Reja: Kirish Byudjet tizimini boshqarishning nazariy-huquqiy asoslari



Download 0,8 Mb.
bet1/12
Sana29.11.2022
Hajmi0,8 Mb.
#874669
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Naimova Munira курс иши




REJA:


Kirish

  1. Byudjet tizimini boshqarishning nazariy-huquqiy asoslari.

  2. Byudjet tizimini boshqarishning asosiy tahlili.

  3. Maxalliy byudjet xarajatlarini samarali boshqarish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH

Byudjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda moliyaviy strategiyani shakllantirish dastlabki o‘rin turadi. U davlat moliya tizimining istiqbolli maqsadlarini uning joriy byudjet ehtiyojlari bilan, tashqi va ichki qarzlar miqdori, davlatning to‘lov qobiliyati bilan markaziy va mahalliy hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarini javobgarlik darajasi, mahalliy byudjet vakolatlarini ular ixtiyoridagi mavjud resurslar, daromadlar va imkoniyatlar bilan bog‘laydi.


Mamlakatimizda aniq maqsadga yo‘naltirilgan kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilganligi natijasida jamiyatda muayyan barqarorlik ta’minlanadi, byudjet tizimida aholi daromadlari va ijtimoiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasida tafovutlar keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Byudjet xarajatlari bilan ekologik jihatdan og‘ir sharoit yuzaga kelgan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashuvining oldi olinadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanishining asosi bo’ldi. Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan bo’lib, mazkur yo’nalishning 3.5-bandi “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish” ga mo’ljallangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda tutgan1. Jumladan, mamlakat barcha hududlarini jadal rivojlantirish, bunda alohida e’tibor rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni qisqartirish, subventsiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishga qaratiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotning barqarorligi moliya tizimining rivojlanish darajasiga, shu jumladan, Davlat moliyasining taraqqiy topishi va boshqarilish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Moliya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining bajarilishida, davlat mablag’larini qayta taqsimlash, moliya, transport va aloqa, shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti bilan bog’langan har qanday islohotlar tizimi puxta, keng o’ylangan va aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda bo’lishi kerak. Davlat byudjeti islohotlarining markaziy o’rnida byudjet loyihasini rejalashtirish eng asosiy, kerak bo’lsa, butun mamalakat taqdirini hal qiluvchi (ayniqsa, o’tish davriga xos mamlakatlar uchun) omil sifatida qarash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Davlat byudjetini rejalashtirishning amalda bo’lgan tizimi yillik byudjetning balanslashgan ijrosiga yo’naltirilgan. Biroq makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, soliq-byudjet siyosatining oldindan ko’ra bilish nuqtai nazaridan yillik rejalashtirishning salohiyati juda cheklangan. Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar o’zlarining istiqbolli rejalarini yillik byudjetda rejalashtirilgan yildan ortig’iga prognozlashtira olmaydi.
Davlat byudjetini yillik rejalashtirishda byudjetning davlat rivojlanish dasturlari bilan bog’liqligi kuchsizligicha qoladi. Byudjet mablag’larini shakllantirish va ijro etishda byudjet mablag’lari taqsimlovchilarining vakolati va, tegishlicha, mas’uliyati cheklanadi. Byudjetni boshqarish, asosan, haqiqatdagi va rejalashtirilgan ko’rsatkichlarning bajarilishini nazorat qiladi, bu esa byudjet mablag’laridan foydalanishning yakuniy natijalarini va aniq maqsadlarini, shuningdek, vazirlik va idoralar - byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning amalga oshiriladigan dasturlari baholash mezonlarini aniq ifodalamaydi.2
Byudjetni rejalashtirishning asosiy ob’ektiga yo’naltirishning eng muhim richag bu unga sarflanayotgan xarajat hisoblanadi. Shu boisdan, amalga oshirilayotgan xarajatlarni ma’lum majburiyatlarini mustahkamlash (yoki yuklatish) evaziga ham tayanish mumkin. Byudjet xarajatlarining bugungi kunda miqdor ko’rsatkichlari e’tibor markazida asosiy o’rin olib kelmoqda, ammo sifat jihatdan esa biroz oqsoqlanishlar mavjud. Byudjet xarajatlarining sifat jihatlari makroiqtisodiy miqyosda sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga sabab bo’ladigan jihat hisoblanadi. Jahon amaliyotida byudjet xarajatlarining sifat jihatiga “xarajatlarga oid majburiyatlar” atamasi bilan talqin etilmoqda3. Aynan, xarajatlarga oid majburiyatlar byudjet xarajatlarining sifat jihatiga aylanishi, bunda amalga oshirilayotgan har bir xarajatlar ma’lum bir majburiyatlar asosida (aniq maqsad va kutilayotgan natija) amalga oshiriladi. Mazkur holat byudjet xarajatlari uchun huquqiy mexanizm vazifasini bajaradi. Byudjet mablag’laridan foydalanish to’g’risidagi qarorlarni xarajatlarga oid majburiyatlarni qabul qilish yo’li bilan rasmiylashtirish olib borilayotgan byudjet siyosatining barqarorligi va izchilligini ta’minlaydi. Xarajatlarga oid majburiyatlarni qabul qilish davlat hokimiyati va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga biriktirilgan vakolatlar va funktsiyalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur kurs ishi predmeti esa O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan sohalar va tashkilotlarda byudjet intizomiga rioya qilish va uni amalga oshirishdagi tashkiliy va moliyaviyiqtisodiy munosabatlardir
Kurs ishida asoslangan xulosa va takliflarni O‘zbekiston Respublikasida byudjet daromadlari va xarajatlarini moliyaviy rejalashtirish ishlarini takomillashtirish uslubiyotida qo‘llash maqsadga muvofiq.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish