Reja: Kirish. Komunal-Maishiy is’temolchilar uchun gaz yoqilg’isining standart talablari bo’yicha tarkibi va sifati



Download 2,63 Mb.
bet1/10
Sana18.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#452504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nodiraxon


Reja:
Kirish.

  1. Komunal-Maishiy is’temolchilar uchun gaz yoqilg’isining standart talablari bo’yicha tarkibi va sifati;

  2. Hudud Gaz Taminoti Andijon filiali suyiltirilgan gaz taminoti jarayoni;

  3. Askug o’rnatish va uni doimiy nazoratga olish, aholiga xizmat ko’rsatish;

4 Gaz taminoti quvurlari tasnifi va xavfsizlik qoidalari;
Xulosa

Kirish
Hozirgi vaqtda aholini issiqlik, gaz va suv bilan uzluksiz ravishda sifatli ta’minlashga respublikamizda juda katta e’tibor berilmoqda. Shu bois mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mazkur soha yettinchi, ustuvor yo‘nalish etib belgilangan. Gaz ta’minoti xalq xo‘jaligining yirik tarmog‘idir . Birlamchi energiya resurslarning orasida tabiiy gazning iste’moli.
O‘zbekiston Respublikasida birinchi o‘rinda turadi (83%). O‘zbekistonda tabiiy gazdan foydalanish 1943- yildan Hojiobod – Andijon gaz quvuri qurilishi bilan boshlandi. Gaz sanoatining rivojlanishida O‘zbekistonda ochilgan Setolantepa (1953- yil), Gazli (1962- yil) va boshqa gaz konlari katta rol o‘ynadi. Bu gaz konlari asosida elliginchi-oltmishinchi yillarda katta diametrdagi (700 mm) Buxoro – Samarqand – Toshkent – Frunze – Olmaota, Buxoro – Ural va O‘rta Osiyo – Markaz magistral gaz quvurlari qurilib ishga tushirildi .Hozirgi kunda turli xil diametrli magistral quvurlarning umumiy uzunligi 13,0 ming km dan oshib ketgan . Ularda 25 ta kompressor stansiyalari va uchta yer osti omborlari (Shimoliy Sox, Hojiobod va Gazli) ishlatilmoqda, Toshkent shaharining gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Olimkent yer osti omborini qurish rejalashtirilgan. 1991- yilda aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi jami 44,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019- yilga borib u 83,4% gacha yetkazildi, shu jumladan, shahar aholisi uchun – 94,2% va qishloq aholisi uchun – 76,4%. Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun respublikada jami 121,9 ming km gaz tarmoqlari qurilgan, shundan yuqori bosimli – 12,5 ming km, o‘rta bosimli – 26,5 ming km va past bosimli – 82,9 ming km.
O‘zbekiston bo‘yicha hozirgi davrda bir yilda 60,5 mlrd m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib olinadi, ya’ni 1992- yilga qaraganda 1,4 barobar ko‘p. Muborak, Sho‘rtan va Ko‘kdumaloq asosiy konlar hisoblanadi, bulardan tashqari, boshqa kichik konlar ham mavjud.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Аholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʼini moliyaviy sogʼlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” №4388-sonli qarori bilan “Oʼztransgaz” АJ “Oʼzbekneftgaz” АJ tarkibidan chiqarildi, hamda “Oʼztransgaz” АJ negizida ikkita mustaqil tizim – “Oʼztransgaz” va “Xududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.

“Oʼztransgaz” АJga: tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulotni taqsimlash toʼgʼrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʼshma korxonalar va xorijiy kompaniyalardan xarid qilish; toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida magistral gaz quvuriga ulangan isteʼmolchilarga, shuningdek, «Hududgaztaʼminot» АJ bilan komissiya shartnomalari asosida gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni sotish; gaz quvurlari va kompressor stantsiyalarini XMI/XHMT mablagʼlarini jalb etish orqali qurish, rekonstruktsiya qilish, yer osti gazni saqlash omborlarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini oshirish, yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz oqimlarining monitoringi va boshqaruvi tizimini (SCADA) hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish orqali gaz transport tizimining “zaif” jihatlarini bartaraf etish va uning tranzit salohiyatini rivojlantirish vazifalari belgilandi





Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish