Reja: I-Kirish II-Asosiy qisim 2.1- Suyuq аrаlаshmаlаrning hаydаlishi. 2.2- Suyultirilgаn eritmаlаrning muzlаsh vа qаynаsh tеmpеrаturаlаri. 2.3- Kriоskоpiya vа ebuliоskоpiya. III-Hulosa. IV- Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Qadimgi alkimyogarlar «Kimyo tabiiy jismlami qanday eritishni o‘rgatadigan san’atdir» deb yozgan edilar. Kimyo faniga berilgan bu ta’rif juda tor ma’noda bo'lsa ham moddalaming kimyoviy o‘zgarishida erish jarayonida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Tarkibida ikki yoki undan ortiq modda bor bir jinsli sistemalar eritmalar deyiladi. Erish jarayoni bir modda molekulalari yoki ionlari orasida oddiy taqsimlanishidangina iborat bo‘lib qolmay, balki ayni moddalar orasida turli xil fizik va kimyoviy o‘zaro ta’sirlar ham bo‘lishi mumkin.
Eritmada qaysi moddaning miqdori ko‘p bo‘lsa, yoki qaysi modda o‘z agregat holatini o‘zgartirmagan bo‘lsa, shu modda erituvchi qolgani esa erigan modda deyiladi.
Eritmalar erigan modda zarrachalarining o‘lchami katta-kichik - ligiga qarab chin eritmalar kolloid eritmalar va dag‘al dispers sistemalarga bo'linadi. Chin eritmada erigan modda zarrachalarining o‘lchami 1 nm (10-6 mm) dan kichik kolloid eritmada 1 nm dan 100 nm gacha, dag‘al dispers sistemalarda esa 100 nm dan katta bo‘ladi.
Eritmalar agregat holatiga ko‘ra uch guruhga bo’linadi: 1.Gazlar aralashmasi (masalan havo); 2.Suyuq eritmalar; 3.Qattiq eritmalar (masalan, mis bilan nikel qotishmasi bu qotishmadan chaqa pul yasaladi); Xalq xo'jaligida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida, asosan, suyuq eritmalar bilan ish ko‘rilganligi sababli biz eritmalami batafsil ko‘rib chiqamiz. Suyuq eritmalarga gazlaming suyuqlikdagi, suyuqliklarning suyuqlikdagi va qattiq moddalaming suyuqlikdagi eritmalari kiradi. Eritmaning eng muhim xarakteristikasi uning konsentratsiyasidir. Eritmaning muayyan miqdorda erigan modda miqdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi.
sof erituvchi bug' bosimi p10 ning va eritma bug’ bosimi p ning harorat bilan o'zgarishi tasvirlangan. Bundan harorat o‘zgarishi bilan bug’ bosimining naqadar keskin o'zgarishi bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tish issiqlik qiymatiga bog'liq ekanligi aniq ko'rsatilgan.
Suyultirilgan eritmalarning muzlash va qaynash haroratlarining konsentratsiyasiga qarab o ‘zgarishi. MaMumki, suyuqlikning to'yingan bug1 bosimi atmosfera bosimiga teng bo'lgandagi harorat shu suyuqlikning qaynash harorati deyiladi.