2-rasm. Huquqiy me’yorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, byudjet qonunchiligini bir necha darajalari.7
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan va O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, “Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet huquqlari to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuni va byudjet masalalari bo’yicha boshqa qonuniy va normativ xujjatlardan tashkil topgan.
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo’yicha muhim qadamlardan biri 2004 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi 664-II sonli Qonunining qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalarining) va byudjet tashkilotlari byudjet-dan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunda davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish va g’aznachilik faoliyati bilan bog’liq holatlar o’zining huquqiy asosiga ega bo’ldi.
Byudjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, u ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash bosqichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish va mablag‘lardan hududlar manfaatlari yuzasidan foydalanishga yo‘naltiriladi.
3-rasm. Byudjetning taqsimlash funktsiyasi
Byudjet munosabatlari- jamiyat iqtisodiy tizimining elementidir. Uning amal qilishi avvalo davlat va unga tegishli funktsiyalarni amalga oshirish uchun zaruriy moddiy-moliyaviy baza shakllantirilishi uchun ob’ektiv zarurdir. Takror ishlab chiqarish jarayonida byudjet munosabatlariga muvofiq keluvchi moddiy shakl ko‘rinishini oladi.
Byudjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, u ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash bosqichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish va mablag‘lardan hududlar manfaatlari yuzasidan foydalanishga yo‘naltiriladi.
Ushbu vazifaning ikki jihatini ajratib ko‘rsatish muhimdir. Birinchidan, davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvi oldining olinishidir. Ikkinchidan, mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarining kengayib borishi sharoitida shunga mos tarzda ular imkoniyatlarini yaxshilash zarurligidir. Har ikki jihatning o‘zaro bog‘liq tarzda birgalikda olib borilishi hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi kundagi o‘ta muhim muammosini ijobiy hal etishga imkon beradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun bir qator vazifalarni hal etish ayni vaqtda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan:
yalpi hududiy mahsulotning o‘sishini oshirish, kichik biznes sub’ektlarining faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
hududlarning o‘ziga xos shart-sharoiti va iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
hududlarni investitsion faolligini yanada oshirish;
yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida aholi bandligini ta’minlash;
viloyatda turizm sohasini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va sharoitni e’tiborga olgan holda, mazkur xizmat sifatini oshirish.
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo‘jaligi o‘zini o‘zi tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko‘rinmas qo‘li”) bo‘lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitalistik bozor xo‘jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo‘lgan. Masalan, 1563-yilda ingliz qirolichasi Yelizaveta I milliy baliqchilikni qo‘llab-quvvatlash va unga bo‘lgan talabni oshirish maqsadida o‘z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan8. 1666-yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, dafn etilayotgan marhumlarni jun matodan bo‘lgan liboslarda dafn etish majburiy qilib qo‘yildi. Bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilandi.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarining fikricha, bozorning “ko‘rinmas qo‘li” davlatning “ko‘rinadigan qo‘li” bilan to‘ldirilib turishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi – bu aralashuvning qay darajada bo‘lishi bilan bog‘liq, lekin davlatning tartiblovchi prinsipi asosan ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko‘ra, bozor o‘z-o‘zidan mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o‘z-o‘zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo‘shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug‘iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – bu davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi unsurlari – dastak va vositalaridir. Ana shu dastak va vositalar ichida davlat byudjeti asosiy o‘rinni egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qo‘lidagi iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish quroli bo‘lish bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat byudjetini va, umuman, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |