Gaz xo‘jaligida xavfsizligi
QOIDALARI
1. Ushbu qoidalar aholi punktlarida joylashgan gaz ta’minoti tizimida, sanoat korxonalarining, qishloq xo‘jaligi korxonalarining va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) gaz quvurlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalarning chiqishi;
blokirovkalovchi qurilma — tashqi ta’sir natijasida xavfsizlik talablari buzilgan holatlarda yoki texnologik rejim buzilgan vaqtlarda gazni yoki texnologik qurilmani ishga tushirish imkonini bermaydigan uskuna;
gazdan xavfli ishlar — gazlangan muhitda yoki gaz chiqish ehtimoli mavjud gaz quvurlarida, sig‘imlarda va agregatlarda bajariladigan va buning oqibatida insonlar zaharlanishi, gaz alangalanishi va portlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlar;
gaz — yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun konlardan qazib olinadigan tabiiy gaz, neft gazi, gaz va neftni qayta ishlovchi sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan gazlar;
gaz quvurlari — muhiti gaz bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar;
gazni tartibga solish punkti (GTP) va gazni tartibga solish qurilmasi (GTQ) — gaz taqsimlash tarmoqlaridagi gaz bosimini pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlab turish uchun mo‘ljallangan texnologik qurilma;
gaz xizmati — tashkilotlarda gazdan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun g az xo‘jaligi tizimlari obyektlari egalari tomonidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linma;
gaz xo‘jaligi — tashkilot hududidagi gazlashtirilgan yordamchi ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarning gaz jihozlari, gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, GTP va GTQlar;
gaz ta’minoti tashkiloti — texnik me’yorlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda tabiiy gaz va suyultirilgan gazni qabul qilish, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlovchi tashkilot;
gaz xo‘jaligi texnik qurilmalari — gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish pechlari, qozonlari, gaz generatorlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari va boshqalar;
gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlari — tashkilot hududida joylashgan gazlashtirilgan yordamchi ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarning gaz jihozlari, gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, GTP va GTQlar;
gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari — tasarrufida gaz xo‘jaligi tizimi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar;
gazning xavfli konsentratsiyasi — gazni eng pastki alangalanish chegarasining 20 foizidan oshadigan havo tarkibidagi konsentratsiyasi (gazning hajmli ulushi);
gaz ta’minoti tizimi — gaz taqsimlash stansiyasidan iste’molchilarga yetib boradigan gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar va elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, sanoat korxonalarining gaz jihozlari, GTP va GTQlar;
insident — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik uskunalarning shikastlanishi yoki to‘xtashi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqishi, qonunchilik hujjatlarida bo‘lgan, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy texnik hujjatlardagi talablarning buzilishi;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar — asosiy faoliyat turi gaz ta’minoti tizimlarini loyihalash, qurish (montaj qilish), ta’mirlash, qayta qurish, ishga tushirish-sozlash, foydalanish va putur yetkazmaydigan nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
kommunal-maishiy soha tashkilotlari — ovqat tayyorlash, isitish yoki issiq suv ta’minoti maqsadida yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar yoxud hajmi 150 litrdan ortiq bo‘lgan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi tashkilotlar;
maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan yopqich moslamali payvandlangan po‘lat ballon, ortiqcha bosimi 1,6 megapaskal (bir kvadrat santimetrda 16 kilogramm)dan yuqori bo‘lmagan sig‘im;
maishiy gaz asboblari — gazdan yoqilg‘i sifatida va ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan gaz plitalari, suv isitish qozonlari va pechlar;
pech va dudburonlarni qurish va ko‘rikdan o‘tkazish xizmati (keyingi o‘rinlarda Dudburonlar xizmati deb ataladi) — tegishli dalolatnoma tuzgan holda pechlarni qurish, montaj qilish va ta’mirlash, shuningdek, dudburonlar, shamollatish kanallarini ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va nosozliklarni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot;
sanoat korxonalari — yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish xarakteriga ega va ega bo‘lmagan yoxud yiliga 150 litrdan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi iste’molchilar;
signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi o‘lchamlarga yetish holatlarida ovoz yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan uskuna;
suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG) — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan bo‘lgan gaz;
texnik xizmat ko‘rsatish — mahsulot (texnik qurilma)dan maqsadli foydalanish, saqlash va yetkazib berishda uning ish quvvati
yoki sozligini saqlab turish bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi yoki yakka operatsiya;
tashqi gaz quvuri — kiruvchi gaz quvuridan oldin o‘rnatilgan o‘chiruvchi moslamagacha bo‘lgan yer osti va yer ustidan yoki binoning kirish joyidagi g‘ilofgacha bo‘lgan yer ostidan o‘tkazilgan gaz quvuri;
ta’mirlash — gaz quvurlari va unda o‘rnatilgan inshootlarning sozligi yoki ish quvvatini tiklash hamda uning resurslarini yoki asosiy qismlarini tiklash bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi;
qishloq xo‘jaligi korxonalari — issiqxona, konserva yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish xarakteriga ega va ega bo‘lmagan yoxud yiliga 150 litrdan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi iste’molchilar.
3. Mazkur Qoidalar yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan bosimi 1,2 mega-paskaldan yuqori bo‘lmagan tabiiy gaz va bosimi 1,6 megapaskaldan yuqori bo‘lmagan SUG bilan ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytisim mumkinki, 2021-yil ishlab chiqarish amalyotini o’tash jarayonida Oliy ta’lim muassasasida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amalyotda qanday bo’lishini, qanday tartibda amalga oshirishni guvohi bo’ldik. Bunga misol tashkilotning kelib chiqishi tarixi, faoliyati, hamda tashkiliy tuzilmasini o’rganib chiqdik. Tashkilotni o’z-o’zini moliyalashtirish tizimida ekanligini va yillik daromad-kamomat, yangi loyhalar uchun ajratiladigan mablag’ni to’g’ri taqsimlash hamda uni sar hisob qilishni o’rgandik.
Tashkilotning kelgusi yil mobaynidagi rejalari, shahar va tuman aholisini gaz bilan qo’laqonli taminlash, gaz taminoti yetishmaydigan hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, yangi gaz quvirlarini loyhalashtirish va uni amalga oshirish, yangi gaz qazib chiqarish, dunyo bozorida eksport qilish, O’zbekiston bujetini oshirishga hissa qo’shishdan iborat.
Tashkilot o’z rejalarini amalga oshirish uchun yangi malakali mutahasislarni jalb etish, hamkorlik asosida qo’shni davlatlar bilan shartnoma tuzishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |