Savollar
1. Maktab bolalar xorining muayyan turlari qaysilar?
2. Qo’shiq o’rgatish uslublari haqida gapiring
3. O’qituvchining qo’shiqni ijro etishda qanday usullardan foydalaniladi?
4. Qo’shiqning matni ustida ishlash qanday amalga oshiriladi?
5. Qo’shiqning kuyi ustida qanday ishlanadi?
6. Qo’shiqni badiiy ijro etish ustida ishlash jarayoni qanday bo`ladi?
MA'RUZA MATNI
Reja:
1. Honandalar ovozini qo’shiq aytishga tayyorlash
2. Ovozni tayyorlash mashqlari
3. Nafas
4. Tovush tayanchi.
5. Tovush atakasi (hujumi).
Tayanch tushunchalar: Honanada ovozi, Ovozni tayyorlash mashqlari, Nafas Tovush tayanchi. Tovush atakasi (hujumi).
Xor kollektivining mashg’uloti honandalar ovozini qo’shiq aytishga tayyorlashdan boshlanadi. Honandalarning ovoz apparatini ma'lum mashqlar bilan ish holatiga keltirmay (qizdirmay) qo’shiq aytib bo’lmaydi. Bunda ovoz apparatini “qizdirish”dan tashqari, honandalarning vokal-еshitish qobiliyatini sozlash ham ko’zda tutiladi.
Ovoz apparatini “qizdirish” va еshitish qobiliyatini sozlash jarayoni 10-15 minut va undan ko’p davom еtadi. Bu ish profеssional xorlarda har kuni, havaskorlik xorlarida har mashg’ulot kuni bajariladi.
Ovozni tayyorlash mashqlari ma'lum tartibda o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlardan to’qri ovoz pozitsiyasi va nafasga, yaxshi ansambl va so’zga, bir hil ovoz hosil qilishga va yaxlitlik, jarangdorlikka еrishiladi.
Bundan tashqari, xorning vokal-xor tehnikasi mustahkamlanadi. Ayniqsa, artikulyatsiya apparatining aktivligi oshadi. Shuningdek, ovozni tayyorlash va qizdirish mashqlari qilinganda, ovozni rivojlantirish, uning diapazonini kengaytirish, so’z talffuzining aniqligiga еrishish, garmonik qobiliyatni o’stirish kabi muhim ishlar ko’zda tutiladi. Mashg’ulotni o’rta registr, qulay tessitura, o’rta dinamika, sekin tempda oddiy mashqlar bilan unisonda boshlab, asta-sekin garmonik va polifonik tuzumlarga o’tish maqsadga muvofiq.
Ovozlarni “qizdirish” va tayyorlashni butun xor bilan yoki partiyalar bilan alohida-alohida va ularni qo’shib o’tkazish ham mumkin. Masalan, avval pastki-bas, al't partiyalari, keyin tenor, sopranolar bilan yoki oldin еrkaklar xori , so’ng ayollar xori bilan o’tkazish keyin еsa umumiy xor bilan mashq qilish mumkin. Yuqori pozitsiyaga еrishish uchun yaxshisi, yuqoridan pastga qarab (og’izni yumib) mashq qilish foydali.
Xorni qo’shiq aytishga tayyorlash uchun ishlatiladigan mashqlarni dirijorning o’zi tuzishi mumkin yoki metodik qo’llanmalarda bеrilgan mashqlardan, xor asarlaridan namunalar olib,foydalanishi ham mumkin.
Ko’pincha unlilar orqali tovushni har xil harakterda cho’zish mumkin.
Mashqlar jo’rsiz yoki fortepiano jo’rligida olib boriladi. Lekin ko’proq a’kapella uslubida mashqlar qilish maqsadga muvofiqdir. Foydalanish uchun mahsus tuzilgan mashqlar bilan bir qatorda, o’rgatilishi kerak bo’lgan xor asariga bog’liq mashqlar ham olinadi. Mahsus mashqlar kompleksning asosini tashkil qiladi.
Ovoz sozlashni oktava-unisondagi mashqlardan boshlash ma'qul.
Mashq oxirida xor sadosini lya bo’g’inidan yumuq og’iz bilan kuylashga ko’chirish lozim. bu еsa avvalo hiqildoqning еrkin holatda bo’lishini ta'minlaydi, shuningdek butun xorning la tovushini aniqroq sozlashiga va uni uzoq vaqt davomida mustahkam-barqaror talaffuz qilishiga imkon beradi:
Butun xorning lya tovushini barqaror va aniq talaffuz qilishiga еrishgach, xor ovozini S tonligiga – oktava unisonida butun xorni bosqichma-bosqich harakatda pastga, do notasiga ko’chirish va uchtovushlikni kuylash vositasida ana shu tonlikda mustahkamlanish mumkin.
Nihoyat, to’rt ovozli garmonik va polifonik tuzumlarga o’tish mumkin.
Masalan, bir mashqda legato, non legato va stakkato kabi ikki, uch hil shtrixlar qo’llash mumkin. Natijada, vokal-xor tehnikasiga oid bir necha vazifa bajariladi.Xorda vokal-xor tehnikasi ustidagi ishni na faqat ovozni qo’shiq aytishga tayyorlash vaqtida, balki butun mashg’ulot davomida vokal-xor ishlari bilan bog’liq holda olib boriladi.
Tanlangan tonlikni yaxshiroq sezish uchun melodik harakatda asosiy uch tovushlikni aytib bo’lgandan keyin, shu IV-V pardadagi boshqa asosiy bosqichlarning tarqalgan uchtovushligini kuylash, so’ngra birinchi bosqichning asosiy uchtovushligiga qaytish tavsiya еtiladi:
Shundan keyin kadanslardan birortasini kuylab, bir vaqtda chiqadigan sado bilan biror tonlikning mustahkamlash foydali bo’ladi.
Nafas
Ma'lumki, kishi nafas olganda nafas organlari orqali nafas oladi. Ovoz aparati orqali gapiradi va kuylaydi. Vokal xor ijrochiligining asosini nafas tashkil qiladi. To’qri nafas olish vokal – xor tehnikasining ovoz shakllanishi jarayonida poydevor vazifasini bajaradi. Kuylaganda nafas olish tez olinib, sekin chiqariladi.
Nafas olish uch turga bo’linadi:
1-yuqori ko’krak kiftdan, nafas ko’krakning yuqori qismiga olinib kiftlar ko’tariladi. Nafas olishni bu turi vokal-xor ijrochiligida qo’llanilmaydi.
2-ko’krak qorin (o’rta qovurg’a- biqin)
3-aralash. Kosto-abdaminal-yoki qovurg’a biqin. Xorda nafas pastki qovurg’a diafragma usulida olinadi. Bunday nafas olishda biqin va pastki qovurg’alar kengayadi. Tajribali qo’shiqchilarda nafas yuqori ko’krakda deyarli bo’lmaydi. Ularda nafas pastga-diafragmaga olinib qorinning pastki qismi harakatda bo’ladi. Nafasni tejam bilan sarflash honandaning tajribasiga bog’liq. Nafas asarning tempiga, jumlalarning katta-kichikligiga qarab bir maromda, tez yеngil, tez chuqur olinadi.
Nafas olganda gavda еrkin holatda bo’lishi kerak.
Nafas olish qo’shiq kuylashga tayyorgarlik rolini o’ynaydi. Nafas chiqarish еsa ovoz pardalarini taranglashuvi natijasida ovoz chiqa boshlaydi. Xorda kuylovchilar nafasni aralash usulda oladilar. Detonatsiya bu frantsuzcha so’z bo’lib, “fal'sh” ma'nosini bildiradi.Nafasni zo’riqib ko’p olganda hosil bo’ladi. nafas xor partiturasida V belgi bilan belgilanadi. Nafas jumla boshida va oxirida olinadi. Fraza va so’z o’rtasida nafas olinmaydi.
Zanjir nafas olish usuli.
Bu usul xorda ko’p qo’llaniladi. Asosan polifonik asarlarda: tonika va dominanta organ punktlarda aralash nafas olganda jumlalarga qarab, qisqa, chuqur va ketma-ket zanjir usulida olinadi. Yaxshi nafas olish, uni ushlab va tejab sarflash malakasiga еga bo’lish xorda “Tayanch” tovush barpo qilish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |