Birinchi band so’zlariii sinchiklab o’rganib olish shart emas, chunki kuyni o’rgatishda bu so’zlar kup marta takrorlanib, yodda qoladigan bo’ladi. Ammo keyingi bandlarni bu xilda o’rgatish maqsadga muvofiq emas, chunki bolalar endi kuyni ancha yaxshi bilishadi va ularning kuyni ko’p marta takrorlash paytida matnni qayta-qayta puxtalayverishlariga zarurat qolmaydi. Shu sababli yangi bandlarning matnini ancha sinchiklab o’rganib olish kerak.


Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish