2-bob Amaliy qism
Suspenziyalarni tayyorlash usullari
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
1. qattiq dori moddalarni dispersion muxitda yuqori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab) loyqalash yo‘li bilan.
2. Dispergirlash (mexaniqa) usuli.
3. Kondensatsiya yo‘li bilan.
Dispergirlash shundan iboratki, ko‘pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga etkazish uchun ularni dispersion muxitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa konun-koida yotadi:
--zarrachalarni yiriklashishi va ko‘z bilan ko‘rinali holatda bo‘ladi. Ba‘zan holatlarda cho‘kmaga tshishi mumkin.
– molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikrok agregatlar bo‘lib, katta-kichikligi xakikiy suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o‘tish davri)19 .
Loyqalash yo‘li bilan suspenziyalarni tayyorlash
Amaliyotda uchraydigan dori moddalari katta-kichikligi bilan kolloid zarrachalarga yakin. Ularning ko‘pchiligi gidrofil (suv bilan namlanadigan)dir. Bunday moddalardan mikstura — suspenziyalar "qiynash" usuli bilan tayyorlanadi.
Rp.: Magnii oxydi 20,0
Aguae purificatae 200 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 10 min.
Ichishdan oldin chayqatilsin.
(kislotalar bilan zaxarlanganda).
Magniy oksid zarrachasining diametri 0,2—0,8 mkm, undan tashkari ular gidrofil modda. Suv bilan yaxshi ezilgandan keyin agregativ turg‘un mikstura olinadi, faqat 2—3 soatdan keyin sezilarli sedimentatsiyalanishini ko‘ramiz. Miksturani ichishdan oldin chayqatilsa, dispersligi oldingi holiga oson qaytariladi. Miksturalarni muxokama kilayotgan turlari agregat turg‘unligi liofobli zolni dzetapotensialiga o‘xshash ustki gidrotatsiyalangan, osilgan faza va sirt potensialining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Dispersion usul bilan suspenziyalarni tayyorlash. CHayqatiladigan miksturalar
Ko‘pol dispersli moddalarning suspenziya holatigacha maydalanishi quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Mexaniq dispergirlash.
2. Elektr yordamida dispergirlash — Volt yoyida metalni arralash
bilan.
3. Ultratovush yordami bilan dispergirlash
4. Kimyoviy yo‘l — peptizatsiya bilan dispergirlash.
Dorixonalarda suspenziyalar mexaniq dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. qolgan usul zavodlarda qo‘llanadi. Mikstura osilmalarda dispers darajasini oshirishda — eng oddiy usul, mexaniq dispergirlash usuli bo‘lib, hovonchada suyuq xo‘llanuvchi muxitda moddalarni maydalashdir. Kukunlarni quruq hovonchada ezilganda 50±5 mkm dan kam bo‘lgan zarrachalar olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilganda zarrachalarni katta-kichikligini 5—0,1 mkm gacha etkazish mumkin. Bu quyidagicha tushuntiriladi: maydalanadigan moddalar qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga bo‘lish xossasiga asoslanib, suyuqlik moddalarni mayda teshiklarga kirib olib, ularni kengaytiradi va yana ham maydalanishiga olib keladi. Bu hodisa taniqli olim Rebender nomi bilan suratda kòrsatilgan.
Qo'llaydigan suyuqlik kichik teshikning og'ziga kirib, suyuq pona
hosil qiladi, undan keyin himoya parda mustahkamligini kamaytiradi va ponasimon bosim PR hosil qiladi, qaysi biri qarama-qarshi ichiga botgan, tortib bog'langan chiziqqa -meniskka yo'nalishida harakatlanadi. Bu laplas bosimi Px deb nomlangan va P dan anchagina katta.Shunday qilib, moddalar parchalanishini osonlashtiradi va yaxshi natijalar beradigan kuchdir. B. V. Deryagin aniqlashicha 1 g qattiq moddaga 0,4—0,6 ml suyuqlik (40—60%) qo‘shilganda suyuq muxitda yuqori darajada dispergirlash vujudga keladi. Dispersion usul bilan miksturasuspenziyalar juda ko‘p tayyorlanadi — ularni chayqatiladigan miksturalar (Muxturae agitandae) deb ataladi. Bunday miksturalarning barchasiga "Ichishdan oldin chayqatilsin", degan yorliq yopishtiriladi.Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash Kondensatsion yo‘l bilan suspenziya tayyorlash 2 xil usulda bo‘ladi:
a) erituvchining o‘zgarishi hisobiga eruvchanlikni kamayishi natijasida;
b) kimyoviy reaksiya natijasida.
Erituvchini almashtirish usuli
Moddalarning molekulalarini dispers holatidan suspenziya holatiga o‘tishi bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p ko‘pol dispers darajali sistemalarni tashqil qiladi. Oxirida ko‘p dispersli sistema bo‘lib, shunday bir qancha kolloid zarrachalarni birlashtiradi. Moddalarni yangi dispers muxitga o‘tkazishda gidrofob xossasi bo‘lgan flokulyasiya xodisasini hosil kilmaslik 0uchun stabilizator kiritilishi kerak. Kaysi biri zaryad bilan zarrachalarni xabardor kilsa, shunga o‘xshash dispersion muxitda suyuqlik pardasini va adsorbsion pardani hosil qiladi. Erituvchini almashtirish usuli bilan mexaniq dispergirlashga karaganda turg‘unrok suspenziya hosil bo‘ladi.
Ko‘rinishidan bu xira (kattaligi zarrachani 0,1-1 mkm gacha). SHunga ko‘ra bu guruhdagi miksturalar xira miksturalar (Mixcturae turbidae) nomi bilan ataladi. Suvli eritmalarga nastoykalarni, suyuq ekstraktlarni va boshqa galen preparatlarini ko‘shsak, xira miksturalar hosil bo‘ladi.
Nastoykalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash.
Keng tarqalgan yozmalarni ko‘ramiz.
Rp.: Sol. Natrii bromidi 6,0:200 ml
Tincturae Convalariae
Tincturae Valerianae ana8 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin. Agar suzilgan natriy bromid eritmasi ustiga tindirmalarni ko‘shsak, undagi tinik rangsiz eritmada xira, ochrok, ko‘ngir suyuqlik hosil bo‘ladi. Nastoykalar tarkibidagi erigan moddalar, (70°) spirtda tayyorlangan (suyultirish natijasida o‘sha erigan moddalar) mayda gidrofil zarrachalari cho‘kmaga tushadi. Mikstura tarkibiga elektrolitlar kirsa (dorixatda keltirilishicha, bunday miksturalarda turishi natijasida galen preparatlaridan o‘tgan engil, parcha-parcha cho‘kmalar paydo bo‘lib), ekstrafaol moddalarning cho‘kishini ko‘ramiz.
Nastoykalar bilan tayyorlangan miksturalarga karaganda suyuq ekstraktlarda tayyorlangan miksturalar xirarok bo‘ladi. Nastoykalarga ko‘ra, suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlangan bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda ekstrafaol moddalar saqlaydi. SHuni aytish kerakki, miksturalardagi tuzli eritmani suzilgandan keyin galen preparatlarini kuyish lozim.
Suyuq ekstrakt, tindirma va efir moyi saqlovchi preparatlar bilan miksturalar tayyorlash
Rp.: Sol Natrii bromidi ex 6,0:200 ml
Tincturae Convallariae
Tincturae Valerianae aa 8 ml
M. D. S. Ichish uchun.
Natriy brom eritmasiga tindirmalar qo‘shilganda tinik eritma xiralashib, och-jigar rang tusli mikstura hosil bo‘ladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Tindirmalar 70% li etanolda tayyorlanadi. Demak, ularning tarkibiga kiruvchi moddalar shu erituvchida erigan holda bo‘ladi. Mikstura tayyorlanganda erituvchining konsentratsiyasi keskin pasayadi. Natijada erigan moddalarning eruvchanligi kamayadi va ular mayda gidrofob zarrachalar holida miksturada tarqaladi, bu esa miksturaning xiralashishiga olib keladi.
Rp.: Codeini phosphatis 0,15
Natrii benzoatis 3,0
Liq. Ammonii anisati 2 ml
Sirupi Althaeae 30 ml
Aq. purif. 180 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal
Miksturaning umumiy hajmi 212 ml. Belgilangan idishga 135 ml tozalangan suv, 15 ml kodein fosfat eritmasi (1:100), 30 ml natriy benzoat (1:10) eritmasi solib aralashtiriladi (kodein fosfat dozasi tekshirilib olinadi). Stakanga 30 ml gulxayri sharbati; 2 ml novshadil arpabodiyon tomchisi solib aralashtiriladi va belgilangan idishga solinadi. Tegishli yorliq epishtiriladi.
Kimyoviy disperslash usuli
Mayin suspenziyalar kimyoviy reaksiya bilan olinib bularni asosida almashinish, parchalanish reaksiyasi yotadi. Maqsad yaxshi suspenziya tayyorlash bo‘lsa, unda olinadigan moddalar juda mayda, disperslangan holatda bo‘lishi kerak.
Quyida keltirilgan namuna ham kimyoviy dispergirlash asosida tayyorlanib, xukna kilish uchun qo‘llaniladi.
Rp.: Zinci sulfatis
Plumbi acetatis 0,25
Aquae purificatae 180,0
M.D.S. Xukna uchun
Ishlatishdan oldin chayqatilsin.
Almashib birikish reaksiyasi natijasida:
ZnSO4+Pb(CH3COO)2 =↓PbSO4+Zn(CH3COO)2
Rux sulfat eritmada, ko‘rgoshin sulfat cho‘kmaga tushadi. Hosil bo‘ladigan kristallarning oldini olish va ko‘rgoshin sulfatni dispers darajasini oshirish uchun ikkala moddani suv bilan hovonchada eziladi. Bunda o‘tkir kirrali kristallar maydalanadi va siydik yo‘llaridagi shillik qavatni tirnamaydi.
Rp.: Sol. Calcii shloridi 5% - 200 ml
Natrii hydrocarbonatis 4,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal
Pasport: Kalsiy xlorid eritmasi (1:2)-20 ml
10*2=20 ml
Natriy karbonat eritmasi (1:20) -80 ml
4*20=80 ml
Tozalangan suv-100ml
200-(20q80) =100
Vumumiy =200 ml
SHisha idishga 100 ml tozalangan suv, 20 ml kalsiy xlorid eritmasi (1:2) va 80 ml natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) solinadi. Bunda reaksiya natijasida kalsiy karbonatli suspenziya hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |