Maktabgacha talim tashkilotida umumrivojlantirish mashqlar
Reja:
1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
2. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
1. Jismoniy tarbiyaning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati.
2. Jismoniy tarbiyaning vositalari.
Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi maktabgacha talim pedagogikasining muhim bir bо‘limi sanalib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish, ularni har tomonlama jismoniy tar-biyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiyaning vazi-fasi, bola sog‘lig‘ini saqlash, jismoniy sifatlarini о‘stirish, yosh avlodni aqliy va jismoniy mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashdir. Bu g‘oya azal-azaldan ota-bobolarimiz ma’naviyatida aks etib kelmoqsa. Jumla-dan, xalq ijodida «Alpomish», «Gо‘rо‘g‘li» kabi dostonlarda ham о‘z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbekning (Alpomishning) jismoniy mashq qilish, tabiat qо‘ynida voyaga yetgani, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi.
«Alpinbiyning bobosidan qolgan о‘n tо‘rt botmon parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shu о‘n tо‘rt botmon yoyni qо‘lida kо‘tarib, uni tortib qо‘yib yubordi. Yoyning uchi yashinday bо‘lib ket-di. Askar tog‘ining katta chо‘qqisini yulib keldi. Ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiqlar yig‘ilib aytdi: Dunyoda bir kam tо‘qson alp edi, alplarning
boshlig‘i Rustam doston, oxiri bu Alpomish alp bо‘lsin». Yuqoridagi fikrlardan kо‘rinib turibdiki, shaxsning jismoniy kamoloti kishilar tarixiy ta-raqqiyotining barcha jabhalarida ulug‘langan va qadrlangan.
Jismoniy tarbiya tо‘g‘risidagi ta’limot pedagogi-kaning tarkibiy qismidir. Pedagogika fanining bu sohasiga taallukli bazi bir hodisalarni tariflashda «jismoniy madaniyat», «jismoniy rivojlanish» singa-ri asosiy tushunchalardan ham foydalaniladi.
«Jismoniy madaniyat» tushunchasiga xalq madaniya-tining bir kismi sifatida qaraladi. Jismoniy madaniyat kishilik jamiyati tomonidan tо‘plangan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi, undan kishilarning jismoniy kamoloti uchun foydalaniladi.
Jismoniy madaniyat tushunchasiga quyidagilar ki-radi:
— mehnat va turmushdagi ozodalik;
— kiyim, bino va xonalarning tozaligi;
— shaxsiy gigiyena va kun tartibiga odatlanish, kun davomida tо‘g‘ri faoliyat va dam olish, uyqu, ovqatlanish shunga о‘xshashlar;
— tabiiy sharoitda organizmni chiniqtirish: havo, Quyosh va suv yordamida;
— jismoniy mashqlar.
Jismoniy rivojlanish - odam organizmidagi shakl va vazifalarning о‘zgarishi, muskullarning or-tishi, bо‘yning о‘sishini ifodalaydigan biologik ja-rayondir.
Jismoniy rivojlanish hayot qonunlari muhit va organizmning birligi asosida amalga oshadi.
Jismoniy tarbiya — kishi organizmini morfolo-gik va funksional takomillashishi, uning jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, harakat malakalari va kо‘nikmalarini shakllantirish hamda ular bilan bog‘liq bо‘lgan bilimlarni hosil qilish va mustahkamlashga yо‘naltirilgan pedagogik jarayondir.
Jismoniy tarbiya bola organizmining funksional imkoniyatlarini oshirib, uning aqliy faoliyatini mu-vaffaqiyat bilan bajarishga kо‘maklashadi, qо‘l panja-larining harakatlanishi, nutkni harakatga keltiruvchi markazning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Kun tartibidagi gigiyenik va chiniqtiruvchi muola-jalarni bajarish orqali bolaning bilim doirasi ken-gayadi, aqliy faolligi ortadi, u jasurlik, halollik, batartiblik, qat’iylik, mustaqillik va shunga о‘xshash ijobiy xulq meyorlari va qoidalarini ham egallab oladi. Jismoniy tarbiya mashqlari aksariyat hollarda butun guruh bilan bajariladi. Jismoniy tarbiyaga oid mashg‘ulotlarda, harakatli о‘yinlarda bolalarda jamoat-chilik, uyushqoqlik intizomlilik kabi xislatlar shakl-lanadi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiya bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Jismoniy mashqlar orqali bola-lar yengil, chiroyli, ifodali harakat qilishga о‘rganadilar, bu sо‘zsiz, bolalarda estetik hisni tar-, biyalaydi.
Bolaning sog‘lom va jismonan baquvvat va chidamli bо‘lishi uning*ish qobiliyatini о‘stiradi.
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari jami-yat ehtiyojlari bilan belgilanadi. Bu ehtiyoj ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqadi. Bu maqsad о‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni, intellektual salohiyatni, jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan, har tomonlama yetuk rivojlangan shaxsnishakllantirishdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda, ularning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Jadal о‘sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola organizmining о‘ziga xos xususiyatidir. Ammo sistema va vazifalarning shakllanishi hali tu-gallanmagan bо‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bо‘ladi. Demak, bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi vazifalar birinchi da-rajali hisoblanadi.
Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar: bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmining shakl va funksiyalarini uyg‘un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr kо‘rishini ta’minlash.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bo-lalarga xos bо‘lgan о‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoit-ning о‘zgarishiga yengil moslanish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyati-ni yaratadi, chunonchi, kerakli kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik kuchli-lik, muvozanat, kо‘z bilan chamalash kо‘nikmalar)ni tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni о‘zlashtirish. Boladagi harakat kо‘nikmalari: yurish, yugurish, velosiped uchish va h.k. nisbatan yengil shakl-lanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini oson-lashtiradi.
Tarbiyaviy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy muhitga sport mashgulotlarga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqtarni bajarishda xarakter xususiyatlari (uyushqoqlik, kam-tarlik, kо‘ngilchanlik va h.k.) va akliy vaziyatlar (halollik, haqqoniylik, о‘rtoklik hissi, о‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblari-ni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan baja-rishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilat-lar (botirlik, qat’iylik, о‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, dadillik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Bizning jamiyatimizda jismoniy tarbiya davlat-ning ona va bola tо‘g‘risidagi g‘amxо‘rligiga, mehnat-kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib bo-rishi, moddiy farovonligining о‘sishiga asoslanadi.
Gigiyenik sharoitlar. Bolalarning jismoniy tо‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit (bino, maydoncha,
jihozlar, kiyim-bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojtantirish va orga-nizmni chiniqtirishni о‘z ichiga oladi) albatga, baja-rish zarur. Shu bilan birga tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlarini olib borish talab etiladi.
Bog‘chada har bir guruhlar uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havodan nafas olishi imkonini beradigan da-rajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari janubi -sharqqa qaragan bо‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3—3,5 m bо‘lib, har bir bolaga bino sathidan 0,5 m2 joy, taxminan 3 m3 havo tо‘gri kelishi xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bо‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bо‘lishi kerak. Guruxda tartib bо‘lishiga rioya qilish kerak. Xona yorug‘ligini tо‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebel, umuman, ortiqcha narsalar bо‘lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim-tarbiya talab iga, bolalarning bо‘ylariga va gavda tuzilishiga moye bо‘lishi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qо‘yilgan maxsus meyorga javob beri sh i lozim.
Bolalarning stol, stullari ancha mustahkam va yen-gil, tuzilishi sodda hamda oson yuviladigan bо‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap tomondan tushadigan qilib, joylashtirilishi lozim. Yumshoq va kо‘rgazmali qurollar' ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda tashqi kо‘rinishi silliq bо‘lishi kerak. Tarbiyachi о‘z guruhining gigiyenik sha-roiti uchun javobgardir. Xonani bolalar sayrga, mu-siqa mashg‘ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, dereza va zal fortochkalari esa yil fayellaridan qati nazar, doimo ochiq bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |