Jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni.
Jismoniy mashqlar bir-biridan
mazmuni va shakli bo’yicha farq qiladi. Mazmunga jismoniy mashqqa kiruvchi
xarakatlar, shuningdek mashq davrida organizmda kuchayib ketuvchi va
shugillanuvchiga uning ta’sirini belgilovchi jarayonlar psixologik, fiziologik,
bioximik, biologik va boshqalar kiradi.
Jismoniy mashqlarni bajarish erkin xarkatlar, xarakat tasavvuri diqqat,
fikrlanish, irodaviy kuchlanish tuygu etish va bo’lak psixik xolatlar bilan bogliқ. Xar
turli jismoniy mashqlarni bajarayotganda yurak-tomir, nafas olish va boshqa tizimlar
faoliyatida xar xil o’zgarishlar bo’ladi. Bu o’zgarishlar, muvofiq darajada vujudning
funktsional xosligini o’zgartiradi, gavda kattalashuvi va tizimlar taraqqiy etishiga
olib keladi.
Jismoniy mashqlar mazmuni pedagogik nuqtai nazardan qarar ekanmiz
bilish- tarbiyalash vazifalarini xarakat qobilyati va jismoniy jixatdan tarqqiy
etirishda bajarishda ularning moxiyati nimadan iborat ekanligini aniqlash muximdir.
Jismoniy mashqning shakli uning va tarkibini ifoda etadi. Tashqi tarkibi
ko’rinuvchan shakli bo’lib xarakatning bo’shliq, vaqt , dinamik porametrlari nisbati
bilan xarakterlanadi.
Jismoniy mashqlarning mazmun va shakli o’z aro bog’liqdir. Mazmun
shaklga nisbatan yetakchi rol o’ynaydi. Masalan, yugurish tezligi bilan ortishi bilan
qadam kattaligi egilish burchagi o’zgaradi ammo shakl xam mazmunga tasir
ko’rsatadi: masalan, olisga itqitishda to’g’ri ko’l silkish jismoniy sifat o’zgarishiga
tushish masofasi ortadi, u esa mushaklar quvvati o’zgarganidan darak beradi
yo’nalish berishi mumkin.
Jismoniy mashqlar texnikasi
–
bu xarakatni bajarish usuli, uning yordamida
xarkat vazifasi amalga oshiriladi. Masalan: biron buyumni turli usul bilan itqitish
mumkin – “ Qo’lni tepadan orqaga o’tkazib yelka ustidan” , “ qolni to’g’ri tutib
tepadan” va xokoza. Bu itqitish usullari turlicha bo’lib itkitish natijasiga ko’ra xam
mushaklarning taraqqiy etishiga ta’siriga ko’ra xam bir biridan farq qiladi jismoniy
mashq mexanikasi o’zgaradi, mukammalashadi. Bunga esa yeng yuqori
ko’rsatkichlarga erishishga intilish, xarkatlarning biomexanik qonuniyatini ochish
yuksak takomillashgan sport asbobidan foydalanish xamda shugillanuvchining
jismoniy tayyorgarligini yaxshilash yo’llari bilan erishiladi. Jismoniy mashqlar
texnikasining samaradorlik baxosi tashqi shaklga qarab chiqariladi, konkida nafis
o’yinga tushish natija miqdori sakrash yugurish va boshkalar yoki xarakat vazifasini
bajarish, nishonga urish. Jismoniy mashqlar texnikasida zanjiriy xalqalar va
bo’laklarni aniqlovchi asosga aloxida etibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |