Reja:
Kirish.
Xufyona iqtisodiyotmazmuniva uning kelib chiqishi sabablari.
Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni baholashga nisbatan yondashuvlar.
Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o’rni.
O’zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko’lami va uni cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Xufyona iqtisodiyoti iqtisodiyotning eng qiziqarli va sirli sohalaridan biridir, ammo shu bilan birga, jamiyat va umuman davlatning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Kurs ishining maqsadi –O’zbekistonning xufyona iqtisodiyotining mohiyatini, uning o'ziga xosligi va uni bartaraf etishdagi qiyinchiliklarni aniqlash.
Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirgi paytda O’zbekistonda xufyona daromadlarning juda katta ulushi - YaIMning 40-50% qismida mavjud bo'lib, bu mablag’ kichik biznesni tashkil etish va rivojlantirishga yo'naltirilishi, ijtimoiy zo'riqishni pasaytirishi, real bazani ko'paytirish orqali davlat moliyaviy samaradorligini oshirishi mumkin.
O’zbekistonning iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish kabi masalalar O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida ham o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018-yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qabul qilingan 2018-yilgi Davlat dasturini ro’yobga chiqarish doirasida 21 trillion so’m va 1 milliard AQSh dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.
Umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga1 muvofiq iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish tasdiqlandi.
Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy o‘sishning makroiqtisodiy barqarorligi, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsiya va eksport salohiyatini oshirishni, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni, mehnat bozorida tanglikni pasaytirishni, daromadlarni oshirish va qashshoqlikni kamaytirishdan iborat.
2030-yilgacha O’zbekiston Respublikasini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning barcha jihatlarini isloh qilish bilan bog'liq hukumat qarorlariga asoslanadi.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini taʼminlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yoʼnalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlari ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Аyni paytda, bosib oʼtilgan yoʼl, oldingi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish muhim printsipial ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda oʼz natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash, aholi daromadlari oʼsishini taʼminlash, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, kichik biznes, xususiy tabirkorlik, xizmat koʼrsatish va servis sohasini barqaror rivojlantirishda sezilarli yutuqlar qoʼlga kiritildi. Shu bilan birga, respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatdan kelib chiqib aholining ish bilan bandligi masalasi doimo oʼz dolzarbligini yoʼqotmaydi va u har doim davlat rahbariyatining diqqat markazidadir. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017-yil 7-fevralda tasdiqlagan PF-4947-sonli “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon asosida ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasi kelgusi besh yillikda ijtimoiy-iqtisodiyot huquqiy-siyosiy taraqqiyotimizni belgilab beradigan hujjat hisoblanadi. Uning “ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari” deb nomlangan 4-qismi 4.1 bandida yaqin besh yilda aholini ish bilan bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, buning uchun esa: “... Yangi ish oʼrinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʼrta maxsus va oliy oʼquv muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, mehnat bozori mutanosibligi va infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash” amalga oshirilishi muhim hisoblangan ustuvor yoʼnalish sifatida belgilangan boʼlib, bunday maqsadlarga erishish uchun “...mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʼliq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish”2 kabi vazifalarni hal etish koʼzda tutiladi. Oʼzbekiston iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror surʼatlari, samaradorligi hamda makroiqtisodiy muvozanatni taʼminlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni toʼliq va samarali amalga oshirish, avvalo, jamiyatimiz aʼzolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab yetilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |