1-bap Suspenziyalar dori turi sifatida
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm gacha, ko‘pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko‘pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo‘lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashqil topadi. Suspenziya hosil bo‘lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo‘lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo‘ladi.
Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so‘zidan olingan bo‘lib, qattiq faza zarrachalari dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo‘ladi.
1. Dispers faza dispers muhitda erimasa
2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo‘lsa.
3. Ikki xil tabiatli erituvchining qo‘shilishidan moddaning eruvchanligi yomonlashsa.(Zarracha yiriklashi kuzatilada)
4. Eritmada erigan moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo‘ljallangan dori moddalar bo‘lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko‘p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo‘lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezrok so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.
1.1 Suspenziyalar turg‘unligiga ta‘sir etuvchi sabablar.
Mikstura — suspenziyalar etarli darajada turg‘un bo‘lishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda sekin-asta cho‘kishi miksturalarni ichish davrida etarli darajada to‘gri dozalarga bo‘lish imkoniyatini yaratadi. SHunday bo‘lishiga karamay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo‘yicha ex temporae tayyorlanadi. Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va qinetik energiyasi, zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog‘liq. SHuning uchun suspenziya turg‘unligi fazani harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi (cho‘kadi). Umuman fazani cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Turg‘unlik kiymat hisoblanib o‘lchov birligi sifatida sedimentatsiya tezligiga teskari bo‘lgani uchun Stoks formulasi quyidagicha ifodalanadi:
B= 2rІ*(dr-dc)*g
9з
Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg‘unligi zarrachalar diametrini kvadratiga, dispers faza va dispers muxitni solishtirma og‘irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari, dispersion muxitning qovushqoqligiga to‘gri proporsionaldir. Formulani to‘gri talkin qilib, amaliyotda qo‘llanilsa ularning ba‘zi bir ko‘rsatkichlari suspenziyalar turg‘unligini oshirishda amaliyotda qo‘llanilsa bo‘ladi. Buning uchun shunday kilmok zarurki, d — kiymatini iloji boricha kamaytirish va h — kiymatini mumkin kadar ko‘tarish, muxit qovushqoqligini oshirish lozim. Ayniqsa d — kiymatini o‘zgartirsa kuchli ta‘sir qiladi. Masalan, dc=1 (suv) va dr=2,7 va h=0,015 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo‘lsa, 1 sm ga cho‘kish vaqti 31 sek, zarracha radiusi 1 mkm — 52 min. 0,1 mkm radiusida bo‘lsa 86 soatda cho‘kmaga tushadi. Dori moddalar zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yakin bo‘lsa, misolda keltirilishiga, ularga o‘xshash tezlikda cho‘kmaga cho‘kishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kiyin emas. Bundan xulosa qilib, suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko‘p dispersli sistemadir). SHunday qilganimizda mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho‘kmaga cho‘ktirmay, dozalarga bo‘lishda xatolikka yo‘l ko‘ymasdan, o‘lchab olish uchun etarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo‘llanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqlagan, zarrachalari kat‘iy yumalok shaklda, butunlay qattiq va tekis bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ammo ko‘p miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni kanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo‘lishi mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini ko‘rsatsa ham, undagi bir omil, ya‘ni erimaydigan moddalar suv bilan oson xo‘llanuvchi gidrofil, kiyin xo‘llanadigan — gidrofob xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan fazalari chegarasida sodir bo‘lgan xodisalarni ko‘rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo‘lgan kukunlar, MgCO3, CaCO3, ZnO suvda loyqalantirish bilan etarli darajada turg‘un suspenziyalar hosil qiladi. SHuning uchun ularning ustida taranglik parda hosil bo‘lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |