Axborot tushunchasi, uning ko’rinishlari, o’lcham birliklari. Axborotni kompyuterda qayta ishlash, saqlash, uzatish usullari



Download 86 Kb.
bet1/2
Sana26.07.2021
Hajmi86 Kb.
#129211
  1   2
Bog'liq
axborot tushunchasi uning korinishlar


Axborot tushunchasi, uning ko’rinishlari, o’lcham birliklari. Axborotni kompyuterda qayta ishlash, saqlash, uzatish usullari.

Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni hisobga olish, katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati - bunday masalalarni elektron hisoblash mashinalarisiz hal etishga imkon bermaydi.

Axborot - termini arab tilidan olingan bo’lib, «xabarlar majmuasi» degan ma’noni anglatadi. Odatda «axborot» so’zini lotincha «informatio» so’zining tarjimasi sifatida tushuntirish, bayon qilish, xabar berish ma’nosida qo’llaymiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olib axborotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Inson o’z sezgilari bilan idrok qila oladigan barcha hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar majmuasiga AXBOROT deyiladi.

Insonning butun faoliyati u yoki bu holda axborotni olish va foydalanish bilan bog`langan. Axborotlarni biz kitob, gazeta va jurnallarni o’qiganda, turli xil chizmalar (loyihalar, grafiklar, diagrammalar, rangli va manzarali tasvirlar) orqali, radio va televideniye va hakozolar orqali eshitamiz, eslab qolamiz (yig`amiz), undan foydalanish uchun ehtiyojimizga qarab qayta ishlaymiz.

Axborotlarni asosan quyidagi shakllarda ifodalash (yig`ish, saqlash, qayta ishlash, masofaga uzatish) mumkin:

1.Turli xil yozma matnlar – kutubxonalardagi ilmiy va badiiy adabiyotlardan, gazeta va jurnallardan o’qiymiz. Ulardan foydalanish jarayonida ehtiyojga qarab qayta ishlash maqsadida yangidan boshqa ko’rinishda yana matn shaklida saqlab qo’yish mumkin.

2.Turli xil chizmalar – grafiklar (diagramma, funktsiyalarning grafiklari, ob’ektlarning loyihalari), rangli tasvirlar (tabiat tasviri, foto suratlar va h.k.) kabi uchraydi.

3.Turli xil tovushlar – odam bir-biri bilan muloqotda bo’lgandagi ovozlar, tabiatdagi jonivorlarning ovozlari, turli xil sun’iy tovushlar (telefon, radio, televizor, musiqa asboblarining tovushlari) va h.k.

4.Turli xil videolavhalar – televizor orqali namoyish etilayotgan lavhalar, tabiatda odam ko’zi orqali ko’rayotgan lavhalar, tele va videofilmlar va h.k.

Axborotlar quyidagi sifatlarga ega bo’lishi lozim:

-Axborotlar to’liqlik sifati, ya’ni axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim bo’ladi.

-Axborot ma’lum darajada qimmatli bo’lishi, aks holda foydalanish ehtiyoji tug`ilmaydi.

-Axborot ishonchli bo’lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug`ilmaydi.

Axborotlar ushbu sifatlar bilan farqlanishidan tashqari shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi, ya’ni uzluksiz va uzilishli turlariga ajratiladi.

Atrof-muhitdagi ob-havo holatini yoki hozir sutkaning qaysi vaqti (kun yoki tun) ekanligini ham istagan vaqtda bilishimiz mumkin. Bu uzluksiz axborotga misol bo’la oladi.

S’Hunday jarayonlar borki ular haqida hamma vaqt ham axborot olib bo’lmaydi. Masalan, faqat soat va minutlarni ko’rsatadigan soat yordamida vaqtning lahzalari haqida axborot olib bo’lmaydi. Bu uzulishli axborotga misol bo’la oladi.

Har bir sohada axborotlar o’z shakliga ega bo’ladi. Masalan, matematikada axborotlar asosan sonlar va formulalar orqali qayta ishlanadi va ifodalanadi. Biologiya fani yo’nalishida o’rganiladigan ob’ekt – tabiiy tirik sistemalar (odam, hayvonlar, o’simliklar) bo’lib, biologiyada qo’llaniladigan axborotlar ana shu ob’ektlar yordamida, ularning bevosita ishtirokida to’planadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.

Informatikada axborotlar ikki turga – anolog (uzluksiz) va raqamli (uzulishli) axborotlarga bo’linadi.

Anolog axborotlar uzluksiz mavjud bo’lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, anolog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta’sir etuvchi energetik signallardir. Anolog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o’tkazish zarur bo’ladi. Bunda turli belgilardan foydalanishga to’g`ri keladi. Ya’ni har qanday axborotni raqamli axborotga aylantirish, masalan ranglarni raqamlar bilan, tovushlarni notalar – notalarni esa yana raqamlar bilan belgilab, anologli axborotni raqamli axborotga aylantirish zarur bo’ladi.

Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kompbinatsiyasi uchramaydi. Ya’ni aynan bir xil tovushni uchratmaymiz. Ammo buning teskarisi, ya’ni bir xil shaklga ega bo’lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog`ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansa-da, u turli musiqa asboblarida ijro etilganda, uning farqini darhol sezish mumkin.

Ta’kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o’tkazishimiz kerak bo’ladi. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.

Anolog axborot bilan raqamli axborotning asosiy farqi shundaki, anolog axborot uzluksiz, raqamli axborot esa uzulishlidir.

Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ham mana shu yuqorida ko’rsatilgan ikki xil turdagi axborotlar bilan ishlaydi. Masalan, televizor, telefon anolog axborotlarni qayta ishlash qurilmalari bo’lsa, kompyuter raqamli axborotlar bilan ishlash qurilmasi hisoblanadi. Hozirgi kunda raqamli televizor, telefon, videokamera, fotoapparat kabi qurilmalar ham hayotimizga kirib kelmoqda.

Biz axborotlarni turli xil signallar orqali qabul qilamiz. Ularni qayta ishlash jarayonida signallarning turli-tumanligi qiyinchiliklar tug`diradi. Axborotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlashni osonlashtirish maqsadida barcha shakl va turdagi axborotlarni bir xil shaklga keltirib olinadi, ya’ni qayta ishlash uchun qulay bo’lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotlarni kodlash deyiladi. Kodlashning ikkita usuli mavjud – tekis va notekis kodlash. Tekis kodlashda bir xil hajmdagi belgilardan foydalaniladi, masalan ikkilik kodlash. Notekis kodlashda esa turli xil hajmga ega bo’lgan belgilardan foydalaniladi, masalan, morze alifbosi orqali kodlash.

Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo’lmagan uning yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga ega bo’lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o’zaro axborot almashganda oldindan biror qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil svetorfor signallaridan foydalanamiz, demak, signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat’iy qoidaga rioya qilish kodidir.

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fani uchun asosiy o’rganiladigan ob’ekt – axborotdir. Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda asosiy vosita bo’lgan kompyuterning xususiyatlarini o’rganish ham ushbu fanning vazifasiga kiradi.

Kompyuter raqamlarning o’zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan, ulangan yoki ulanmagan, ha yoki yo’q) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan. Bu usul qisqacha qilib ikkilik kodlash ham deb ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali – ASCII (American Standart Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgildar ketma-ketligida ifodalanadi.




Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish