O’qituvchining qo’shiqni ijro etishi
O’qituvchining qo’shiqni ijro etishi uni o’rgatish jarayonidagi muhim bir payt hisoblanadi. O’qituvchi qo’shiqni nechog’li aniq-ravshan ta’sirli ijro, etsa bu qo’shiq o’quvchilarga shunchalik tushunarli bo’lib qoladi, qo’shiqni o’rganish ularga oson bo’lib ko’rinadi. Bolalar qo’shiqni kuchli taassurot bilan tinglashar ekan, ularning shu qo’shiqni tezroq o’rganib olgilari keladi. Shunday qilib, bolalarni jim o’tirib zo’r diqqat bilan qo’shiq tinglashga odalantira borish kerak.
O’qituvchi qo’shiqni boshidan oxirigacha ham qisman ham ijro etishi mumkin. Agar qo’shiq tabiat manzaralarini aks ettirsa, yil fasllarini ifodalasa, unda qandaydir umumiy mazmun va kayfiyat bayon qilinadigan bo’lsa, qo’shiqning bir bandini ijro etishning o’zi kifoya qiladi, boshqa bandlarini esa kuylamasdan o’qib beriladi, xolos. Ammo ayrim qramonlarga, tarixiy voqealarga oid qo’shiq va ashulalarda bo’lganidek, qo’shiq rivojining umumiy yo’li yaqqol ma’lum bo’lsa, bolalarda yaxlit badiiy obraz taassurotini hosil qilish uchun qo’shiqni to’liq ijro etish afzalroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |