Elektronli va teshikli yarim ótkazgichlarning yondosh chegara yaqinida hosil bólgan qatlam 1 va 2 da tok tashuvchilar ( elektronlar elektronli yarim ótkazgichlarda va teshiklar teshikli yarim ótkazgichlarda ) kamayganligini osongina tasawur qilish mumkin. Yupqa qatlamning qarshiligi yarim ótkazgichning qolgan hajmidagi qarshilikdan ancha katta bóladi. Bu qatlam berkituvchi qatlam deb ataladi.
Shunday qilib, elektronli va teshikil yarim ótkazgichlar kontaktida ularning yondosh chegarasida kontakt potensillar ayirmasi, shuningdek berkituvchi qatlam hosli bóladi. Bundan sóng elektron – teshikli ótishda ózgaruvchan elektr tókini tóǵrilashning fizik mohiyatini yuqoridagilar asosida tushuntiriladi. Faraz qilaylik, bitta monokristallda hosil qilingan elektronli va teshikli yarim ótkazgichlarning yondoshgan sistemasiga biror potensiallar ayirmasi berilgan bólsin. Unda teshikli yarim ótkazgich esa manfiy potensialga ega bóladi. Bu holda tashqi elektr maydon elektronli va teshikli yarim ótkazgichning yondosh sohasidagi elektr maydonni kuchsizlantiradi va elektronli yarim ótkazgichdan elektronlarni, teshikli yarim ótkazgichdan esa teshiklarni bir – biriga qarama – qarshi harakatlantiradi ( electron – teshikli ótish ). Bunda berkituvchi qatlamning qalinligi va uning qarshiligi kamayadi. Elektron – teshikli ótish orqali tok tashuvchilar kóp ótadi, binobarin, katta tok ótadi. Bu sistemaga qóyilgan potensialning ishorasi almashtirilsa, tashqi elektr maydon eletronli va teshikli yarim ótkazgichning yondosh sohasidagi maydonni kuchaytiradi.
Tok tashuvchilar tashqi maydon tásirida yarim ótkazgichlarning bólinish chegarasida harakatlanadi. Berkituvchi qatlamning qalinligi ortadi va uning qarshiligi kópayadi. Buning natiyjasida elektron – teshikli ótish orqali ancha kam tok ótadi. Quyida yarim ótkazgichli diodni tavsiflovchi eng muhim parametrlarni ( muhit temperaturasi 20*C bólgan hoi uchun ) keltiramiz :
Teskari kuchlanishning eng katta qiymati 400 V; eng katta teskari kuchlanishda teskari tok ( órtacha qiymati ) 0.3 mA;
Eng katta tóǵrilangan tok ( tóǵri tokning órtacha qiymati ) 300 mA ; eng katta tóǵri tokda diodda kuchlanishning tushishi 0.5 V.
Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr ótishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bólgan elektr ózgartirgich asbobga aytiladi. Yarim ótkazgichli diodlar málumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qóllanilish sohalari yoki vazifasiga kóra sinflanadilar.
Tóǵirlovchi diodlar kuchlanish manbai ózgaruvchan kuchlanishini ózgarmasga óǵirishda qóllaniladi. Tóǵrilovchi diodlarning asosiy xossasi – bir tomonlama ótkazuvchanlik bólib, uning mavjudligi tóǵrilash effekti bilan aniqlanadi. Tóǵrilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bóyicha sinflanadilar.