1-rasm. Jahon mamlakatlarida xufyona iqtisodiyotning ko’rsatkichlari.
Yashirin iqtisodiyot miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, yaʼni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona boʻlganidan uning aniq hisob-kitobi boʻlmaydi. Buning oʻrniga uni taxminan baholash usuli qoʻllaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% ga teng boʻlgan. Biroq yalpi ichki mahsulot miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. Masalan, 1999-yil Misr va Nigeriyada xufyona iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng boʻldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam boʻlgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1-2%), Gʻarbiy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida Yashirin iqtisodiyot darajasi oʻrtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, masalan, AQSh va Italiyada yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi t egishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997).
Xufyona xoʼjalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois xufyona iqtisodiyot oʼlchamlarini baholash muammosi dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
- monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablagʼlardan foydalanilishi toʼgʼrisidagi gipotezaga asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning oʼlchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi);
- xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar isteʼmolining real hajmlari bilan taqqoslanadi;
- bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan roʼyxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (roʼyxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning oʼlchamlaridan bilvosita dalolat beradi);
- texnologik koeffitsientlar usuli, u xarajatlarning maʼlum texnologik koeffitsientlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi maʼlumotlarni olish imkonini beradi (masalan, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar taqqoslanadi);
- uy xoʼjaliklari va korxonalar rahbarlari oʼrtasida soʼrov oʼtkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning oʼlchamiga ekspert baholarini beradi;
- sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida meʼyorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qoʼllanishini tahlil qilishdan iborat.
Yoritilgan yondashuvlarning turli xilligi sababli olinadigan natijalarni koʼpincha taqqoslash qiyin boʼlsada, xufyona iqtisodiyot miqdorining ayrim baholarini keltirish mumkin: (YaIMga nisbatan foiz hisobida): Italiya 15-30, Belgiya 4-13, Shvetsiya 0,5-17, Buyuk Britaniya 2-16, Frantsiya 15, AQSh 3-28, Peru 27-28. Rossiyada 80-yillarning oxirida YaIMning 20 foizga yaqini, 1996 -yilda 23 foiz.
Yuqorida aytib oʼtilganidek, qonunga boʼysunishning yuqori narxi va xufyona iqtisodiyotning katta oʼlchamlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliqlik mavjud. Biroq xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bogʼliq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi subʼektlar boshqa xarajatlarni koʼproq amalga oshirishadi – ular «xufyonalik narxi»ni toʼlashga majburdirlar. Xufyonalik narxi bir necha unsurlardan tarkib topadi.
-huquqiy sanktsiyalardan bosh tortish bilan bogʼliq xarajatlar quyidagilarni oʼz ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq toʼlash; ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yoʼqotilgan foyda (korxona qanchalik katta boʼlsa va u reklama kampaniyasini qanchalik faol yuritsa, nazorat qiluvchi organlarning eʼtibori doirasiga tushish imkoniyati unda shunchalik katta); «ikkiyoqlama» buxgalteriyani yuritish xarajatlari va shu munosabat bilan yuzaga keladigan korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan koʼriladigan yoʼqotishlar.
-daromadlar transferti bilan bogʼliq xarajatlar. Hatto soliqlar toʼlashdan bosh tortuvchi iqtisodiy subʼektlar ham oʼz faoliyatidan foydali samarani davlat bilan baham koʼradi, biroq bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa olishmaydi. Gap shundaki, barcha iqtisodiy subʼektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya soligʼini toʼlashadi (birinchi navbatda bu xufyona almashuvlar chogʼidagi mutlaq naqd pullarga taalluqli). Lekin transfertlar bir tomonlama xususiyatga ega – oshkora iqtisodiy subʼektlardan farqli oʼlaroq, xufyona iqtisodiy subʼektlar buzilgan mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. Bunga, shuningdek, kredit olish bilan bogʼliq qiyinchiliklarni ham qoʼshimcha qilish lozim – chunki oʼz faoliyatini yashiruvchi subʼektlar oʼzining kreditga layoqatliligini buxgalteriya balansida asoslay olishmaydi.
-soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bogʼliq xarajatlar. Daromad soligʼi, ijtimoiy sugʼurta fondiga va pensiya jamgʼarmasiga majburiy toʼlovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini toʼlashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning oʼrnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. Аrzon mehnat korxonani «yoʼldan ozdiradi». Bundan tashqari, qoʼshilgan qiymat soligʼini undirish tadbiri xufyona faoliyat sohasini faqat ishlab chiqarish zanjirining chetki boʼgʼinlari – chakana savdo va xomashyoga ishlov berishning boshlangʼich bosqichlari bilan cheklaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining aynan boshlangʼich bosqichlarida QQSni toʼlamaslikdan koʼriladigan foyda eng koʼp miqdorga yetadi, ayni paytda oraliq bosqichlarda oraliq mahsulotning xufyona yotkazib beruvchilari oshkora yetkazib beruvchilarga qaraganda yutqazish holatiga tushib qolishadi.
-qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi bilan bogʼliq xarajatlar. Mulkchilik huquqlarini xufyona tafsirlash faqat ijtimoiy sanktsiyalar va munosabatlarni shaxslashtirish yoʼli bilan ijtimoiy tuzilmalar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Mulkchilik huquqlari oshkora (fuqarolik kelishuvi asosida) emas, balki ijtimoiy (anʼanaviy kelishuvlar asosida) belgilanadi va himoyalanadi. Shuning uchun faqat barcha transaktsiyalar ijtimoiy tuzulma - qabila, oila-qarindoshchilik yoki qoʼshni jamoa, milliy doiralar ichida amalga oshirilganda, huquqlarni almashish va himoyalash xarajatlari juda past boʼladi. «Chetdan» inson ishtirokidagi har qanday bitimda mulkchilik huquqlarini himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari amal qilmay qoladi. Demak, huquqlar faqat ular ichida eng yuqori narxni toʼlashga tayyor boʼlgan (yaʼni eng samarali huquq egasi) xaridor topilishi shart boʼlmagan insonlarning qatʼiy chegaralangan doirasiga mumkin. Kouz teoremasining bajarilmasligidan tashqari, mulkchilik huquqlarini kapitallashtirish, huquqlarni erkin oʼtkazishning ilojsizligi ham maʼlum shaxslar doirasi tomonidan huquqlar bilan almashuvni cheklashning natijasi hisoblanadi (oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini sotishning iloji yoʼq). De Soto xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqlarini taʼriflash uchun «jonsizlantirilgan sarmoya» atamasidan foydalanadi: ushbu sarmoyadan garov sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish, erkin sotish, baʼzan esa shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas.
-shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bogʼliq xarajatlar. Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda koʼplab iqtisodiy subʼektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Chunki uzoq muddatli loyihaga mablagʼlar qoʼyishga undovchi omil boʼlib unda ishtirok etuvchi insonlarning shaxsiy nufuzi emas, balki nima boʼlishidan qatʼi nazar sarmoyadorlarning huquqlari himoyalanishiga ishonch hisoblanadi. Haqiqatdan ham, shartnomani qayta koʼrib chiqish zarurati tugʼilgan hollarda ishtirokchilar bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor boʼlmagan barcha ikir-chikirlariga eʼtibor qaratishi lozim boʼlgan sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi.
-xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bogʼliq xarajatlar. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi. Xufyona bitim koʼproq ikki tomonlama xususiyatga ega. Bitimdan manfaatdor boʼlgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi.
-nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari. Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator substitutlariga – oilaviy-qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun ikkala muqobil variantdan ham foydalanish xarajatlar bilan bogʼliq. Birinchidan, koʼp sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «oʼzinikilar» bilan yaxshi munosabatlarni ushlab turish eʼtibor belgilarini qaratish uchun vaqt va xizmatlar almashish uchun mablagʼlar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuch tuzilmalari funktsiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish oʼziga xos soliqni toʼlash zarurati bilan shartlangan. Hatto Italiyada ushbu soliq alohida– pizzo nomiga ega boʼlgan. Ushbu soliqning miqdori yo korxona aylanmasiga nisbatan foizlarda, yoki mafiya tomonidan biznesni himoyalash va nizolarni hal etish boʼyicha koʼrsatilgan xizmatlarga ekvivalnt hisobida hisoblab chiqiladi. Bunda davlatdan farqli ravishda mafiya oʼz xizmatlarining har bir foydalanuvchisiga «soliqning» alohida miqdorini belgilagan holda monopolchini kamsituvchi siyosatni olib borishga qodir boʼladi. Oshkora tuzilmaga qaraganda mafiya faoliyatining lokal xususiyati axborot manbalarining ancha keng doirasidan foydalanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |