Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi:
a) kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan;
b) kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan.
Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpingidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga kalkib chikib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), elimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi.
Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo‘shiladi.
Rp.: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml
Camphorae 1,0
Coffeini natrii — benzoatis 0,5
M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.
Pasporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml
Koffein benzoat natriy eritmasi (1:10) 5ml
Tozalangan suv 112 ml
Kamfora 1,0
Jelatoza 1,0
V umumiy=120ml
Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi.
Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YUMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. CHunki ular oltingugurtning farmakologik ta‘sirini kamaytirib yuboradi.
Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0
Spiritus aethylici 10 ml
Glycerini 15,0
Aq. purif. ad 180 ml
M.D.S. Sirtga.
Pasport: Oltingugurt 4,0
Glitserin 15,0
Etil spirti (90 %) 10ml
Kaliyli sovun 0,4 g
Tozalangan suv 180 ml
V umumiy=180ml
Texnologiyasi: Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So‘ng qolgan glitserin va suv qo‘shib shisha idishga chayib quyiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi.
Rp.: Extr. Belladonnae 0,15
Phenylii salicylatis 2,0
Aquae Menthae 150 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Pasport: Belladonna quyuq ekstrakti eritmasi 0,3
Fenilsalitsilat 2,0
Jelatoza 1,0
YAlpizli suv 150 ml
V umumiy=150ml
Texnologiyasi:Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g tomchilab quyuq ekstrakt eritmasi solinadi. Hovonchada 2 g fenilsalitsilatni 16-20 tomchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 1,0 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo‘shib pulpa hosil qilinadi. So‘ng 30 ml eritma qo‘shib uni shisha idishga quyiladi. qolgan eritma oz-ozdan qo‘shib chayib quyiladi. Suspenziyani tvin — 80 va PVS bilan barkarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin - 80, 2 g PVS kerak bo‘ladi. 10 ml suvda 0,2 g tvin —80 eritib olinadi. qolgan suvda (85 ml) yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin - 80 eritmasi bilan maydalanadi.
So‘ngra unga 25 — 30 ml PVS eritmasidan qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin - 80 va PVS eritmasi qo‘shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyiladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat eritmasi solinib «Ichish uchun», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Mikstura suspenziyalarni saqlash va berish
Mikstura suspenziyalar faqat yangi tayyorlanib bemorga beriladi. Hamma turdagi suspenziyalarga "Ishlatishdan oldin chayqatilsin" degan yorliq yopishtiriladi. Bemorga beriladigan idish rangsiz shishadan tayyorlangan bo‘lib, chayqatilganda undagi hosil bo‘lgan narsani ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mikstura suspenziyalar salqin joyda saqlanadi.
To‘gri tayyorlangan va saqlangan miksturalar o‘z dispersligini ko‘rsatilgan bir necha kun davomida (3-4 kun) yo‘kotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |