2.3. Krioskopiya va ebulioskopiya.
Suyultirilgan eritmalarning muzlash va qaynash haroratlarining konsentratsiyasiga qarab o ‘zgarishi. MaMumki, suyuqlikning to'yingan bug1 bosimi atmosfera bosimiga teng bo'lgandagi harorat shu suyuqlikning qaynash harorati deyiladi.
Moddaning qattiq holatdagi bug' bosimiga teng bo‘ladigan harorat, ya’ni moddaning kristallana boshlash harorati muzlash harorati deyiladi. Qattiq modda biror erituvchida eritilganda erituvchining bug' bosimi pasayishini yuqorida ko'rib o‘tdik. Bug‘ bosimi pasayganda eritma toza erituvchiga qaraganda yuqoriroq haroratda qaynaydi, chunki bunda bug‘ bosimini tashqi atmosfera bosimiga yetkazish uchun yuqoriroq haroratgacha qizdirish kerak bo'ladi. Elektrolitik dissotsitsiyalanish sodir bo‘lmaydigan suyultirilgan eritmalarda qaynash haroratining ko‘tarilishi Лt erigan moddaning molar konsentratsiyasiga (C) mutanosib bo‘ladi:
Bunda et har qaysi erituvchi uchun o‘zgarmas bo‘lgan mutanosiblik koeffitsiyenti u erituvchining ebulioskopik konstantasi deyiladi. С ning qiymati, odatda, 100 g erituvchida erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi. Yuqoridagi tenglamaga С ning qiymatini qo‘ysak,
Bu formula yordamida konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmaning qaynash haroratini oichash yo‘li bilan erigan moddaning molekular massasini aniqlash mumkin:
Ba’zi erituvchilaming ebulioskopik konstantasi qiymatlari quyidagi jadvalda berilgan.
Ba’zi erituvchilarning ebulioskopik konstantasi
Eritmaning muzlash harorati esa toza erituvchining muzlash haroratidan doimo past boiadi. Raul turli moddalaming suvdagi bir molar eritmasi (1000 g suvda 1 mol modda erigan) -1,86°C da muzlash haroratining pasayishi erigan moddaning molar konsentratsiyasdiga mutanosibdir:
Bunda At eritma muzlash haroratining pasayishi К krioskopik konstanta turli erituvchilar uchun uning qiymatlari jadvallarda beriladi. С eritmaning molar konsentratsiyasi. Konsentratsiya 1000 g erituvchida erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi. С = 1 bo’lganda
Krioskopik konstanta К 1000 g eruvchida mol modda eritilgandagi eritma muzlash haroratining pasayishini ko‘rsatadi. Shu sababli bu koeffitsiyent erituvchi muzlash haroratining molekular pasayishi yoki erituvchining krioskopik (grekcha «krios» sovuq muz demakdir) konstantasi deyiladi. Konstanta К ning qiymati har qaysi erituvchi uchun o‘zgarmas miqdori boiib, erigan moddaning tabiatiga bogiiq emas. Erigan moddaning molekular massasini va eritmalaming osmomik bosimini krioskopik usulda aniqlash. Eritma muzlash haroratining pasayishi asosida erigan moddaning molekular massasini topish mumkin. Buning uchun quyidagicha ish yuritamiz: muzlash haroratining pasayishi formulasida konsentrasiya (C) ni erigan moddaning mol miqdori m, uning molekular massasini M desak,
bo‘ladi. Buni muzlash haroratining pasayish formulasiga qo‘yamiz
bundan.
Masalan, 1000 g suvda 4,37 g spirt eritilganda muzlash haroratining pasayishi 0,177°C bo'ladi. Ma’lumki, Km = 1,860 bularni formulaga qo‘ysak,
Do'stlaringiz bilan baham: |