Mavzu:Suspenziya dori turi
Reja:
Kirish
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati
I.Adabiyotlar sharhi
1-bob.Suspenziyalar ta'rifi. Suspenziyalar dori turi sifatida.
1.1Suspenziyalar turg‘unligiga ta‘sir etuvchi sabablar.
1.2 Stabilizatorlar, suspenziyalarni stabillash sharoitlari.
II Amaliy qism
2-bob Suspenziyalarni tayyorlash usullari
2.1Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
2.1.1 Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash
2.2.Suspenziyalarni kimyoviy usul bilan tayyorlash
2.3.Suspenziyalar sifatini aniqlash.
III Xulosalar
IV Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Suspenziyalar (lot. suspensio — osmoq) — suyuq dori turi. Tarkibidagi kukun (qattiq zarra koʻrinishidagi) dori moddalari biror suyuqlik (suv, glitserin, oʻsimlik moyi)da muallaq holda turadi. Suspenziyalar dorivor moddalarni ayni eritmada eritib boʻlmaydigan hollarda tayyorlanadi.Suspenziyalar ichki va tashqi foydalanish uchun, shuningdek, in'ektsiya uchun ishlatiladi Suspenziyalarni ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyalar kondensatlab yoki disperslash yoʻli bilan hosil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni himoya qilishda purkash uchun keng qoʻllanadi. Suspenziyalar dispersion muhit (odatda, suv) va dispers faza — pestitsidning qattiq zarrachalaridan tashkil topadi. Ular yetarli darajada barqaror, yaʼni tayyorlanganidan keyin uzoq vaqtgacha choʻkmaydigan, purkaladigan sathni yaxshi hoʻllashi va yopishqoq boʻlishi kerak. Suspenziyalar odatda, ishlatiladigan paytda, qattiq kukun preparatlar — hoʻllanuvchi kukundan tayyorlanadi. Ularning tarkibi (30—90%) pestitsidlar, toʻldiruvchilar, sirt faol va qoʻshimcha moddalardan iborat. Toʻldiruvchi modda sifatida koʻpincha kaolin qoʻllanadi. Dehqonchilikda tuproqni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda yoki begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Oltingugurt, akreks, keltan, gardona, tiodan, fozalon va b. insektitsid hamda akaritsidlarning hoʻllanuvchi kukunlaridan tayyorlangan Suspenziyalar keng tarqalgan.
Bir qator texnologik jarayonlarda (qogʻoz, lok, boʻyoq, plastiklar, rezina va b. ishlab chiqarishda) Suspenziyalarning ahamiyati katta.
Ishning maqsadi : suspenziyalar va ularning tarkibi dori modasi va yordamchi moddalarni fizik- kimyoviy xossalari haqida nazariy bilimlarni o‘rganish. Suspenziya ta‘rifi, xosil bo‘lish yo‘llari va umumiy texnologiyasi, suspenziya turg‘unligiga ta‘sir etuvchi omillar (flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho‘kish tezligi, zarrachalar o‘lchamining kattalashuvi) ni òrganish.Shuningdek nazariy bilimlari asosida dispersion, kondensacion usul suspenziyalarni tayyorlash va sifatini tahlil qilishni o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |