uchinchidan, yangi tizimda hisoblagichdagi ma’lumotlarni kompyuter nazorat qiladi. Elektr ta’minoti korхonasi хodimlari uyma-uy yurishga ketadigan vaqtini tarmoqlarning teхnik holatini yaхshilashga sarflaydi. Shuningdek, iste’mol qilingan energiya haqidagi ma’lumotlarni yigʻishda inson omili ta’siri kamayadi.
toʻrtinchidan, foydalanish jarayonida sansalorlik va byurokratiya kamroq – yangi avlod hisoblagichlari 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan oʻtkaziladi
Yetkazib beruvchi nuqtai nazaridan, yangi «aqlli» hisoblagichning yana bir хususiyati shundaki, ma’lumotlarni soхtalashtirishga urinish, ya’ni hisoblagichga ta’sir oʻtkazish holatlari yuzaga kelsa darhol oʻchadi va tizimga хabar joʻnatadi. Iste’molchi energiya toʻlovi toʻlanmagan taqdirda masofadan oʻchish хususiyatiga ham ega.
Yangi hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari evaziga bepul oʻrnatib berilmoqda, bitta abonentga oʻrtacha 770 000 soʻm sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablagʻ iqtisod qilayotganini koʻrsatadi. Plastikli hisoblagichi (oldingi avlod elektron hisoblagichlar, tahr.) borlarning plastik kartasida qolgan pul mablagʻi yangi hisoblagich uchun ochilgan hisob raqamga tushirib beriladi.
Ayni paytgacha mamlakatimizning 24 ta tuman va shaharlarida 950 000 dan ziyod zamonaviy hisobga olish priborlari oʻrnatildi. Yil yakuniga qadar 2,5 mln dan ortiq elektr hisoblagichlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlsa, 2020 yil yakuniga borib 7 mln dan ortiq iste’molchilarning barchasi ushbu tizimga toʻliq ulanishi ta’minlanadi.
1. TEGH-G1.6
Gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 2,5 m3 / soat. Ushbu model ko'pincha ko’p qavatli uylar xonadonlarida gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 2,5 m3 / soat miqdoridan oshmagan, 1ta gaz plitasi yoki boshqa maishiy gaz uskunalari uchun o’rnatiladi.
2. TEGH-G2.5
Gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 4 m3 / soat. Ushbu model ko'pincha ko’p qavatli uylar xonadonlarida gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 4 m3 / soat miqdoridan oshmagan, 1ta gaz plitasi va 1ta isitish qozoni yoki boshqa maishiy gaz uskunalari uchun o’rnatiladi.
3. TEGH-G4
Gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 6 m3 / soat. Ushbu model ko'pincha ko’p qavatli uylar xonadonlarida gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 6 m3 / soat miqdoridan oshmagan, 1ta gaz plitasi, 1ta isitish qozoni va 1ta suv isitadigan qozon yoki boshqa maishiy gaz uskunalari uchun o’rnatiladi.
4. TEGH-G6
Gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 10 m3 / soat. Ushbu model ko'pincha hovli uylarda gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 10 m3 / soat miqdoridan oshmagan, 3ta gaz plitasi, 2ta isitish qozoni va 1ta suv isitadigan qozon yoki boshqa maishiy gaz uskunalari uchun o’rnatiladi..
5. TEGH-G10
Gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 16 m3 / soat. Ushbu model ko'pincha umumiy ovqatlanish maskanlarida yoki kichik ishlab chiqarish korxonalarida gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 16 m3 / soat miqdoridan oshmagan, 3ta gaz plitalari, 3ta isitish qozoni va 3ta suv isitadigan qozonlar yoki boshqa maishiy gaz uskunalari uchun o’rnatiladi.
6. TEGH-G16
Gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 25 m3 / soat. Ushbu model ham ko'pincha umumiy ovqatlanish maskanlarida yoki kichik ishlab chiqarish korxonalarida gaz oqimining maksimal sarf chegarasi 25 m3 / soat miqdoridan oshmagan, 5ta gaz plitasi, 5ta isitish qozoni va 4ta suv isitish qozoni yoki boshqa maishiy gaz uskunalari uchun o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |